Slavyanlar sivilizatsiyasi
Slavyanlar sivilizatsiyasi Reja: 1.Slavyanlar haqidagi dastlabki yozma manbalar. 2. Slavyanlar qayerda yashaganligi. 3. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.
Slavvanlar. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan «slavyanlar» atamasi VI asrdan boshlab ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari haqida dastlabki ma’lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida germanlar bilan bir paytda - mil. aw. II -1 asrlarda tilga olinadi. Slavyan qabilalari VI -VII asrlarga kelib g'arbda Elba daryosidan sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan janubda Dunay daryosiga qadar cho'ziIgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uch guruhga: g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'lingan. G'arbiy slavyanlar: chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar. Janubiy slavyanlar: bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedonlar va bosniyaliklar. Sharqiy slavyanlar: ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan.
Slavyanlar hozirgi Volga daryosidan Gʻarbdagi Dunay daryosigacha boʻlgan hududlarda yashab kelishgan hisoblanadi. Slavyanlar xalqi hozirgi paytda oʻz davlatlariga ega. Masalan; Rossiya, Ukraina, Moldava, Ruminiya, Bolgariya, Xorvatiya, kabilar.
Slavyanlarning mashdulotlari. Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Vizantiya tarixchisi Mavrikiymng yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko'proq arpa va tariq ekkanlar. Ular yig'ilgan g'allani alohida omborlarda saqlaganlar. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan ham shug'ullana boshlaganlar. Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari bo'ylarida yashagan aholi xo'jaligida baliqchilik ham muhim o'rin tutgan.
Ijtimoiy tuzum va din. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o'xshash. Ular qabila va urug'larga bo'linib yashaganlar. Yozma manbalarda xalq yig'inlari (slavyanlar «veche»si), knyazlar, harbiy drujinalar, slavyanlarning olib borgan urushlari haqida ma’lumotlar uchraydi. Vizantiya tarixchilarining yozishicha, slavyanlar erksevar, jasur, jangovar bo'lishi bilan birgalikda tinchlikparvar, qo'shnilariga nisbatan do'stona munosabatga shay qabilalar bo'lgan. Jismoniy baquwat, matonatli hisoblangan slavyanlar janglarda dushmanga pistirma qo'yish, qo'qqisdan hujum qilish usullarini ham qo'llaganlar. Slavyanlarning diniy tasawurlari tabiat kuchlari va o'z ajdodlari ruhlariga sig'inish ko'rinishida bo'lgan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va boshqa afsonaviy siymolarga e’tiqod ham saqlanib qolgan. Slavyan davlatlarining tashkil topishi. Dastlabki slavyan davlati Bolqon yarimorolining shimoliy qismida VII asrning oxirlarida tuzilgan Bolgariya podsholigidir. Bulg'or (Bolgariya) podsholigiga Bolqon yarimorolida turkiyzabon bulg'orlar xoni Asparux (643 - 701) tomonidan asos solingan