Geografiyani o’qitish jarayonida didaktik o’yinli darslardan foydalanish yo’llari.
GEOGRAFIYA O’QITISHDA INNOVATSION TEXNALOGIYALAR Mav zu: Geografi y ani o’qit ish jaray onida didak t ik o’y inli darslardan foy dalanish y o’llari.
R E J A Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati Geografiya ta'limida didaktik ko'rgazma qurollar tayyorlash Modellar va undan foydalanish usullari
Geografiya ta'limida didaktik o'yinlardan foydalanish ahamiyati Didaktik o'yinlar o'zining asosiy mazmuniga ko'ra ma'naviy-ahloqiy, aqliy rivojlantiruvchi, bilish jarayoniga doir o'yinlar bo'lishi mumkin. Bunday o'yinlarning o'ziga xos xususiyati - guruhiy jipslashish, ijodiy hamkorlik, musobaqadir. Mustaqil hamdo'stlik mamlakatlari va xorijdagi metodist - geograflar uzoq vaqtlardan berli o'yinlar nazariyasi bilan qiziqib keladilar, ular bu nazariyani geografiyani o'qitish jarayonida tadbiq etishga urinib ko'rganlar.O'yinlarni geografiyani o'qitishga kiritish g'oyasi 60-yillarning boshlarida Amerika va Angliyada paydo bo'lgan edi. Hozirgi vaqtda xorijlik hamkasblar tajribasida imtiatsion o'yinlarni, shu jumladan komp'yuter o'yinlarini amalda barcha sinflarda keng tadbiq etish mayli aniq ko'zga tashlanadi. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad fanga bo'lgan qiziqishni oshirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir. Keyingi yillarda geografiya darslarida o'yinlar tadbiq etish to'g'risida L.M.Pancheshnikova, S.N.Proslova, P.Musaev, R.Qurbonniyozov, V.V.Nikolina, G.S.Kulinich, O'.Safarov, A.Hayitov va boshqalarning tadqiqotlari paydo bo'ldi. Bu tadqiqotlarda o'yinlarni tasnif qilish, ularni darslarda va darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etish va o'tkazish metodikasi masalalari qarab chiqilgan, lekin tadqiqotchilardan hech kim geografiya darsida o'yinlarni tadbiq etish yordamida ta'lim samaradorligini oshirish muammolarini maxsus ravishda ajratib ko'rsatmagan.
Didaktik o'yinlardan foydalanish usullari Didaktika - ta'lim nazariyasi tushunchasini anglatadi. Ta'lim nazariyasi ta'lim - tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bo'lgan tamoyillar, ta'lim usullari, ta'lim-tarbiya shakllari va pedagogikadagi asosiy tushunchalarni o'z ichiga oladi. Demak, didaktika yosh avlodni «nimaga o'qitish?», «nimani o'qitish?», «qanday o'qitish?» kabi savollarga javob beradi. Didaktik o'qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir o'quv fanining o'qitish usullari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Didaktika butun pedagogik faliyat uchun, ya'ni ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini o'taydi. Geografik o'yinlarni qo'yidagi guruhlarga bo'lishimiz mumkin: a) geografik mashqli o'yinlar, topishmoqlar, chaynvordlar, krossvordlar, rebuslar, viktorina, loto, domino va boshqalar; b) sayohat o'yinlari: berilgan ma'lum yo'nalish bo'yicha, alohida region bo'yicha kartalar asosida sayohat yoki «Ekspeditsiya» tariqasida olib boriladi; v) musobaqa o'yinlari, sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib, ma'lum topshiriqlar asosida o'zaro musobaqalashadilar, topshiriqlarning tez va aniq topilishi g'olibni aniqlab beradi. g) rolli o'yinlar: o'quvchilar ma'lum muammoni hal qilishda qatnashadilar. O'quvchilar o'yinlar jarayonida o'lka materiallaridan keng foydalanib, mavjud muoammalar: ekologik; iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni ochish, ularni bartaraf qilishning yo'llarini o'rganadilar. Bu esa o'yinlar orqali o'quvchilarni mamlakat miqiyosida sodir bo'layotgan voqealar bilan tanishtirish, Vatanga muhabbat tuyg'usini singdirish, turli kasblar bilan tanishtirish, mehnat ko'nikmalarini egallash imkoniyatlarini yaratishga olib keladi.
Geografiya ta'limida guruhlararo o'yinlarning mazmuni, unga tayyorgarlik bosqichi va uning jarayonini nihoyatda murakkab bo'lsa - da, o'ning uziga hos xususiyatlarini ko'rsatishga harakat qilamiz. Yuqorida aytilganidek, tayyorgarlik bosqichida ko'yidagilar hal etiladi. 1. O'yinning maqsadini belgilash, ya'ni o'yin orqali o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar hajmi aniqlanadi. 2. Qo'yidagi talablarga javob beradigan vaziyatni yaratish: a) o'yinning o'quvchilar tayyorgarlik darajalari va yosh hususiyatlariga, o'quv ishlaridagi aniq muammolarga mos bo'lishi; b) o'yin ko'rinishlarini aniq belgilash, ya'ni o'yin tarkibiga kiruvchi xolatlarni ayrim qismlarga ajiratish; 3. o'yin qoidasini ishlab chiqish, har bir ishtirokchiga alohida-alohida vazifalar belgilash, tasodifiy holatlar sodir bo'lganda nimalar qilish kerakligi, o'yinning boshlanishi va tugashi, harakatlar soni ko'zda tutiladi; 4. o'yin tafsilotini yozish. Bunda boshqaruvchi va har bir ishtirokchi harakatlarini tasvirlab, o'yinchilar uchun mahsus ko'rsatma tayyorlanadi. Ikkinchi bosqich - o'yinni tashkil etish. Bunda avvalo o'rganilayotgan bo'limga oid o'yinning boshlanishi haqida o'quvchilarga xabar qilish; o'yinni tayyorlash va o'tkazish uchun boshqaruvchi tanlash va saylash amalga oshiriladi. Boshqaruvchi qilib odatda guruh boshliqlari ko'rsatilib, ular o'yin qoidasini puxta o'rganadilar, o'yin jarayonidagi holatlarini mustaqil ishlab chiqadilar. O'yinning natijalari turlicha bo'lishi mumkinligini oldindan tasavvur qiladilar. Uchinchi bosqich - o'yinni o'tkazish. O'yinni o'tkazish uslubiy qat'iy belgilanmaydi, o'quvchilarga erkinlik beriladi va ularning ijodkorligi rag'batlantiriladi. To'rtinchi bosqich - o'yin natijalarini tahlil qilish. Bu o'rinda o'qituvchi hal qiluvchi mavqega ega bo'ladi: u o'quvchilarning o'yin jarayonida o'zlashtirgan bilimlarini tartibga solish, o'yin ishtirokchilarning fikrlarini aniqlash singari masalalarni hal qiladi. Guruhlararo o'yinlar o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini o'stiradi, natijada geografik bilimlari ortib boradi. Demak, har qanday o'yinga tayyorgarlik davrida uning maqsadini aniq belgilash kerak. O'yin qatnashchilariga uning qoidasini tanishtirish lozim. Bu bosqichda vazifalar to'la bajarilishi zarur. O'yin qoidalarini og'zaki tushuntirish bilan chegaralanmagan, aniq ko'rsatmalar berish, estalik tuzib o'larga tarqatish ham foydalidir.