logo

Qirg‘iziston Respublikasi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5140.34765625 KB
Qirg‘iziston Respublikasi •
Qirg'iziston Yevrosiyo materigining o'rta qismida, asosan, Tyanshan tog'li 
o'lkasi hudu- dida joylashgan bo'lib, Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatiga 
ega emas. U shimolda Qozog'iston, g'arbda  O'zbekiston, janubda 
Tojikiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh.  •
Mamlakatning iqtisodiy geografik o'rni ancha noqulay 
hisoblanadi, chunki xalqaro ahamiyatga ega transport 
magistrallari uning hududidan deyarli o'tmaydi. Bu holat 
Qirg'izistonning murakkab relyef sharoiti bilan bog'liqdir. 
•
Qirg'iziston - parlamentar respublika. Ma'muriy-hududiy 
tuzilishi 7 ta viloyat va 2 ta respublika ahamiyatidagi shahar 
(Bishkek va O'sh)dan iborat. Poytaxti - Bishkek shahri, 
mamlakatning shimolida, Chuy daryosi vodiysida joylashgan.  Tabiiy  sharoiti  va  resurslari.
•
  Qirg‘iziston  tabiatining  asosiy  xususiyati uning  tog‘liligi  
hisoblanadi.  Mamlakat hududining deyarli 90 % i tog‘ tizmalari bilan 
band (39-rasm). Qirg‘izistonning Xitoy bilan chegarasida Tyanshan 
tog‘larining eng baland nuqtasi – G‘alaba cho‘qqisi (7439 m) 
joylashgan  •
Qirg'izistonning asosiy yer osti boyliklari oltin, surma, simob, 
volfram, uran, qalayidan iborat. Yoqilg'i resurslari, asosan, 
mamlakatning janubidagi ko'mir konlari bilan cheklangan. 
Umuman olganda, Qirg'iziston yoqilg'i zaxiralari bilan past 
darajada ta'minlangan hamda tegishli ehtiyojlarini import hisobiga 
qondiradi.  •
Tyanshan tog'larida yirik muzliklarning mavjudligi hisobiga Qirg'iziston 
daryo va ko'llarga boy bo'lib, suv-energetika resurslari bilan yaxshi 
ta'minlangan. Bu holat respublika uchun katta iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi. Eng katta daryolari Norin, Chuy va Talas, eng katta ko'li esa 
Issiqko'ldir.  Aholisi
•
Qirg'iziston aholisi tog'li relyef sharoitida juda notekis joylashgan bo'lib, aksariyat 
qismi tog' oralig'idagi vodiylarda istiqomat qiladi. Farg'ona va Chuy vodiylarida 
aholi zich yashaydi. Bu holat o'sha hududlarning dehqonchilik uchun qulay tabiiy 
sharoiti bilan bog'liq.
•
Aholining 30 % dan ko'proq qismi shaharlarda istiqomat qiladi, qolgan qismi esa 
qishloq aholisiga to'g'ri keladi. Mamlakatning eng yirik shahri - Bishkekning aholisi 
2017-yilda 1 mln. kishidan oshib ketdi. Yirikligi jihatidan mamlakatning ikkinchi 
shahri hisoblanadigan O'shda 260 ming kishidan ko'proq aholi yashaydi (2018-y.).  •
Aholisining milliy tarkibida qirg'izlarning ulushi 75 
% atrofida bo'lsa, 15 % ga yaqin qismini o'zbeklar 
tashkil etadi. O'zbeklar, asosan, Qirg'izistonning 
respublikamizga qo'shni janubiy hududlarida 
istiqomat qiladi. Shuningdek, ruslar, dunganlar, 
uyg'urlar va tojiklar ham aholining etnik tarkibida 
muhim o'ringa ega. Iqtisodiyoti
•
Qirg'iziston iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi 
sanoatga nisbatan ko'proq ahamiyatga ega 
bo'lganligi uchun, respublika agrar-industrial 
davlat hisoblanadi.
•
Sanoati hozirgi vaqtda, asosan, tog'-kon tarmog'iga 
ixtisoslashgan. Eng muhim sanoat mahsuloti oltin 
hisoblanadi va u mamlakat eksportining eng katta 
qismini tashkil etadi. Qirg'iziston sobiq Ittifoq 
davlatlari orasida oltin qazib olish hajmi bo'yicha 
Rossiya va O'zbekistondan keyingi 3-o'rinda 
turadi. Oltin, asosan, Markaziy Tyanshanning 
baland tog'larida joylashgan Kumtor konidan 
qazib olinadi. U dunyodagi 10 ta eng yirik oltin 
konlaridan biri hisoblanadi. Kumtor  •
Sanoatning boshqa tarmoqlaridan yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik va 
ko'mir sanoatlari katta ahamiyatga ega. Elektr energetika 
Qirg'izistonda, asosan, GESlarga tayanadi. Eng yirik GESlar Norin 
daryosida qurilgan.
•
Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari qatoriga bug'doy, paxta, kartoshka, 
sabzavot, kungaboqar, tamaki kiradi. Dehqonchilik vodiylarda 
rivojlangan. Qirg'iziston tog'lari serhosil yaylovlarga boy bo'lganligi 
tufayli respublikada chorvachilikning qo'ychilik, echkichilik, 
qoramolchilik, yilqichilik singari tarmoqlari yaxshi rivojlangan.  •
Mamlakat iqtisodiyotida turizm ham 
muhim ahamiyatga ega. Yiliga 
respublikaga 3 milliondan ortiq xorijiy 
sayyohlar tashrif buyuradi. Ularning 
asosiy qismi Issiqko'l atrofida dam olish 
uchun keladi.

Qirg‘iziston Respublikasi

• Qirg'iziston Yevrosiyo materigining o'rta qismida, asosan, Tyanshan tog'li o'lkasi hudu- dida joylashgan bo'lib, Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatiga ega emas. U shimolda Qozog'iston, g'arbda O'zbekiston, janubda Tojikiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh.

• Mamlakatning iqtisodiy geografik o'rni ancha noqulay hisoblanadi, chunki xalqaro ahamiyatga ega transport magistrallari uning hududidan deyarli o'tmaydi. Bu holat Qirg'izistonning murakkab relyef sharoiti bilan bog'liqdir. • Qirg'iziston - parlamentar respublika. Ma'muriy-hududiy tuzilishi 7 ta viloyat va 2 ta respublika ahamiyatidagi shahar (Bishkek va O'sh)dan iborat. Poytaxti - Bishkek shahri, mamlakatning shimolida, Chuy daryosi vodiysida joylashgan.