logo

Fuqarolik ishlarida prokuror ishtiroki

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1126.50390625 KB
Mavzu:Fuqarolik ishlarida prokuror ishtiroki O ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK  FAKULTET
PREZENTATSIYA
TAQDIMOTI Reja
1. Fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish 
asoslari va shakllari
2. Prokurorning ikkinchi instansiya sudida ishtirok etishi Fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari
  Prokuror  nazorati  hech  qanday  ma`muriy  hokimiyatga  ega  bo`lmaganligi,  har 
qanday  ma`muriy  hokimiyatdan  farq  qilishligini  va  birorta  ma`muriy  masala 
bo`yicha hech qanday hal qiluvchi ovozga ega emasligini esda tutish kerak.
  Prokuror  faqat  birgina  narsaga  haqqi  bor  va  majbur,  u  ham  bo`lsa  hech  qanday 
mahalliy xususiyatlarga va qanday bo`lmasin mahalliy ta`sirlarga qaramasdan butun 
Respublikada  qonunni  va  boshqa  huquqiy  me`yorlarni  bir  xilda  tushunishning 
tadbiq  etilishini  kuzatib  borishga  qaratilgan.  Prokurorning  birdan-bir  huquq  va 
burchi  masalani  sud  hukmiga  topshirish  lozimligi  yuridik  adabiyotlardan  ma`lum. 
Ana  shu  qoidaga  muvofiq  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  120-
moddasiga  ko`ra  prokuratura  organlari  o`z  vakolatlarini  har  qanday  davlat 
organlari,  jamoat  birlashmalari  va  mansabdor  shaxslardan  mustaqil  holda,  faqat 
qonunga bo`ysinib amalga oshiradilar. •
  Prokuraturaning  tashkiliy  faoliyatidagi  muhim  xususiyati  uning  har  qanday  davlat 
organlari,  jamoat  birlashmalari,  mahalliy  organlar  va  mansabdor  shaxslardan 
mustaqilligidir.
•
O`zbekiston  Respublikasida  Prokuraturaning  faoliyati  faqat  O`zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisi  nazoratida  bo`lib,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvining  boshqa  organlari, 
jamoat  birlashmalari,  ommaviy  axborot  vositalari,  ularning  vakillari,  shuningdek 
mansabdor  shaxslar  prokuraturaning  qonunlar  ijrosi  ustidan  nazorat  qilish,  jinoyat 
ishlarini  tergov  qilish,  shikoyat,  ariza  va  xabarlarni  tekshirib  ko`rish  hamda  kadrlarni 
tanlash va joy-joyiga qo`yish kabi faoliyatlariga aralashuvlari man qilinadi.1
•
Prokurorlar  o`z  vakolatlari  davrida  siyosiy  partiyalar  va  siyosiy  mansablarni 
ko`zlovchi  boshqa  jamoat  birlashmalariga  a`zolikni  to`xtatib  turish  to`g`risida  qoida 
belgilangan.  Bu  qoida  mustaqillikka  qadar  totalitar  tuzumi  davridagi  siyosiy  talablar 
bo`lib,  unga  ko`ra  prokuratura  idoralari  faqat  partiyaning  talablari  va  ko`rsatmalari 
asosida  ish  tutib,  bu  esa  partiya  bilan  birga  prokuratura  xodimlarining  o`zlarini  ham 
qonunchilikni  buzilishida  ishtirokchi  bo`lib,  inson  huquqlarini  toptalishiga  olib  kelgan 
holatlarni Respublika xalqi hanuz esdan chiqarmagan.  •
O`zbekiston  Respublikasidagi  hamma  vazirliklar, 
davlat  qumitalari  va  idoralari,  davlat  nazorati 
idoralari,  hokimlar,  shuningdek  kimga  bo`ysinishidan, 
kimning  tasarrufida  bo`lishidan  va  mulkchilik 
shaklidan  qat`iy  nazar,  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari,  harbiy  qismlar, 
mansabdor  shaxslar,  shuningdek  fuqarolar  tomonidan 
qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qilish 
O`zbekiston  Respublikasining  Bosh  Prokurori  va  unga 
bo`ysinuvchi  quyi  prokurorlar  tomonidan  amalga 
oshiriladi.
•
Huquqiy  demokratik  davlat  ko`rish  uchun  qonun 
ustuvorligini  ta`minlashda  qonunlarni  aniq  va 
ogishmay  bajarish  fuqarolar,  tashkilotlarning 
huquqlari  hamda  qonun  bilan  qo`riqlanadigan 
manfaatlarining himoya qilinishidek muhim vazifalarni 
amalga  oshirishda  prokuratura  idoralarining  roli 
katta.   Prokuratura idoralarining faoliyati «Prokuratura to`g`risida»gi qonunda 
ko`rsatilganidek, qonunning ustunligini har tomonlama qaror toptirishga, huquq tartibotni 
mustahkamlashga, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan inson 
va fuqaroning ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, 
shuningdek davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzimini siyosiy va iktisodiy tizimlarni, 
milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlarini g`ayriqonuniy tajovuzlardan 
muhofaza qilishni ta`minlashga qaratilgandir.
Fuqarolik sud ishlari bilan bog`liq bo`lgan qonunlarning bajarilishi yuzasidan nazorat olib 
boruvchi prokuror fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tomonidan qonuniy va asosli qaror 
chiqarilishiga sudlarning mustaqilligi va faqatgina qonunga buysunish prinsipiga qat`iy 
rioya etish faoliyatini nazorat qilish bilan odil sudlovni amalga oshirishga ko`maklashadi. 
qonunda (FPKning 46-moddasida) prokuror boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun 
bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga ariza bilan murojaat 
qilishga haqli. Shuningdek prokuror boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo`zg`atilgan ishni 
ko`rishda protsessning boshidan boshlab ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilangan •
Fuqarolik  ishini  ko`rishda  prokurorning  ishtiroki  qonunda  ko`rsatilgan, 
prokurorning  o`zi  yoki  mazkur  ishda  ishtirok  etishi  sud  tomonidan  zarur  deb  topilgan 
hollardagina majburiydir.
•
Masalan,  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  1998  yil  11  sentabr 
«Bolalar  tarbiyasi  bilan  bog`liq  bo`lgan  nizolarni  hal  qilishda  sudlar  tomonidan 
qonunlarni  qo`llash  amaliyoti  to`g`risida»gi  qarorining  13-bandida  «ota-onalik 
huquqidan  mahrum  qilish  to`g`risidagi  ishlar  bo`yicha  prokurorning  ishtiroki  qonunda 
nazarda  tutilganligini  e`tiborga  olib  sudlar  bu  ishlarni  prokuror  ishtirokisiz  ko`rishga 
haqli  emasligi»  to`g`ridan-to`g`ri  ko`rsatilgan.2  Yuqorida  keltirilgan  qonun 
prokurorning  fuqarolik  protsessida  ikki  shaklda  ishtirok  qilishini:  birinchidan,  ariza 
berish  yo`li  bilan  ish  boshlashini  va  ikkinchidan,  manfaatdor  shaxs  tomonidan 
qo`zg`atilgan  ishni  ko`rishda  jarayon  boshlanishidan  boshlab  qatnashish  huquqiga  ega 
ekanligi nazarda tutiladi.
•
Demak,  prokuror  FPKning  5-moddasiga  muvofiq  o`z  tashabbusi  bilan  ishga 
kirishishidan  tashqari,  sud  tashabbusi  (qarori)  bo`yicha  ham,  shuningdek  qonunning 
maxsus, to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatmasiga binoan ham ishga jalb qilinishi mumkin.  •
Prokuror  sudlarda  ishni  ko`rib  chiqish  vaqtida  qonunlarning  bajarilishi  ustidan  nazorat 
qilar  ekan,  o`z  huquq  doirasida  ishni  sudda  ko`rishga  tayyorlashda,  ishlarni  birinchi  instansiya 
sudida,  kassatsiya  va  nazorat  tartibida  ko`rib  chiqishda  qatnashish,  ishlarni  ko`rib  chiqish 
vaqtida  kelib  chiqqan  masalalar  yuzasidan  o`z  fikrini  berish, sudda  fuqarolik  ishini  qo`zg`atadi 
va  sudga  arizalar  topshiradi  («Prokuratura  to`g`risida»gi  qonunning  24-moddasi)  hamda 
fuqarolik  ishlarining  mohiyati  yuzasidan  umumiy  xulosalar  beradi.  FPK  va  «Prokuratura 
to`g`risida»gi  qonunda  ko`zda  tutilgan  boshqa  protsessual  harakatlarni  amalga  oshiradi. 
Umuan  prokurorning  qanday  protsessual  huquqlarga  ega  bo`lishi,  uning  jarayonda  ishtirok 
etish  shakliga  qarab  belgilanadi. Agar  prokuror  o`z  tashabbusi  bilan  ariza  bersa,  uni  nusxalari 
bilan  sudga  topshirishga,  o`z  talablarini  isbotlashga  majbur.  Bunday  hollarda  prokuror 
javobgar  taraf  bilan  sudda  tortishadi.  Sudda  birinchi  bo`lib  so`zga  chiqadi,  talabdan  voz 
kechishi ham mumkin. Xullas, ishda da`vogar taraf kabi protsessual huquqlardan foydalanadi.
•
Biroq,  prokuror  manfaati  ko`zlangan  shaxsning  o`rniga  o`tmaydi,  bu  shaxs  ishda  da`vogar 
bo`lganicha  qoladi.  Prokuror  talab  qiluvchi  tarafning  ba`zi  huquqlaridan  foydalana  olmaydi, 
chunonchi  prokuror  javobgar  taraf  bilan  kelishuv  bitimini  tuza  olmaydi,  prokurorga  nisbatan 
muqobil da`vo qo`zg`atish mumkin emas, prokuror sud boji to`lamaydi va hokazo. •
Prokurorning  o`zi  qo`zg`atgan  talabdan  voz  kechishi  yoki  arz  qilgan  talablarini 
o`zgartirishi manfaatini himoya qilish uchun prokuror da`vo qo`zg`atgan shaxsni suddan ishni 
mazmunan ko`rishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
•
Prokuror  ishda  qanday  formada  ishtirok  qilsa  ham,  u  hamma  vaqt  sud  faoliyatini  emas, 
balki  sudda  qonunning  bajarilishini  nazorat  qiluvchi  va  odil  sudlovni  amalga  oshirishda 
ko`maklashuvchi  shaxs  bo`lib  qolaveradi.  Shu  sababli  prokuror  protsessda  qaysi  tomonning 
huquqini  himoya  qilishga  qaramasdan,  protsessda  qaysi  tarafning  huquqi  buzilsa,  barcha 
hollarda ana shu buzilishga qarshi chiqishi lozim. Bundan tashqari prokuror, dastavval to`tgan 
yo`lidan  qat`iy  nazar,  sudda  nizo  ko`rilganidan  so`ng  oqibatda  haqli  chiqqan  tarafning 
manfaatini himoya qiladi.
•
Ma`lumki,  talab  qo`zg`atgan  prokuror  javobgarga  qarshi  bo`lgan  shaxsning  huquqini 
himoya  qiladi.  Ammo  ishning  sudda  ko`rilishi  natijasida  talabning  asossizligi  aniqlansa, 
prokuror  undan  voz  kechib,  da`vogarning  talabini  rad  qilishni  suddan  so`raydi  va  shu  bilan 
javobgarning huquqini himoya qilgan bo`ladi. •
Yuqorida prokurorning asosan, birinchi instansiya sudida ishtirok etishi to`g`risida 
bayon qilindi.
•
  Prokurorning ikkinchi instansiya sudida ishtirok etishi
•
   Prokurorning  ikkinchi  instansiya  sudida  ishtirok  etishi  to`g`risida  shuni  aytish 
kerakki, uning bu instansiyada ishtirok etishi ikki shaklda (formada): birinchidan, sud 
qarori  ustidan  shikoyat,  protest  keltirish  yo`li  bilan;  ikkinchidan,  taraflardan  birining 
sud  qaroridan  norozi  bo`lib  shikoyat  arizasi  berganida  bu  to`g`rida  fikr  berish  yo`li 
bilan  ishtirok  qila  oladi.Prokurorning  protest  bildirish  huquqi-uning  birinchi 
instansiya  sudida  ishning  ko`rilishida  ishtirok  qilish-qilmasligiga  bog`liq  emas. 
Kassatsiya  protestini  hamma  prokurorlar,  ya`ni  tuman,  shahar,  viloyat  va  yuqori 
turgan  prokurorlar  bera  oladilar.  Ikkinchi  instansiya  sudida  protest  ko`rilganida 
prokuror ishtirok etadi va protestni quvvatlaydi.
•
   •
Agar taraflardan biri sud qarori ustidan shikoyat arizasi bergan bo`lsa, bu shikoyat sudda ko`rilishida 
prokuror, garchi o`zi protest bermagan bo`lsa ham, ishtirok eta oladi va o`zining og`zaki va yozma fikrini 
beradi.
