HADISLARDA NUTQ ODOBI MASALALARI
MAVZU: HADISLARDA NUTQ ODOBI MASALALARI REJA: 1. Mutafakkir- larimizning nutq odobi haqida bildirgan fikrlari . 2. Hadislarda nutq odobi haqida. 3. O’qituvchi- ning nutqi haqida. 4 . Nutq haqida iboralar va hikmatli so‘zlar
1. Mut afakk i rlarim izni ng nut q odobi haqi da bildi rgan fi k rlari. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. O‘rta Osiyoda axloqiy tarbiya o‘z an’analariga egadir. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa yozma yodgorliklarda bizgacha yetib kelgan. Axloq fan sifatida o‘rta asrlarda yuzaga keldi . Bu fanning o‘z olimlari paydo bo‘ldi, nazariyasi yaratildi. Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Savzovoriy, G‘iyosiddin Mansuriy kabilar axloq fanining mavzui, vazifalari, maqsadining, nazariy va amaliy jihatlarini asoslab berishga hissa qo‘shdilar. Afsuski, ko‘p yillar davomida bu merosni o‘rganish, ommalashtirishga imkon bo‘lmadi, juda ko‘p olimlarimiz hamon xalq uchun nomalum bo‘lib kelmoqda .
Aslida esa deyarli hamma davrlarda bu fan taraqqiy etib bordi, yangi-yangi asarlar paydo bo‘ldi; axloqiy va ta’lim tarbiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borgan juda ko‘p olimlar yetishib chiqdi. Qator mutaxasislarning asarlari asossiz ravishda o‘rganishsiz kelindi. Ibin Arabiy (XIII asr) “Taqzibo‘l axloq” (Xulqiy tarbiya haqida) va “Kitobo‘l axloq” (Axloqning 47 kitobi), Abu Bakr Qalandarning (XIII asr) “Qalandarnoma”, Husayin Voiz Koshifiy (XIII asr) “Axloqi Muxsiniy”, Poshshoxo‘ja Abduvahobxo’janing (XVI asr) “Gulzor” va “Miftox ul-adl” (Adolat kalimi), Abdu Tohir Xo‘janing (XIX asr) “Axloqi Muhammadiy” Abdurahmon Sharafning (XIX asr) “Ilmiy axloq” (Axloq fazilatlari ),
X usay in Voiz K oshifi y