Eron sivilizatsiyasi
Eron sivilizatsiyasi Reja: 1. Mil. avv. IV-I mingliklarda Qadimgi Eron sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti. 2.Ahamoniylar sulolasi va Parfiya davrida Eron
1-savolning bayoni: Qadimgi Eron tarixida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: Elam sivilizatsiyasining vujudga kelishi va gullab-yashnashi (m.a. IV ming yillik oxiridan m.a. VII asr oxirigacha); Midiya davri (m.a. VIIIVI asr o’rtalari); Ahamoniylar davri ( m.a. VI asr o’rtasidan 330 yilgacha); Parfiya davri ( m.a. III asr o’rtasidan – taxminan 224 yilgacha). Eron janubi-g’arbiy qismining tub aholisi elamliklar bo’lgan. Zagrosning g’arbiy tog’oldi hududlarida va shimoliy-g’arbiy Eronda kelib chiqishi hind-yevropalik bo’lmagan qabilalar, jumladan xurritlar, manneylar, lullubeylar va boshqalar istiqomat qilishgan. M.a. XII-XI asr chegaralarida G’arbiy Eronga midiya va fors qabilalari kirib kelgan, ular keyinchalik butun Eron tog’ligini egallab, avtoxton aholini assimilyatsiya qilgan.
Eronning hozirgi Xuziston viloyatini egallagan Elamda ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud edi. Eng qadimgi dehqonchilik madaniyati shaklangan hududlardan biri bo’lgan tekislik qismida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, jumladan kulolchilik ravnaq topdi. Elamning tog’li qismi esa qurilish xomashyosiga, qazilma boyliklarga boy bo’lib, aholi asosan chorvachilik bilan shug’ullangan. M.a. III ming yillik boshlarida bu hududda qabilalarning ilk davlatchilik birlashmalari vujudga keldi. Shunday birlashmalardan birining poytaxti bo’lgan Suza Elamni Ikkidaryo oralig’i va Sharqiy Eron bilan bog’lab turuvchi muhim savdo yo’llarining chorrahasida joylashgan edi. Bundan tashqari Elamda Avan, Anshan, Kimash va Simash davlatlari mavjud edi. Asta-sekin davlat boshqaruvining o’ziga xos tizimi shakllandi. Sukkalmax (buyuk vakil) unvoni bilan Suzada hukmronlik qilgan oliy hukmdordan tashqari uning o’rinbosari, odatda kichik uka va bo’lajak merosxo’r katta rol o’ynagan. U Simash sukkali (vakili) deb atalgan. Davlat iyerarxiyasida uchinchi o’rinni Suziana viloyatining noibi, podshoning katta o’g’li turgan.
Mil.avv. VI asrda qadimgi Eron hududida Fors davlati vujudga keldi. Fors podsholari bizni hududni bosib olishga harakat qiladi. Kir II birinchilardan boʻlib bizning hudud bostirib kiradi. Ammo bizning hududda massagetlarga duch kelishadi. Kir II bu jangda halok boʻladi. Undan keyin Doro I faqatgina bosib olishga muvaffaq boʻladi.
M.a. III ming yillikda Elamdagi iqtisodiy va ijtimoiy tashkilotning asosiy shakli barcha erkin shaxslar kirgan va oqsoqollar tomonidan boshqarilgan qishloq jamolari edi. Ammo m.a. II ming yillikdan boshlab qul mehnatidan foydalaniladigan xususiy xo’jaliklar jadal rivojlana boshladi. Qishloq jamolarining o’rniga paydo bo’lgan qarindoshlardan tashkil topgan uy jamoalari ham mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi tufayli bora-bora o’z ahamiyatini yo’qotdi. Elamning siyosiy tarixi Mesopotamiya tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. Ikki davlat bir-birlari bilan urushlar olib borgan, tinchlik shartnomalarini tuzgan hamda qizg’in savdo va madaniy aloqalariga ega bo’lgan. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Elam Akkad davlati tarkibida bo’lgan. M.a. XXII-XXI asrlarda Urning III sulolasi davrida ham Elam Ikkidaryo oralig’ining hukmronligi ostida bo’lgan, biroq XXI asrning ikkinchi yarmida mustaqillikka erishgan. M.a. XIV asrdan m.a. XII asrgacha Elam bobilliklarga qaram bo’ladi. M.a.XII asrda Elam mustaqilligini qo’lga kiritib, hatto Bobilning ko’plab shaharlarini bosib olgan. Eronning o’zida Elam janubda Fors ko’rfazidan shimolda hozirgi Hamadon shahrigacha bo’lgan hududlarda hukmronlik qilgan.