logo

Germanlar sivilizatsiyasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

741.2236328125 KB
Mavzu: Germanlar 
sivilizatsiyasi                  
                      Reja: 

1.Germanlarning rivojlantirishi  va 
sivilizatsiyasi? 

2.Germanlarda davlat  boshqaruvi  siyosiy  
vaziyat? 

3.Germaniya  birinchi jahon urushigacha 
bo‘lagan vaqt davomida? 

4.Birinchi jahon urushida Germaniya?                  Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 
ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida 
Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan 
toʻqnashdi. Xalgʻlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng 
Germaniyada  alemanlar ,  bavarlar , sharqiy franklar,  sakslar ,  tyuringlar  va 
frizlar  qolgai.
6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-
asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan 
soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—
1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis 
knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba 
va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr 
boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi 
qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli 
soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. 
Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —
reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy 
harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi 
boʻldi.                                   15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-
zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil 
bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi 
qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga 
qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi 
ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi 
dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini 
tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi.  1618-yilga  kelib 
katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik 
urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida 
Germaniya katta talofat koʻrdi.  1648-yilgi  Vestfaliya sulx. shartnomasiga 
koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim 
geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi ( 1701-yildan
 Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740-
1786-yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. 
Prussiya  Yevropada  buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik 
oʻrnatish uchun  Avstriya  bilan kurashni kuchaytirdi.  1740-yil  Prussiya 
qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning 
rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni 
taqozo qilar edi.                 Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada 
dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va 
feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib 
tashlashni maqsad qilib olishdi.  1792-yil
 Avstriya bilan  Fransiya  oʻrtasida urush chiqdi. 
Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. 
Urushda Germaniya armiyasi yengildi.  1793-yil
 18-martda  fransuzlar  tomonidan ozod qilingan 
Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi 
demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—
1804-yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda 
davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn 
ittifoqi tashkil qildi.  1812-yilgi  urushda 
Rossiyaning  gʻalabasi Germaniyani Napoleon 
hukmronligidan xalos qildi.  1813-yilgi  Leypsig 
urushu (xalqlar urushi)dan soʻng 
Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 
1814—185 yillar  Vena  kongressi qaroriga koʻra, 
39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi 
tuzildi.  1834-yil  18 davlat ishtirokida Germaniya 
bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya 
rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va 
savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega 
boʻldi.                 Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga 
kiritdi va  1850-yilga  kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 
1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib 
oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish,  monarxiya
 tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish 
edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning 
zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya 
hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi 
va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib 
keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) 
ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan 
Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini 
tuzishga erishdi.  1871-yilgi  Fransiya-Prussiya urushidan soʻng 
Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi.  1871-yil  18-
yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli  Vilgelm 1  ni 
Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.                                  boshlandi.  Prussiya   kansleri   Otto fon Bismark  va Vilgelm I urush natijasida 
Fransiya qudratini yoʻqqa chiqarib Germaniyani bitlashtirishga umid qilishgan edi. 
Fransiya imperatori  Napoleon III  esa Germaniyaning birlashuviga toʻsqinlik qilib, 
Yevropadagi   Fransiya  hukmronligini saqlab qolmoqchi edi. 
Shimoliy Germaniya ittifoqi  askarlari toʻliq gʻalabaga erishishdi. 1871-yilning 18-
yanvarida  Versal qasrida  Bismark va Vilgelm I German Imperiyasi tuzilganligi 
toʻgʻrisida eʼlon qilishdi. Imperiyaga  Bavariya  va janubiy olmon davlatlari kabi 
Shimoliy Germaniya ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlatlar tezda qoʻshilishdi.  Avstriya
 Germaniyaning bir qismi boʻlishni istamadi. Fransuzlar tomonidan toʻlangan 5 
milliard  frank  miqdoridagi  reparatsiyalar  olmon iqtisodiyotining mustahkam 
poydevori boʻldi. Bismark shunchaki, rasmiy tarzda Germaniyaning ikkinchi 
shaxsiga aylandi.
1888-yilda Vilgelmning oʻlimidan soʻng taxtga qattiq kasal  Fridrix III  taxtga oʻtirdi. 
Ikkinchi hukmdor atigi 99 kun hukm surdi. Fridrixning oʻlimidan soʻng taxtga 
uning oʻgʻli  Vilgelm II  oʻtirdi. Vilgelm taxtga oʻtirishidan biroz oldin German 
Imperiyasi  Afrika  va  Osiyoda  koloniyalarga ega boʻldi ( Togo ,  Kamerun , 
Janubi-gʻarbiy Afrika ,  Tsindao porti ),  Angliya  va Fransiyaga qarshi Avstriya va 
Rossiya  bilan harbiy ittifoq tuzildi, armiya va flot soni koʻpaytirildi. 1918-yil 9-
noyabrda German Imperiyasida  revolyutsiya  boshlandi va uning natijasida 
monarxiya agʻdarildi va Vilgelm  Gollandiya(Niderlandiya)ga  qochib ketishga 
majbur boʻldi.                                  Germaniy a biri nchi jahon urushi dav rida
Tahrirlash
Filipp Sheyderman 1918-yil noyabrda respublikani 
e'lon qilmoqda
20-asr boshlariga kelganda sanoat rivoji boʻyicha 
Germaniya  Yevropada  birinchi oʻrinni egalladi. 
Birinchi jahon urushiga  tayyorgarlik koʻrayotgan 
Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini 
buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu 
narsa amalga oshmadi, aksincha,  1907-yil  
Fransiya ,  Rossiya  va  Angliya  birlashib,  Antanta
 deb ataladigan ittifoq tuzishdi. Oʻz harbiy 
qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani 
qoʻllamaydi deb oʻylagan Germaniya birinchi 
jahon urushini boshlab yubordi.  1914-yil  1-
avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda 
Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgustda esa 
Angliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 
1917-yil   AQSh  Antanta tomonida turib 
Germaniyaga qarshi urushdi.  1918-yilning
 bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga yurish 
qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sentyabrda esa 
ingliz-fransuz qoʻshinlari tomonidan tor-mor 
etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktyabrda sulh soʻrab, 
Antantaga murojaat qiddi.                 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-
noyabrda  Berlinda  qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi 
agʻdarib tashlandi va Germaniya respublika boʻldi.  1919-yil
 fevralda Veymar shahrida chaqirilgan taʼsis majlisida ishlab 
chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) 
konstitutsiyasi 31-iyulda qabul qilindi. Germaniya 
burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, 
ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat 
iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi 
reaksion tusga kira bordi.  1929-yilda  boshlangan jahon 
iqtisodiy boʻhroni Germaniya iqtisodiyotiga katta taʼsir qildi. Bu 
sharoitda natsional-sotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) 
faollasha bordi.  1932-yil  mart—apreldagi prezident saylovida 
Adolf Hitler  13 mln .dan ortiq ovoz oldi. Oʻsha yil noyabr oyida 
hokimiyat natsional-sotsialistlar qoʻliga oʻtdi.  1933-yilda
 fashistlar diktaturasi oʻrnatildi. A. Hitler reyxskansler, 
keyinchalik esa davlat boshligʻi boʻlib oldi. Shu davrdan boshlab 
mamlakatda terror rejimi oʻrnatiddi. Antifashistlar qattiq taʼqib 
ostiga olindi.  1935-yil  umumiy harbiy xizmat joriy qilindi.                                  Etiboringiz uchun rahmat

Mavzu: Germanlar sivilizatsiyasi

 Reja:  1.Germanlarning rivojlantirishi va sivilizatsiyasi?  2.Germanlarda davlat boshqaruvi siyosiy vaziyat?  3.Germaniya birinchi jahon urushigacha bo‘lagan vaqt davomida?  4.Birinchi jahon urushida Germaniya?

Arxeologiya maʼlumotlariga koʻra, Germaniya hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirlarida Germaniyada joylashib olgan nemis qabilalari Rim davlati bilan toʻqnashdi. Xalgʻlarning buyuk koʻchishi deb ataladigan davrdan soʻng Germaniyada  alemanlar ,  bavarlar , sharqiy franklar,  sakslar ,  tyuringlar  va  frizlar  qolgai. 6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9- asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138— 1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat — reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. 

15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr- zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi.  1618-yilga  kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi.  1648-yilgi  Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi ( 1701-yildan  Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740- 1786-yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya  Yevropada  buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun  Avstriya  bilan kurashni kuchaytirdi.  1740-yil  Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi.