Geografiya ta’limida interfaol metodlar
Mav zu: Geografi y a t a’limida int erfaol met odlar
R E J A Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari Pedagogik faoliyatni pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar yordamida olib borishning ahamiyati. Interfaol dars jarayonini o’tkazishda ishlatiladigan tadbirlar1 2 3
Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq, ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini muayyan bir tartibga solish maqsadida “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari qabul qilindi. Bugungi kunda ham ta’lim- tarbiya jarayonini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jahon hamjamiyatining integratsiyalashuvi asosida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat va jamiyat qurishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan asoslab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” asos qilib olindi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Harakatlar strategiyasi” dagi IV-yo‘nalish hisoblangan “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”, bunda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish orqali davlat siyosati darajasiga ko‘tarish nihoyatda muhim bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda zamon talabiga mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, o‘quvchilarni zamon talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiya berish uchun avvalo, o‘qituvchi o‘z kasbini etuk mutaxassisi, kuchli bilim, iste’dod, tajriba, hamda o‘quv mashg‘ulotlarida zamonga mos ta’lim usullaridan qanchalik to‘g‘ri foydalana olayotganligiga bog‘liqdir. Hozirgi axborot makonining globallashuvi, ommaviy axborot vositalari kengayib borayotgan bir paytda o‘qituvchilarimiz tinimsiz izlanishlari, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishlari shart. Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Endi o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o‘qitish vositalari va metodlar orqali pedagogik faoliyatini tashkil etib, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish xarakterini belgilaydi. Ayniqsa, geografiya fani o‘qituvchilari o‘quv jarayonida dars samaradorligini oshiradigan pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilan birgalikda axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlari o‘rinlidir. Mazkur uslubiy qo‘llanmada zamonaviy ta’limda samaradorligi e’tirof etilgan interfaol metodlarni geografiya darslarida qo‘llanishi, texnologiyasi va metodikasi yoritilgan. SHuningdek, umumta’lim maktab geografiya fani o‘qituvchilari uchun axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tayyorlangan dars ishlanmalar tavsiya etilgan.
Interfail ta’limning maqsadi va vazifalari “ Pedagogik texnologiya ”, bu- o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishni va aks ta’sir mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani beruvchi yig‘inidir. Bugungi kunda jamiyat ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga o‘quvchi va talabani uzluksiz rivojlantirish vazifasini qo‘ymoqda. Endilikda ijodkor, mantiqiy fikrlovchi, hayotiy vaziyatlarni qat’iy yondashuv asosida hal qila oladigan o‘quvchi va talaba shaxsini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash davr talabidir. Ta’lim- tarbiya tizimi orqali zamon talabiga javob beruvchi sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ko‘p jihatdan o‘quv fani o‘qituvchi va pedagoglarining kasbiy mahoratiga, ularning o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olishlariga bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun Geografiya o‘kituvchilari maxsus metodik bilim va ko‘nikmalarni egallashlari, pedagogik amaliyotda zarur bo‘ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. Geografiya o‘qituvchisi darsda o‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari va pedagogik texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini ilmiy-metodik asosda tanlagandagina ko‘zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
Pedagogik faoliyatni pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar yordamida olib borishning ahamiyati. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyati nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan bizga, ularni ijodiy rivojlantrish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o’quvchilarning o’quv va ijodiy faoliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz.