Ekalogik muammolar
Mavzu: Ekalogik muammolar
KIRISH I-BOB. Ekalogik muammolarning tutgan o'rni va uning mohiyati 1.1. Ekalogik muammolarning ahamiyati 1.2. Ekalogik muammolar va uning mohiyati II-BOB. Ekalogik muammolarning turlari va analizi 2.1. Ekalogik muammolarning turlari 2.2. Ekalogik muammolarning tahlili XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Bugungi kunda olamning ilmiy manzarasini ekologok muammolarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Jamiyat va tabiatning o'zaro ta'siri fan, texnika, ishlab chiqarishning yangi sohalari paydo bo'ldi va odamlarning mehnat faoliyatining atrof - muhitga ta'sir doirasi juda kengayib ketdi. Bu o’z navbatida Yer yuzida ekologik vaziyatni keskin yomonlashuviga olib keldi. Agar tez orada insonlarni atrof-muhitga munosabatlarini ma'lum tarzda tartibga solinmasa, insoniyat uning mavjudligiga yadro urushidan ham kuchliroq tahdid soladigan ekologok halokatga duch keladi. Insonning tabiatga aralashuvining mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarini oldini olish uchun bir qator ilmiy, texnik, ijtimoiy-siyosiy va boshqa muammolarni hal qilish kerak bo’ladi. Ular orasida birinchi o'rinlardan birini ta'lim muammolari egallaydi. Yosh avlodni maktabda o'qiyotgan davridan boshlab tabiiy muhitga ilmiy asoslangan va ehtiyotkor munosabatda bo'lishga tayyorlash zarur. Kurs ishining maqsadi. Ekalogik muammolarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va tegishli xulosalar ishlab chiqish. Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining oldiga qo‘ygan vazifalari quyidagilardan iborat: ● Ekalogik muammolarning mohiyatini yoritib berish; ● Ekalogik muammolarning hozirgi holati va uni tahlil qilish; ● Ekalogik muammolarni ko’rib chiqish; Kurs ishining obyekti va predmeti. Ekalogik muammolarni tahlil qilish kurs ishining obyekti bo’lib, predmetini ushbu jarayon haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi.
I-BOB. Ekalogik muammolarning tutgan o'rni va uning mohiyati 1.1. Ekalogik muammolarning ahamiyati Shuning uchun ham maktab o'quvchilarida ekologok madaniyat (EM) ni shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizda ekologiya muammolariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan 2019-yil 27-maydagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 434sonli qarori bilan “O’zbekiston respublikasida ekologok ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi va unda quyidagilar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi: - O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilash, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga izchillik bilan bosqichma-bosqich tatbiq qilish va shu asosda ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish;