logo

Huquqiy informatikada modellashtirish metodi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2114.427734375 KB
Mavzu:Huquqiy informatikada 
modellashtirish metodi.                 Modellashtirish metodi ю
Modellashtirish-bu bilvosita nazariy yoki amaliy bilish obyektining har xil modellarini yaratish va 
undan ilmiy ijodda foydalanish
imkonini beruvchi ilmiy metoddir. Modellashtirish jarayonida ayrim
yordamchi obyekt - modeldan foydalaniladi.
Matematik model - o'rganilayotgan obyekt asosiy xossalarini
ifodalovchi va u haqidagi ko'plab informatsiyani qulay shaklda
tasvirlovchi sun’iy tizim.
Matematik modellashtirish vazifasi "mavjud olam”ni matematika
tilida bayon etishdan iboratdir. Bu uning eng ahamiyatli xususiyatlari haqida ancha aniq tasawurga 
ega bo'lish uchun imkon
beradi va aytish mumkinki, bo'lajak hodisalami bashoratlash mumkin bo'ladi. Bu holat esa ayni 
“matematik modellashtirish” terminini ifodalaydi.
Model uni o'rganish jarayonida obyektiv hodisa yoki jarayonning xususiyatlari haqida yangi ilmiy 
axborot berish qobiliyatiga
ega. Bilish jarayonida foydalaniladigan model obyektiv voqelik
bilan ma’lum, har safar maxsus qayd etiladigan va aniqlanadigan
munosabatda bo'ladi. Modelni o'rganish jarayonida aniqlangan
sifat va xususiyatlar so'ngra modellashtirilgan hodisaning o'ziga
ko'chirib o'tkaziladi. Bu metodning asosida tabiiy fanlar sohasida
ishlab chiqilgan o'xshashlik nazariyasi yotadi.                    Modelning vazifasi
bilish obyektini elementlarga ajratish, uning ayrim muhim elementlarini ajratib olib, ulami 
formalizatsiya qilish va tizimli-strukturaviy
tahlil tilida ifoda etishdan iborat.
Yurist uchun modellashtirish metodi - bu huquqiy tartibga
solish va davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan spetsifik
muammolami chuqur o'rganishning ilmiy va amaliy vositalaridir.
Bu metoddan huquq normasining amal qilish mexanizmini
o'rganishda foydalanilishi mumkin. Huquq normasining amal qilish
mexanizmi deganda bu normaning talablarini uning bajarilishini
ta’minlaydigan huquq subyektlari, jamoalar va jamiyatdagi ijtimoiy   tabaqalarga bilvosita 
o'tkazuvchi yuridik va ijtimoiy hodisalar, jarayonlar va omillar tushuniladi (4-rasm). Bu mexanizm 
huquqni qo'llash
faoliyati sohasida ham amal qiladi. Uni shuningdek huquq normasi va ijtimoiy munosabatlaming 
mazkur turi o'rtasidagi sababiy
aloqa sifatida ham talqin qilish mumkin.
Bugungi kunda yuridik fani sohasida quyidagi modeller yaratilgan va tahlildan o'tkazilgan:
huquqiy tartibga solish mexanizmining modellari;
huquq normalarining mantiqiy-matematik modellari;
jinoyatchilikning ahvoli, sabablari va dinamikasining kriminologik
modellari;                                  statistik modellar. Umumiy huquq nazariyasiga muvofiq ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga 
solishning obyekti hisoblanadi. Tlzimli yondashuvda   bu qoida konkretlashtirilishi mumkin. Tizimli-
kibernetik nuqtai   nazardan o'zaro aloqador elementlarning yaxlit birligi sifatida tushuniladigan ayrim 
ijtimoiy tizim huquq normasi ta’sirining obyekti, deb aytish mumkin. Buning natijasida «ijtimoiy 
munosabatlar» tushunchasini jiddiy operatsionalizatsiya qilishga muvaffaq bo'linadi.
Ijtimoiy tizim tushunchasiga miqdoriy aniqlik kiritish mumkin.
Masalan, huquqiy tartibga solish va ijtimoiy boshqarish obyekti   sifatidagi ishlab chiqarish jamoasi 
uchun jamoaning kattaligi, ishlab chiqarish tarmog'i, mehnat unumdorligi, hamjihatlik, axborotlar  
sohasidagi aloqalar tizimning parametrlari bo'lishi mumkin. Miqdoriy yondashuv nuqtai nazaridan 
tartibga solinuvchi ijtimoiy tizim   majmui bilan ifoda etiladi:
Q = (q1f q2 ... qn),
bunda ulaming har biri ma’lum miqdoriy yoki (ko'pincha) nomiqdoriy kattalikka ega bo'ladi1.
Umumiy holatda q, o'zgaruvchilar vaqtda o'zgaradi, ya’ni
Q(t) = qi(t), q2(t )... qn(t)
Tartibga solinayotgan ijtimoiy tizim ayrim qismlarga — ijtimoiy
tabaqalarga parchalanadi. O'rganilayotgan huquq normasi amal
qiluvchi ayrim hududiy ijtimoiy tabaqa berilgan bo'lsin. U bir qator
alohida guruhlarga parchalanadi. Bu alohida guruhlar yoshi, yashash joyi, kasbi va boshqa omillarga 
ko'ra turkumlanishi mumkin.                 Muhimi shuki, ularning har birida o'rganilayotgan normaning   amal qilishi har xil namoyon 
bo'lishi mumkin. Agar bunday guruhlarning umumiy soni n ga teng bo'lsa, tartibga solinayotgan  
ijtimoiy tizim tegishli ko'pliklaming birlashmasi ko'rinishida ifoda
etiladi:  P=upi = u1nu2nu3... Bunday ifoda tizimni formalizatsiya qilish uchun yo'l 
ochadi. Jumladan, u tasodifiy miqdorlar yig'indisi tarzida ifoda etilishi mumkin. Huquq 
normasining amal qilish mexanizmining keyingi elementi ko'rib chiqilayotgan tizimga 
xos bo'lgan xulq-atvordir. Huquq xulqatvorga to'g'ridan-to'g'ri va bevosita ta’sir 
ko'rsatmaydi. Dastlab u boshqaruv obyektining o'ziga, ijtimoiy tizimga ta’sir 
ko'rsatadi, so'ngra ijtimoiy tizim izchil ijtimoiy xulq-atvorning ma’lum turini 
produtsiya qiladi. Tizimning harakati — bu uni tashkil etuvchi komponentlarning 
faoliyatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish, siyosat, jamiyatning ma’naviy hayoti, boshqaruv 
sohalaridagi faoliyat shular jumlasidan. Tashqi xulq-atvor odamlarning jismoniy xatti-
harakatlarida o'z ifodasini topadi yoki verbal (og'zaki) bo'ladi. Tartibga solinayotgan 
ijtimoiy tizimning xulq-atvorini tahlil qilish jarayonida alohida individni emas, ko'plab 
ijtimoiy subyektlarni ko'rib chiqish mumkin. Boshqacha aytganda, ijtimoiy tabaqalar 
va ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga huquqning ta’sirini o'rganish mumkin. Bunday 
yondashuv ehtimollik nazariyasi va matematik statistika metodlaridan foydalanish 
uchun juda qulay. Bunda katta yig'indilaming statistik qonuniyatlari va statistik 
xususiyatlari hisobga olinishi zarur                 Tahlilning bu bosqichida individlarning xulq-atvori ayrim statistik taqsimot tarzida 
tavsiflanishi, bunda tegishli xulqatvor shakllari va ulaming takrorlanish darajasi ko'rsatilishi 
lozim. Huquq normasining amal qilish mexanizmining muhim elementi so'nggi to'g'ri 
to'rtburchakda ko'rsatilgan (4-rasm). Ayni holatda huquq normalari bilan himoya qilinadigan 
va qo'riqlanadigan ijtimoiy boyliklar haqida gap borayotir. Bu elementning mustaqil element 
sifatida ajratilishi mantiqan zarur. Shuni alohida qayd etish kerakki, ijtimoiy 
munosabatlaming mazkur doirasiga huquqiy ta’sir ko'rsatishning yakuniy, eng so'nggi obyekti 
shaxs, jamoa va ijtimoiy tabaqaning xulq-atvori emas, balki huquq bilan himoya qilinuvchi 
ijtimoiy boyliklar hisoblanadi. Real ijtimoiy jarayonlarning matematik modellari 
modellarning alohida turi hisoblanadi. Ijtimoiy jarayonning matematik modeli — bu uning 
hozirgi zamon matematikasi usul va vositalari yordamida miqdoriy ifodalash mumkin bo'lgan 
jihatlarining ta’rifidir. O'z shakli nuqtai nazaridan matematik model tenglama, tenglamalar 
va tengsizliklar sistemasi, formula, funksiya, to'plam, vektor va matritsa ko'rinishida bo'lishi 
mumkin. Matematik modellar awalambor ijtimoiy-huquqiy statistikaning ko'rsatkichlari 
o'rtasidagi aloqalarni miqdoriy ta’riflab beradi. Ijtimoiy-huquqiy hodisalar va ijtimoiy 
sabablar, shuningdek ijtimoiydemografik omillar (aholining tabiiy harakati, uning jins va 
yosh tuzilishidagi o'zgarishlar, urbanizatsiya, migratsiya jarayonlari va h.k.) o'rtasidagi 
statistik aloqalarni miqdoriy tavsiflovchi modellar muhim ahamiyat kasb etadi.                                  Bu munosabat bilan bir vaqtning o'zida ko'plab sababiy aloqalarning harakatini hisobga 
oladigan modellarning ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifaga ko'p omilli 
matematik modellar xizmat qilishi mumkin. Real jarayonning shart-sharoitlari va omillari 
tegishli ravishda o'zgargan taqdirda qanday xulosa olish mumkin bo'lsa, omillaming 
uyg'unligini o'zgartirish yo'li bilan ham shunday xulosalar olish mumkin. Modellashtirishning 
induktiv usuli ma’lum metodika bo'yicha   to'plangan empirik ma’lumotlaming statistik 
umumlashtirilishiga tayanadi. Ular tegishli ishlovdan o'tkazilganidan so'ng ayrim funksiya 
yoki egri chiziq bilan approksimatsiya qilinadi. Bu funksiyaga o'rganilayotgan o'zgaruvchilar 
o'rtasidagi bog'liqlikning matematik modeli sifatida qaraladi. Ko'pgina tadqiqotchilar 
murakkab ijtimoiy tizimning to'liq modelini tuzib bo'lmasligini qayd etadilar. 
Makromodellashtirish konsepsiyasi birinchi o'ringa chiqadi. Makromodellar prinsipi bosh 
vazifaning hal qilinishini xususiy vazifani hal qilishga almashtirishni nazarda tutadi: 
tizimning favqulodda murakkab mexanizmidan ayrim aloqa va munosabatlargina ajratib 
olinadi. Ba’zan «matematik model» atamasi ancha keng ma’noda ham tushuniladi. 
Jumladan, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va boshqa fanlardagi ma’lum vazifalami 
hal qilish uchun qo'llanadigan matematik nazariya ana shu atama bilan belgilanadi. 
«Iqtisodiymatematik model» atamasiga qiyosan yangi - «ijtimoiy-matematik model» 
atamasini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Matematik modellashtirishni statistik kuzatish 
va eksperimentga o’xshatish noto'g'ri.                 Masalan, huquq normasining u yoki bu varianti statistik materialda tekshirib ko'rilishi mumkin. 
Ammo bu modellashtirish emas, balki statistik kuzatishdir. Matematik modellashtirish kibemetik 
modellashtirishdan farq qiladi. Kibemetik model axborotlarni boshqarish va uzatish jarayonlari 
haqidagi ma’lumotlardan iborat bo'ladi. Barcha shart-sharoitlarda matematik model va sotsiologik 
ma’lumotlaming uyg'un aloqasi topilishi lozim. Matematik apparat hamda uning yordamida 
o'rganiladigan ijtimoiy hodisalar Izomorfizmining mavjudligi jiddiy holat hisoblanadi. Davlat va 
huquqiy tartibga solish jarayonining matematik modellarini ishlab chiqish katta qiziqish uyg'otadi. 
Biron-bir ijtimoiy-huquqiy hodisaning matematik modeli tuzilganidan so'ng ishning ikkinchi bosqichi 
boshlanadi. Bu bosqich mazkur modeldan kelib chiquvchi barcha oqibatlami aniqlashdan iborat. Har 
xil matematik operatsiyalardan foydalanib modelni yangi ko'rinishga keltirish mumkin. Agar model 
boshlang'ich statistik materialga muvofiq kelmasa, yangi model tuzifadi; u yana qo'shimcha statistik 
ma’lumotlarni jalb qilish yo'li bilan tekshirib ko'riladi va h.k. Bu jarayon aniq mos keluvchi model 
topilmagunicha takrorlanaveradi. Matematik modellashtirish har xil konstruksiyalar, masalan, 
normaning yuridik aspekti asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu holda normaning dispozitsiyasi, 
gipotezasi va sanksiyasi singari yuridik elementlar modellashtiriladi. Biroq boshqacha yondashuv 
qo'llanishi ham mumkin. Matematik modellashtirish uchun ijtimoiy jarayonlar asos qilib olinishi va 
huquq normasining ijtimoiy jihatlari, masalan, uning amal qilishining informatsion mexanizmi 
modellashtirilishi mumkin.                 Nihoyat, bir vaqtning o'zida huquq normasining ham yuridik, ham ijtimoiy aspektlarini hisobga 
oluvchi modeller taklif qilinishi mumkin. Matematik modellashtirish «modellar to'plami» prinsipini 
hisobga oladi. Huquq normasining amal qilish mexanizmi o'ta murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu 
mexanizmning turli pog'onalariga har xil murakkablik darajasi xos bo'ladi. Binobarin, bundan huquq 
mexanizmining barcha ko'rinishlari va barcha pog'onalarini miqdoriy va strukturaviy tavsiflab 
berishga qodir bitta modelni tuzishning iloji yo'q, degan xulosa kelib chiqadi. Faqat huquq 
normasining amal qilish mexanizmining ayrim aspektlari va muhim jihatlarini aks ettiruvchi 
modellargina tuzilishi mumkin. Huquq normasining amal qilish mexanizmini matematik 
modellashtirishning dastlabki sharti uning elementlarini tizimli tahlil qilish hisoblanadi. Tizimli 
yondashuv obyektni tarkibiy elementlarga ajratish, ko'rsatilgan mexanizmning ichki tuzilishini 
o'rganish bilan bevosita bog'liq. Jumladan, yo'l-transport hodisalarining soni boshqa teng 
sharoitlarda harakatning intensivligiga ham bog'liq bo'ladi. Harakat qancha katta bo'lsa, 
haydovchilaming noto'g'ri va nomuvofiq harakatlari ham shuncha ko'p bo'ladi. Van Jils (Gollandiya) 
maxsus velosiped yo'lagi bo'lmagan ikki harakat yo'nalishili yo'llardagi harakatning intensivligi bilan 
yo'l-transport hodisalarining soni o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqlikni e’lon qildi:
S = 2,86 + 0,40P, bu yerda S - 1 mln. avtomobil-kilometr harakatga to'g'ri keladigan hodisalar soni; P 
- harakatning intensivligi (sutkasiga ming avtomobil). Moskovits (AQSH) darajali bog'liqlikni taklif 
etadi; S = 0,000124P00-128, bu yerda P0 - bir sutkadagi harakatning o'rtacha intensivligi.                                  R. Smith (Angliya) o'lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalarining yillik soni 
(D), ro'yxatga olingan avtomobillar soni (V) va aholining soni (P) o'rtasida 
quyidagi bog'liqlikni aniqladi: D = 0,0003 (VP2)1/3. Mazkur model bo'yicha 
hisob-kitoblami 36 mamlakatning statistik ma’lumotlariga taqqoslash 
ko'rsatilgan bog'liqlikni tasdiqladi. Ayrim chekinishlar alohida mamlakatlaming 
xususiyatlari bilan izohlanadi. M a n tiq iy m o d e lla r Informatika hozirgi 
zamon formal mantig'i va mantiqiy xulosalarni tahlil qilish chambarchas 
bog'liq. Mantiqiy modellardan fikrmulohazalarni modellashtirish, avtomatika 
sxemalarini mantiqiy tavsiflash va translyatorlarni yaratishda foydalaniladi. 
Shundan so'ng bu modellardagi axborotlarga ishlov berish algoritmlari, 
yaratilgan modeldagi axborotlarni belgilarda ifodalashning muayyan turlari 
ishlab chiqiladi. Mantiqiy modellashtirishga imitatsion modellashtirish yaqin 
turadi - real obyektlarda, bu obyektlarning hisoblash mashinalarida 
qo'llanadigan modellarida sodir bo'luvchi jarayonlarni aks ettirishning maxsus 
usullari yaratiladi va ulardan foydalaniladi. Nazariya shuningdek grafik va 
verbal modellarni ham farqlaydi.                   2.Formalizatsiya metodi
Formalizatsiya - bu huquqiy hodisaning mazmunini uning shaklini tahlil qilish orqali aniqlash va 
aniqlashtirishdir. Formalizatsiya
tushunchasi shakl tushunchasi bilan chambarchas bog'liq bo'lib,
ana shu tushunchadan kelib chiqqan. Formalizatsiya metodi huquqiy hodisalarning shaklini 
ajratishga asoslanadi. Ma’lum formalizatsiya darajasi huquq tizimining o'ziga, huquq normalariga va
huquqiy munosabatlarga ham xosdir.
Huquq formal tizim hisoblanadi. Bu terminologiyaning umumiyligi, tushunchalaming aniqligi, qonun 
hujjatlarida normativ ta’riflardan
keng foydalanilishiga doir talablarda o'z ifodasini topadi.
Bu formalizatsiyaning birinchi pog'onasi bo'lib, u vujudga keluvchi barcha vazifalami hal qilish 
uchun asos yaratmaydi. Umumiy huquq nazariyasida «huquq normalarini formalizatsiya
qilish» deb atalgan yo'nalish mavjud. Huquq normasini formalizatsiya qilish - bu uning mantiqiy 
tuzilishini aniqlash demakdir.
Buning uchun eng awalo matematik va deontik tildan foydalanish
talab etiladi.
Huquqiy informatikada empirik ma’lumotlarni formalizatsiya qilish vositalari vazifasini:
matematik metodlar, ramzlar va standartlashtirilgan belgilar;
mantiq, shu jumladan matematik mantiq usullari;
maxsus kodlar (axborotlarni kodlashtirish);
ijtimoiy mezonlash, statistik metodlar bajaradi.                  Formalizatsiyadan huquqiy axborotlami EHM xotirasiga kiritishda foydalaniladi. 
Axborot dastlab formal ko'rinishda taqdim etilishi
va kodlashtirilishi lozim. Sun’iy intellekt g'oyalarini qo'llash maqsadida yuridik 
bilimlar bazalarini tashkil etishda freymlar tili deb
ataladigan maxsus tildan foydalaniladi.
Informatikada formal tizim tushunchasi ishlab chiqilgan va
qo'llaniladi. Formal tizim - bu boshlang'ich obyektlarni va yangi
obyektlar qurish qoidalarini tavsiflash yo'li bilan obyektlar to'plamini
yuklovchi belgilar modelidir. Obyektlar deganda vaziyatlar, holatlar, har xil tizim va 
tuzilmalarning belgilardagi ya grafik ifodalari
tushuniladi.
Formal grammatikalar nazariyasi informatika uchun prinsipial
ahamiyatga ega. Formal grammatikalar dasturlashtirish tillarini
tavsiflash va translyatorlar, ya’ni vositachi tillami tuzishning asosiy
vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Mavzu:Huquqiy informatikada modellashtirish metodi.

Modellashtirish metodi ю Modellashtirish-bu bilvosita nazariy yoki amaliy bilish obyektining har xil modellarini yaratish va undan ilmiy ijodda foydalanish imkonini beruvchi ilmiy metoddir. Modellashtirish jarayonida ayrim yordamchi obyekt - modeldan foydalaniladi. Matematik model - o'rganilayotgan obyekt asosiy xossalarini ifodalovchi va u haqidagi ko'plab informatsiyani qulay shaklda tasvirlovchi sun’iy tizim. Matematik modellashtirish vazifasi "mavjud olam”ni matematika tilida bayon etishdan iboratdir. Bu uning eng ahamiyatli xususiyatlari haqida ancha aniq tasawurga ega bo'lish uchun imkon beradi va aytish mumkinki, bo'lajak hodisalami bashoratlash mumkin bo'ladi. Bu holat esa ayni “matematik modellashtirish” terminini ifodalaydi. Model uni o'rganish jarayonida obyektiv hodisa yoki jarayonning xususiyatlari haqida yangi ilmiy axborot berish qobiliyatiga ega. Bilish jarayonida foydalaniladigan model obyektiv voqelik bilan ma’lum, har safar maxsus qayd etiladigan va aniqlanadigan munosabatda bo'ladi. Modelni o'rganish jarayonida aniqlangan sifat va xususiyatlar so'ngra modellashtirilgan hodisaning o'ziga ko'chirib o'tkaziladi. Bu metodning asosida tabiiy fanlar sohasida ishlab chiqilgan o'xshashlik nazariyasi yotadi.

Modelning vazifasi bilish obyektini elementlarga ajratish, uning ayrim muhim elementlarini ajratib olib, ulami formalizatsiya qilish va tizimli-strukturaviy tahlil tilida ifoda etishdan iborat. Yurist uchun modellashtirish metodi - bu huquqiy tartibga solish va davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan spetsifik muammolami chuqur o'rganishning ilmiy va amaliy vositalaridir. Bu metoddan huquq normasining amal qilish mexanizmini o'rganishda foydalanilishi mumkin. Huquq normasining amal qilish mexanizmi deganda bu normaning talablarini uning bajarilishini ta’minlaydigan huquq subyektlari, jamoalar va jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarga bilvosita o'tkazuvchi yuridik va ijtimoiy hodisalar, jarayonlar va omillar tushuniladi (4-rasm). Bu mexanizm huquqni qo'llash faoliyati sohasida ham amal qiladi. Uni shuningdek huquq normasi va ijtimoiy munosabatlaming mazkur turi o'rtasidagi sababiy aloqa sifatida ham talqin qilish mumkin. Bugungi kunda yuridik fani sohasida quyidagi modeller yaratilgan va tahlildan o'tkazilgan: huquqiy tartibga solish mexanizmining modellari; huquq normalarining mantiqiy-matematik modellari; jinoyatchilikning ahvoli, sabablari va dinamikasining kriminologik modellari;

statistik modellar. Umumiy huquq nazariyasiga muvofiq ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Tlzimli yondashuvda bu qoida konkretlashtirilishi mumkin. Tizimli- kibernetik nuqtai nazardan o'zaro aloqador elementlarning yaxlit birligi sifatida tushuniladigan ayrim ijtimoiy tizim huquq normasi ta’sirining obyekti, deb aytish mumkin. Buning natijasida «ijtimoiy munosabatlar» tushunchasini jiddiy operatsionalizatsiya qilishga muvaffaq bo'linadi. Ijtimoiy tizim tushunchasiga miqdoriy aniqlik kiritish mumkin. Masalan, huquqiy tartibga solish va ijtimoiy boshqarish obyekti sifatidagi ishlab chiqarish jamoasi uchun jamoaning kattaligi, ishlab chiqarish tarmog'i, mehnat unumdorligi, hamjihatlik, axborotlar sohasidagi aloqalar tizimning parametrlari bo'lishi mumkin. Miqdoriy yondashuv nuqtai nazaridan tartibga solinuvchi ijtimoiy tizim majmui bilan ifoda etiladi: Q = (q1f q2 ... qn), bunda ulaming har biri ma’lum miqdoriy yoki (ko'pincha) nomiqdoriy kattalikka ega bo'ladi1. Umumiy holatda q, o'zgaruvchilar vaqtda o'zgaradi, ya’ni Q(t) = qi(t), q2(t )... qn(t) Tartibga solinayotgan ijtimoiy tizim ayrim qismlarga — ijtimoiy tabaqalarga parchalanadi. O'rganilayotgan huquq normasi amal qiluvchi ayrim hududiy ijtimoiy tabaqa berilgan bo'lsin. U bir qator alohida guruhlarga parchalanadi. Bu alohida guruhlar yoshi, yashash joyi, kasbi va boshqa omillarga ko'ra turkumlanishi mumkin.