•
Prokuror birinchi va ikkinchi instansiya sudlarida ishtirok etishdan tashqari, yuqorida aytilganidek, sud 
qarorlarining qonuniy kuchini ham tekshirishga haqlidir. Uning bu huquqi sudning qonuniy kuchga kirgan hal 
qiluv qarori, ajrimlari va qarorlari yuzasidan protest keltirishdan iborat. Nazorat tartibida protest keltirish 
huquqi FPKning 349-moddasida ko`rsatilgan shaxslarga berilgan.
•
«Prokuratura to`g`risida»gi qonunda belgilanishicha, prokuror o`z faoliyatini quyidagi yo`nalishlarda 
amalga oshiradilar, jumladan:-inson va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklarini 
muhofaza qilishni ta`minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib 
borish;-sudlarda jinoiy ishlarni ko`rib chiqilishida davlat aybini qo`llab-quvvatlash, sudlarda fuqarolik 
ishlarini, ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni hamda xo`jalik ishlarini qarab chiqishda ishtirok 
etish, qonunlarga zid bo`lgan hujjatlarga protest keltirish va hokazo.
•
Nazorat tartibida berilgan protest sudda ko`rilishida prokurorning ishtirok etishi shart va shu bo`yicha o`zi 
yoki yuqori turgan prokuror keltirgan protestni quvvatlaydi, vakolatli shaxslarning bergan protesti bo`yicha ish 
yuzasidan xulosa beradi. Foydalanilgan adabiyotlar
•
1.O’zbekiston Respublikasi fuqarolik protsesual  kodeksi 
2018-yil 1-aprel.
•
2. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat 
yuridik universiteti Shoakbar Shoraxmedov darsligi 2022-yil.
•
3. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuristlar 
malakasini oshirish markazi, Muzaffarjon Mamasiddiqov 
qo’llanma  2014-yil.

Mavzu:Fuqarolik ishlarida prokuror ishtiroki O ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIK FAKULTET PREZENTATSIYA TAQDIMOTI

Reja 1. Fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari 2. Prokurorning ikkinchi instansiya sudida ishtirok etishi

Fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari Prokuror nazorati hech qanday ma`muriy hokimiyatga ega bo`lmaganligi, har qanday ma`muriy hokimiyatdan farq qilishligini va birorta ma`muriy masala bo`yicha hech qanday hal qiluvchi ovozga ega emasligini esda tutish kerak. Prokuror faqat birgina narsaga haqqi bor va majbur, u ham bo`lsa hech qanday mahalliy xususiyatlarga va qanday bo`lmasin mahalliy ta`sirlarga qaramasdan butun Respublikada qonunni va boshqa huquqiy me`yorlarni bir xilda tushunishning tadbiq etilishini kuzatib borishga qaratilgan. Prokurorning birdan-bir huquq va burchi masalani sud hukmiga topshirish lozimligi yuridik adabiyotlardan ma`lum. Ana shu qoidaga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120- moddasiga ko`ra prokuratura organlari o`z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysinib amalga oshiradilar.

• Prokuraturaning tashkiliy faoliyatidagi muhim xususiyati uning har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari, mahalliy organlar va mansabdor shaxslardan mustaqilligidir. • O`zbekiston Respublikasida Prokuraturaning faoliyati faqat O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nazoratida bo`lib, davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, ularning vakillari, shuningdek mansabdor shaxslar prokuraturaning qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish, jinoyat ishlarini tergov qilish, shikoyat, ariza va xabarlarni tekshirib ko`rish hamda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish kabi faoliyatlariga aralashuvlari man qilinadi.1 • Prokurorlar o`z vakolatlari davrida siyosiy partiyalar va siyosiy mansablarni ko`zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a`zolikni to`xtatib turish to`g`risida qoida belgilangan. Bu qoida mustaqillikka qadar totalitar tuzumi davridagi siyosiy talablar bo`lib, unga ko`ra prokuratura idoralari faqat partiyaning talablari va ko`rsatmalari asosida ish tutib, bu esa partiya bilan birga prokuratura xodimlarining o`zlarini ham qonunchilikni buzilishida ishtirokchi bo`lib, inson huquqlarini toptalishiga olib kelgan holatlarni Respublika xalqi hanuz esdan chiqarmagan.