Etnogenez va etnik tarix fanining tarixshunosligi, nazariy va ilmiy-metodologik asoslari
R eja 1 . O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi kursining mazmuni va mohiyati, uning tarix fanida tutgan o‘rni, ob’ektlari. 2. Tarix va arxeologiya, etnografiya va antropologiya, numizmatika va lingivistika, toponimika va yozma manbalar. 3. Etnogenez va etnik tarix masalasini tarix fanida qo‘yilishi va uni sovet tarixi fanida o‘rganishda 1942 yilda toshkentda o‘tkazilgan O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixiga bag‘ishlangan ilmiy sessiyaning roli va uning materiallari. 4. Masalan echimga kompleks yondashuvning boshlanishi. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha Toshkent ilmiy anjumanidan keyingi yillarda olib borilgan kompleks xarakterdagi ilmiy tadqiqotlar va uning natijalari.
Fanni o’qit ishdan maqsad – magistratura mutaxassisligi talabalarida o’zbek xalqining kelib chiqishi va uning xalq, millat bo’lib shakllanishidagi tarixiy jarayonlar haqida ilmiy tasavvur hosil qilish, ularga bu masala bilan bog’lik konsepsiyalar va ularning asoslari haqida tushunchalar berish, etnogenez va etnik tarixning nazariy va ilmiy-metodologik asoslari bilan tanishtirish, etnogenez va etnik tarix haqidagi tushunchalar, etnik alomat va etnik belgilar, o’zbek xalqi etnogenetik jarayonining murakkab kechish sabablari, etnosning qabila, xalq va millat bosqichlari va ular o’rtasidagi tarixiy va xronologik tafovutlar va talablar haqida batafsil ma’lumotlar berish hisoblanadi. Fanning vazifasi – talaba – bo‘lg‘usi tarixchini talab darajasida, o’zbek xalqining kelib chiqishi murakkab tarixiy jarayonlari bilan batafsil tanishtirish, o’zbek etnosi til jixatidan turkiy tillar oilasiga kirsada, uning etnik tarkibi asosini tub joyli o’troq eron zabon (sharqiy eron tillari lahjasiga yaqin tilda so‘zlashuvchi) sug’diylar, xorazmiylar, boxtariylar va chorvador sak va massagetlar tashkil etishini hamda u eron zabon aholi juda qadim-qadimlardan shu zaminda turkiygo’y qabilalar bilan yonma- yon yashab, uzoq davom etgan iqtisodiy, siyosiy, etno-madaniy va tarixiy aloqalar jarayonida aralashib, qorishib, yangi etnik birlik-o’zbek xalqi va millati tarkib topganligini talaba-tinglovchilar ongiga singdirishdan iborat.
O‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasida sobiq sovet hokimiyati dastlabki yillarida bir nechta g‘ayriilmiy konsepsiyalar, atamalar paydo bo‘ldi. Jumladan, “panturkizm” atamasi zamirida o‘zbek xalqining kelib chiqishi masalasi faqat turk etnosi bilan bog‘lab o‘rganildi. Ular o‘zbek xalqining turk ildizini turkiy bo‘lmagan etnoslar bilan ham aralashish natijasida tashkil topganligini inobatga olmaydilar (azaldan turklarni Buyuq Turon, so‘ng Turkiston deb hisoblaydilar. Nuh payg‘ambarning o‘g‘li Yofosdan, Yofosning o‘g‘li Tur yoki Turkdan boshlaydilar). Bu ta’limotga qarshi uning aksi sifatida “Panironizm” ta’limoti paydo bo‘ldiki, buning tarafdorlari “Bu zamonning tub joy aholisi eroniy tilli xalq bo‘lib, bu uyrtga turklar keyinchalik ko‘chib kelishgan” degan g‘oyani ilgari suradilar.
Этногенез - халқнинг келиб чиқиши. Тарих фанидаги мавжуд илмий методологик ишланмага кўра, э тногенез деб илгаридан мавжуд бўлган бир неча этник компонентлар асосида янги этнос (элат)нинг вужудга келишига айтилади. «Этногенез» тушунчаси фанга илк маротаба 20-асрнинг 20- йилларида Н.Я.Марр томонидан киритилган. Ҳар бир халқнинг тарихи унинг э тногенез и ва этник тарихи б ила н узвий боғлиқдир. Этногенез этник тарихнинг маълум босқичларида вужудга келиб маълум бир этноснинг элат, халқ бўлиб шаклланишига қадар бўлган даврда давом этадиган тарихий ва этномаданий жараёндир. Этногенез жараёнида этносни белгиловчи ҳудудий омиллар: тил ва этник ном бирлиги, этномаданий бирлик, ижтимоий-иқтисодий ва хўжалик, этник ном (этноним) ҳамда ўзликни англаш бирлиги, сиёсий уюшма бирлиги, дин умумийлиги ва бошқа қатор этник аломатлар муҳим аҳамият касб этади. Ушбу этник аломатлар ва белгиларнинг барчаси содир бўлгандагина этнос — халқ шаклланади, яъни э тногенез жараёни якунланади.