HAVONING NAMLIGI VA YOG‘INLAR
HAVON IN G N AMLIGI VA YOG‘I N LARБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Hav odagi suv bug‘i. Troposferada doimo suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i havoga okean va dengizlardan, quruqlikdagi suvlardan, tuproq va o‘simliklar tarkibidagi suvning bug‘lanishidan ko‘tariladi.
Suv bug‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. Havodan yengil bo‘ladi. Havo o‘zida turli miqdorda suv bug‘larini tutib turishi mumkin. Havoning qancha suv bug‘ini tutib turishi havo haroratiga bog‘liq.
Agar havo harorati 0 °C bo‘lsa, 1 m 3 havo o‘zida 5 g, +10 °C bo‘lsa, 9 g, +20 °C da 17 g va +30 °C bo‘lsa, 30 g suv bug‘ini tutib tura oladi. Demak, havo qanchalik sovuq bo‘lsa, shuncha kam va qanchalik issiq bo‘lsa, shuncha ko‘p suv bug‘ini ushlab tura oladi
1 m 3 havoda mavjud bo‘lgan va gramm hisobida o‘lchanadigan suv bug‘lari miqdori mut laq namlik deyiladi. Agar havo o‘zida mavjud bo‘lgan suv bug‘idan ortiqcha namni sig‘dira olmasa, u namga t o‘y ingan havo deyiladi. 1 m 3