logo

“FAUST” asari Iogann Volfgang fon Gyote

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

476.4228515625 KB
“ FAUST”  asari   Iogann Volfgang fon 
Gy ot e JAHON ADABIYOTI            RE JA:
1. Faust ijodi tarixining asosiy sanalari
2.   Fojianing tuzilishi
3. Badiiy xususiyatlar
4. Yevgeniy Delakrua rasmlari
5. Salvador Dalining rasmlari
6. Gyotening “Faust” asari: xulosa 
o’rnida       GYOTE

“ F aust ”   Gyote ijodining 
yirik mahsuli – bo‘lgan.  Asar 
XVIII asrning oxiri va XIX asrning 
birinchi choragida yozilgani 
(1773-1831yy) uchun ana shu 
xilma-xil voqealarga boy bo‘lgan 
yevropa hayotini aks ettiradi. 
Asarda inson hayotiga, uning 
jamiyatda tutgan o‘rniga diqqat 
qaratilgan. 

Tabiatning, koinotning qudratli 
kuchlarini inson irodasiga 
bo‘ysundirish, uning qonunlarini 
o‘rganish va bu sirlarni 
odamzod foydasiga xizmat 
qildirish ulug‘ mutafakkir olim 
Gyotening doimiy orzusi bo‘lib 
keldi.        "Siz yana shu yerdasiz, o'zgaruvchan soyalar,
 Meni uzoq vaqtdan beri bezovta qilgan, 
Nihoyat mujassam topasizmi, 
Yoki mening yosh ishtiyoqim soviganmi?"
“ Faust”ning ilk nashri       Tragediya tuzilishi

Uning buyuk qahramoni Faust ana shu orzuni amalga oshirishdek 
olijanob ishga bel bog‘laydi. Faust haqidagi afsona (XVI asr) nemis 
xalq she'riyatida yaratilgan eng buyuk asar bo‘lib, Gyote qo‘liga qalam 
olgan kunidan boshlab bu haqida asar yozishni orzu qilar edi. Ana shu 
afsonalarda Faust olim, sexrgar, shaytonlar bilan munosabatda 
bo‘lgan kishi sifatida talqin qilinadi. 

Arshi a'loda shayton Mefistofel xudo bilan Faust to‘g‘risida munozara 
qiladi. Shaytonning fikricha, koinoti azimda inson ojiz bir narsa, u 
baxtsiz, abadul-abad azob-uqubatda yashaydi. Agar xudo unga aql 
ato qilmasa, inson yomon yashamagan bo‘lur edi. Buning ustiga 
Faust butun koinot va tabiat sirlarini ilmu fan kuchi bilan bilib 
olmoqchi. Mefistofel Faustning bu intilishlariga ishonmaydi, unga 
shubha bilan qaraydi. Xudo esa, inson adashib bo‘lsa ham, izlash, 
qidirish natijasida kamolot cho‘qqisi tomon boradi, deb unga umid 
bildiradi. Bu umid Gyotening inonparvarlik qarashlarining natijasidir. 
Shayton, men albatta Faustning nafsini qo‘zg‘ab, yomon yo‘llarga olib 
boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga chiqaraman, deydi. 
Asarning asosiy konflikti va tuguni shu yerdan boshlanadi.        “ FAUST”

Faustda  turli  elementlar  organik 
tarzda  birlashtirildi  -  drama,  lirika  va 
epikning  boshlanishi.  Faust  "badiiy 
tabiati  bilan  farq  qiladigan 
elementlarni  o'z  ichiga  oladi:  maishiy, 
lirik,  fojiali,  fantastik.  Intim  lirika, 
fuqarolik  pafosi,  falsafiy  mulohazalar, 
o'tkir  satira,  tabiat  tasviri,  xalqona 
hazil  -  bularning  barchasi  Faustda 
mujassamlashgan.        
Asarning asosiy konflikti va tuguni 
shu yerdan boshlanadi. 

Kim – erk, hayot deb jang qilolsa har 
kun –

Erku hayot uchun o‘sha munosib.

Xuddi shunday mehnat, kurash va 
havas

Band aylasa yoshu keksa – har kimni,

Shunday kunda ko‘rsam edim bir 
nafas

Ozod diyorimni, ozod xalqimni

Faust tilidan aytilgan ushbu misralar 
u anglab yetgan haqiqatning, inson 
umrining mazmunini belgilab beradi.       
Gyote o‘z tragediyasida bir-
biriga zid bo‘lgan ikki xil 
kuchlar to‘qnashuvini 
ko‘rsatadi. Bu kuchlarning biri 
Faust, u ilg‘or dunyoqarash, 
yorug‘lik timsoli. 

U buyuk olim, ijodkor inson, 
odamlar baxt-saodati uchun 
kurashadi. Faust ilmga tashna, 
ilm-ma'rifatning kuchi bilan 
kishilarga ezgulik qidiradi. 

O‘z xalqini ma'rifatli qilio‘ 
uchun Injilni tarjima qiladi.        Iugan Delak roix t omonidan 
chizilgan rasmlar. Gy ot ening 
" Faust "  asari       E J EN  DELAKRUA  t asv iri       Gy ot e “ FA UST”  t ragediy asi       “ FAUST” asari       
Shoir tinmay olg‘a yurishni, to‘xtovsiz harakat 
qilishni targ‘ib qiladi, chunki u harakat insoniyat 
kelajagini munavvar qilishiga ishonadi. 

Gyotening asari zamondoshlarini o‘rta asr 
uyqusidan uyg‘otishga, o‘z hayotini qurishga 
da'vat qiluvchi chaqiriq ham edi. Shoirning 
qahramoni davr munosabatlarini o‘zida 
mujassamlashtirgan kishi. 

Asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan shayton 
Mefistofel o‘zida shubha, inkor ham vayronalik 
kuchlarini mujassamlashtirgan. Shayton hamma 
vaqt Faustni yo‘ldan ozdirishga, uning yuragida 
shubha qo‘zg‘ashga urinadi. Faustni olijanob 
intilishlardan chalg‘itib, haqiqat, insoniyat 
oldidagi burchlarini unutishga undaydi.        Salvador Dali talqinidagi tasvir              
Gyote asrining ikkinchi qismida qadimgi Yunoniston 
mavzusi asosiy o‘rin oladi. yelena antik dunyoning 
go‘zallik timsoli sifatida gavdalanadi. Faust bilan 
yelena o‘rtasidagi nikoh ramziy ma'no kasb etadi. 
Faust qo‘lida qolgan yelenaning kiyimlari qadimiy 
san'atning olijanob tasviri, belgisidir. Gyotening 
fikricha oltin davr o‘tmishda emas, istiqbolda, 
kelajakda.

“ Faust” asari XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi 
nemis adabiyotining falsafiy va badiiy yutug‘i bo‘ldi.        Asar asosida suratga olinga filmdan 
lavhalar       
Bu asar ustida Gete 60 yil davomida ishladi. «Faust»ni 
yozish niyati unda studentlik yillaridan boshlangan 
edi. Afsungar doktor Faust haqidagi afsonalar XVI 
asrda paydo bo‘lgan. 1592 yil. Kristofer Marlo «Doktor 
Faustning fojiyaviy tarixi» sahna asarini yaratdi. XVII-
XVIII asarda tabiat sirlarini o‘zlashtirgan doktor 
haqida Germaniyada turli kitoblar bosilib chiqqan edi.

Demak, tragediyada bir-biriga zid bo‘lgan ikki xil 
kuchning to‘qnashuvi tasvirlanadi. Faust-ilg‘or 
dunyoqarash, yorug‘lik timsoli. To‘xtovsiz harakat, 
yaratish, bunyodkorlik uning asosiy shiori. U ilmga 
tashna, Injilni tarjima qilgan. Myefistofel – shubha, 
inkor, vayronachilik kuchlarini mujassamlashtirgan. U 
Faustni yo‘ldan urmoqchi bo‘ladi. 

Jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri bo‘lgan 
“Faust” ni o‘zbek kitobxoni shoir Erkin Vohidov 
tarjimasida ona tilida o‘qimoqda.        
Gyotening buyuk “Faust” fojiasi 
bilan birga bir qancha she'rlari 
o‘zbek tiliga M.Shayxzoda, 
Shukrullo, Erkin Vohidov, Sadriddin 
Salimov tomonidan tarjima qilingan. 
“Yosh Verterning iztiroblari” romani 
Yanglish Egamova tarjimasida 
o‘zbek tiliga o‘girilgan.         E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT!

“ FAUST” asari Iogann Volfgang fon Gy ot e JAHON ADABIYOTI

RE JA: 1. Faust ijodi tarixining asosiy sanalari 2. Fojianing tuzilishi 3. Badiiy xususiyatlar 4. Yevgeniy Delakrua rasmlari 5. Salvador Dalining rasmlari 6. Gyotening “Faust” asari: xulosa o’rnida

GYOTE  “ F aust ” Gyote ijodining yirik mahsuli – bo‘lgan. Asar XVIII asrning oxiri va XIX asrning birinchi choragida yozilgani (1773-1831yy) uchun ana shu xilma-xil voqealarga boy bo‘lgan yevropa hayotini aks ettiradi. Asarda inson hayotiga, uning jamiyatda tutgan o‘rniga diqqat qaratilgan.  Tabiatning, koinotning qudratli kuchlarini inson irodasiga bo‘ysundirish, uning qonunlarini o‘rganish va bu sirlarni odamzod foydasiga xizmat qildirish ulug‘ mutafakkir olim Gyotening doimiy orzusi bo‘lib keldi.

"Siz yana shu yerdasiz, o'zgaruvchan soyalar, Meni uzoq vaqtdan beri bezovta qilgan, Nihoyat mujassam topasizmi, Yoki mening yosh ishtiyoqim soviganmi?" “ Faust”ning ilk nashri

Tragediya tuzilishi  Uning buyuk qahramoni Faust ana shu orzuni amalga oshirishdek olijanob ishga bel bog‘laydi. Faust haqidagi afsona (XVI asr) nemis xalq she'riyatida yaratilgan eng buyuk asar bo‘lib, Gyote qo‘liga qalam olgan kunidan boshlab bu haqida asar yozishni orzu qilar edi. Ana shu afsonalarda Faust olim, sexrgar, shaytonlar bilan munosabatda bo‘lgan kishi sifatida talqin qilinadi.  Arshi a'loda shayton Mefistofel xudo bilan Faust to‘g‘risida munozara qiladi. Shaytonning fikricha, koinoti azimda inson ojiz bir narsa, u baxtsiz, abadul-abad azob-uqubatda yashaydi. Agar xudo unga aql ato qilmasa, inson yomon yashamagan bo‘lur edi. Buning ustiga Faust butun koinot va tabiat sirlarini ilmu fan kuchi bilan bilib olmoqchi. Mefistofel Faustning bu intilishlariga ishonmaydi, unga shubha bilan qaraydi. Xudo esa, inson adashib bo‘lsa ham, izlash, qidirish natijasida kamolot cho‘qqisi tomon boradi, deb unga umid bildiradi. Bu umid Gyotening inonparvarlik qarashlarining natijasidir. Shayton, men albatta Faustning nafsini qo‘zg‘ab, yomon yo‘llarga olib boraman, uning intilishlarini, orzularini puchga chiqaraman, deydi. Asarning asosiy konflikti va tuguni shu yerdan boshlanadi.