logo

Qirg‘iziston sivilizatsiyasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1153.0302734375 KB
MAVZU: QIRG‘I ZISTON  
SIVILIZATSIYASI                                            RE JA: 
1.QADIMGI DAVRLARDA QIRG‘IZISTON 
SIVILIZATSIYASI? 
2. 16_ ASRGACHA BO‘LGAN VAQT ICHIDA  
QIRG‘IZISTON SIVILIZATSIYASI? 
3. 21-ASRGACHA BO‘LGAN VAQT  DAVOMIDA  
QIRG‘IZISTON   Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari 
odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming 
yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning 
shimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida 
usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. 
Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1
—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimoldagi koʻchmanchi 
qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. 
Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu 
vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning 
rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli 
katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, 
oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, 
buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat 
turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar 
kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr 
oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk 
yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va 
qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar 
va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan 
hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, 
metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.    Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar 
mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan 
taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi 
joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) 
boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining 
yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) 
hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan 
moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, 
koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik 
xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi 
chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan 
birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy 
Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) 
natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. 
Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan 
Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa 
Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi.    Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga 
boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu 
vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va 
Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy 
va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini 
moʻgʻullar, mamlakatni esa 
Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 
1348-yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan 
Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib 
koʻtarilgan. Amir Qamariddin 
hukmronligi davrida Amir Temur unga 
qarshi 1370—90 yillarda 7-marta 
qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga 
tobe etgan. Amir Temur vafotidan 
soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 
1425-yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish 
qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston 
mayda-mayda qismlarga ajralib 
ketgan. 15-asrning 2-yarmida 
Shimoliy Q. hududida qirgʻiz 
qabilalarining birlashuvi natijasida 
dastlabki mustaqil xonlik vujudga 
kelgan, uning aholisini bu davrga 
kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil 
etgan.  16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib 
borganlar. 17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning 
ishtiroki kuchaygan. 18-asr oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay 
boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun 
emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814-yil va 1824-
yillarda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari 
huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar 
ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi 
tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), 
Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asrning 60—70 yillarida butun 
Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng 
Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917-yil noyabr — 1918-
yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil aprelda q. 
yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi . 1921—22 yillarda yer-suv islohoti 
oʻtkazildi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924-
yil 14-oktabrda RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925-yil 25-
mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926-yil 1-fevral  Qirgʻiziston ASSR ga, 1936-yil 5-dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga 
aylantirildi. 1990-yil dekabrdan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991-yil 31-avgustda 
respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993-
yil 5-maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
2005-yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. 
Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991-yil 31-dekabrdan MDH 
tarkibida. 1992-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31-avgust — Davlat mustaqilligi kuni 
(1991).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933-yil tashkil 
etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994-yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) 
partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994-yil taʼsis etilgan; q. 
demokratik harakati ,  1993-yil . tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999-yil asos 
solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998-yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas 
xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998-yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992-yil 
asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Ata-
Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992-yil taʼsis etilgan. Q. kasaba uyushmalari 
federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan.
X oʻjaligi  Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit 
davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh 
rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar 
tayyorlangan. Q.ning shimoliy hududlari va Tyanshandan qoʻtos, 
echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari 
topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-asrlarda 
qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub 
sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab 
ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq 
aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan 
bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar 
orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash 
rivojlangan: Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V. V. Obrazsov, S. 
A. Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-
yillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ. Aytiyev 
samarali ijod qildi. 1935-yil Bishkekda badiiy studiya (1939-yildan 
Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri 
rivoj topdi (S. A. Chuykov, Gʻ. Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 
1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L. A. Ilina, A. I. Mixalyov, A. A. 
Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushi yillari 
tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush 
qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod 
qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ. 
Aytiyev, S. Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda 
A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar 
yetishdi. 1960-yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov 
samarali ijod qildilar.      ETIBORIN GIZ UCHUN  
RAHMAT

MAVZU: QIRG‘I ZISTON SIVILIZATSIYASI

RE JA: 1.QADIMGI DAVRLARDA QIRG‘IZISTON SIVILIZATSIYASI? 2. 16_ ASRGACHA BO‘LGAN VAQT ICHIDA QIRG‘IZISTON SIVILIZATSIYASI? 3. 21-ASRGACHA BO‘LGAN VAQT DAVOMIDA QIRG‘IZISTON

Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1 —4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.

Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi.