logo

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3758.5 KB
MAVZU :TADQIQOT 
METODI VA 
METODOLOGIYASI REJA:  Usul (metod) tushunchasi
      Bilish inson faoliyatini bir ko’rinishi 
bo’lib, shu faoliyat natijasida narsa va 
hodisalar to’g’risida tasavvurlar, 
obrazlar, tushunchalar xosil bo’ladi, 
ularning tizimlashgan majmuasi 
bilimda ifodalanadi. Ta savvur va 
tushunchalarni bir – bir bilan 
bog’laydigan, yakka tushunchalardan 
umumiy tushunchalarni hosil qiladigan 
ruhiy jarayon tafakkurdir.      Inson voqyelikni o’zlashtirar va 
o’rganar ekan, uning faoliyatiga 
yordam beradigan vositalar, hatti-
harakat tamoyillari, qoidalari 
shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli 
vujudga keladi. Dastlab, amaliyot 
usullari, keyinchalik ta’lim, fan 
sohalarida aqliy faoliyat usullari 
ishlab chiqildi. Shunisi e’tiborliki, yunon tilida 
usul ( methodos  – tadqiqot yo’li, 
nazariya, ta’limot) nazariy faoliyat 
qoidasi (tamoyili) ma’nosini 
bildirsa, arab tilidan olingan 
«usul» so’zi ko’proq amaliy 
faoliyat yo’lini, ya’ni, bir narsani 
yuzaga chiqarish, amalga 
oshirish yo’li, harakat tarzi,  tartibi 
ma’nolarini ifodalaydi.  Shunday qilib, faoliyat  
bor , faoliyatda qo’llaniladigan usul 
bor. Mehnat tajribasining 
umumlashmasi muntazam 
takrorlanadigan faollik tartibi, 
qoidasi sifatida asrlar davomida 
shakllangan. Shu bilan birga aqliy 
mehnat sohasida ham ixtisoslashgan 
faoliyat usullari vujudga kelib, ular 
bilish va tadqiq qilish usullarini 
paydo bo’lishi uchun zamin bo’lib 
xizmat qilishgan. Usul   –  bu  amaliy  yoki  nazariy 
natijaga erishish maqsadida tatbiq 
qilinadigan  tushuncha,  qoida  va 
tamoyillar  tizimidir.  Bunday 
tizimdan  foydalanish 
faoliyatimizga  oqilonalik, 
tartibot,  yo’nalish  va  energetik 
yutuq beradi. Haqiqatan  ham  faoliyatning  qaysi 
sohasida  bo’lmasin,  usuldan 
foydalanish bir qator ijobiy natijalarni 
beradi:
- inson faoliyatini tartiblashtiradi;
-  natijaga  erishish  yo’lini 
qisqartiradi;
-  faollik  yoki  izlanish  energiyasini 
tejash imkoniyatini beradi;
-  samaradorlik  koefisiyentini  bir 
necha barobar ko’paytiradi. Ilmiy tadqiqot va usul
Ta dqiqot usulini turi, xislati 
o’rganilayotgan obyektning 
tuzilishi, aniqrog’i, murakkabligi 
bilan bog’langan. Izlanish obyekti 
qanchalik murakkab bo’lsa, 
shunchalik takomillashgan bilish 
shakllari va usullarni tatbiq 
qilishga to’g’ri keladi.  Usulda obyektiv (obyektni 
mazmunidan kelib chiqish, xossalari 
va parametrlari mavjudligini 
hisobga olish) va subyektiv (izlanish 
maqsadi, vositalari va qoidalari 
mujassamlangan yondashuv, tizim) 
tomonlar birligi mavjud ekan, u 
ishlab chiqiladi. Shu bois, olimlar 
har doim tadqiqot usuli masalalari 
bilan shug’ullanishgan.         Rene Dekart
       (1596 – 1650)
Fransuz Fransuz 
filosof,matematikva filosof,matematikva 
fiziologi.fiziologi. Ayni paytda barcha tadqiqot 
sohalarigaga tatbiq qilinishi 
mumkin bo’lgan universal izlanish 
usulini ishlab chiqishga qaratilgan 
urinishlar paydo bo’ldi. Fransuz 
olimi va faylasufi R.Dekart (1596-
1650) shunday usul sifatida har 
qanday narsani shubha ostiga 
olish usulini tavsiya qildi. Bu 
usulning asosiy qoidalari: Ishonchli bo’lmagan bilimni haqiqat 
sifatida qabul qilmaslik, mulohaza 
tarkibiga aniq, shubha 
tug’dirmaydigan hukmlarni kiritish 
kerak.
Ta dqiqot qilinayotgan har bir 
muammoni aniq anglash imkoniyatini 
beradigan darajada qismlarga bo’lish 
kerak. Predmetni izchil, bir tartibda o’rganish, 
birlamchi, sodda unsurlarini aniqlashdan 
 murakkab xossani tadqiq qilishga  
bosqichma-bosqich o’tish lozim.
Natijaga bo’lgan ishonchni 
mustahkamlash uchun tadqiqotda 
uchraydigan ziddiyat va 
nomuvofiqliklarni to’la ro’yxatini tuzish, 
paydo bo’lganlarini aniqlab, bartaraf 
etish kerak.  Ta dqiqot usullarini tanlashda bir 
qator metodologik talablarni 
inobatga olish lozim:
- izlanish predmeti, maqsadi va 
vazifalarini belgilash;
- o’rganilayotgan obyektning sifat 
va miqdoriy xususiyatlarini  
aniqlab tadqiqot strategiyasini 
tuzish; - izlanishda tatbiq qilinadigan 
har bir usulni o’rni va 
funksiyalarini belgilash;
- tadqiqot usullaridan 
foydalanish tartibini ishlab 
chiqish kabi qoidalar 
bajariladi.   Metodologiya tushunchasi
M etodologiya  – insonning ilmiy va 
amaliy faoliyatini tashkil qilish, 
tadqiqot faoliyati samaradorligini 
ta’minlaydigan usullar, ularning 
bilishdagi roli va  ahamiyati, izlanishda 
vujudga keladigan nazariy va uslubiy 
muammolarning xususiyati haqidagi 
ta’limotdir. Shunday qilib, tadqiqot 
metodologiyasi ilmiy bilish 
jarayonida bevosita tatbiq 
qilinadigan umumilliy va sohaviy 
usullar, yondashuvlar, ilmiy 
faoliyatni tashkil qilish shakllari va 
modellari, tadqiqot tuzilishi va 
samaradorligi masalalari bilan 
shug’ullanadi. 
  Tadqiqot metodologiyasiga 
oid nazariy va amaliy bilish 
usullari, modellari va dasturiy 
loyihalarni o’rganish 
mutaxassislarni yangi ilmiy 
tamoyillar, ko’rsatmalar va 
izlanish vositalari bilan 
qurollantiradi  Tadqiqot usullari tasnifi
Hozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, 
gorizontal va vertikal aloqalarga ega bo’lgan, 
cheksiz kataklardan iborat global golografik 
tuzilmani eslatadi. Ta dqiqot obyekti, 
predmeti, qo’yilgan maqsad va ishlab 
chiqarishga tatbiq qilish xususiyatiga qarab 
bunday tuzilma bilish sohalari, tarmoqlari va 
yo’nalishlarga bo’linib ketadi. Ularni 
tasniflashda birinchi navbatda fundamental 
va amaliy-texnologik fanlarni farqlaydilar. Fundamental fanlarda (metematika, 
fizika, umumiy sosiologiya va 
boshqalar) nazariy bilish usullardan, 
amaliy-texnologik fanlarda 
(texnikashunoslik, qishloq xo’jaligi 
fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) 
tajribaviy – eksperimental usullardan 
foydalanish ustuvor ahamiyatga ega.  
Tatbiq qilish sohalariga qarab izlanish 
usullari 3 ta katta guruhga bo’linadi. 
Birinchisiga  eng umumiy tadqiqot usullari-
falsafiy izlanish usullari kiradi. Bular plyuralistik 
yondashuv, tanqidiy rasionalizm, dialektik, 
germenevtik, fenomenologik va boshqa falsafiy 
tadqiqot usullari bo’lib, ular nazariy tafakkurni 
yuqori qatlamlarida amal qiladi. Bu qatlamda 
ilmiy tadqiqot usullarini mohiyati, funksiyalari, 
o’zlariga xos xususiyatlari tahlil qilinadi, yangi 
g’oyalar va tamoyillarning nazariy va uslubiy 
mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama 
qilinadi.  Ikkinchisiga  umumilliy 
tadqiqot usullari kiradi. Bu  
tadqiqot usullaridan fanning 
turli sohalari va tarmoqlarida 
foydalanadilar, shu bois ular 
fanlararo, tarmoqlararo tatbiq 
qilish xislatiga ega. Umumilmiy tadqiqot usullarini 
tasniflash ilmiy bilish darajalari 
tushunchasi bilan bog’langan. 
Xususan, empirik bilish darajasida 
kuzatish, taqqoslash, eksperiment 
usullari qo’llaniladi. Nazariy tadqiqot 
sohasida tuzimli yondashuv, 
aksiomalashtirish, mavhumlashtirish, 
formallashtirish usullaridan 
foydalanadilar. Uchinchi  guruhni    maxsus  ilmiy 
tadqiqot  usullari    tashkil  qiladi.  Barcha 
ilmiy  yo’nalishlarda  konkret  tizimlar, 
xossalar  va  qonuniyatlarni  o’rganish 
maqsaida  juziy  (maxsus)  ilmiy  usullar 
ishlab  chiqiladi.  Aytaylik,  fizikada 
spektral  tahlil  usuli,  biologiyada 
xromatografik  tahlil  va  modellashtirish 
usuli,  matematikada  tenzor  hisoblash 
usuli,  madaniyatshunoslikda 
komparativistik  tadqiqot  usuli  va 
boshqalar shular jumlasidandir. Xulosa qilib aytganda, fanda 
ilmiy yutuq va samaradorlikka 
erishishni muhim shartini 
tadqiqot usulini ishlab chiqish va 
tatbiq qilish, fan va texnologiya 
taraqqiyotiga javoban usul va 
uslubiy yondashuvlarni 
yangilash tashkil qiladi. Tadqiqot usuli fanda o’ziga xos  richag  
(pishang) rolini o’ynaydi, obyektni 
yangi xislatlari va qonuniyatlarini 
ochish, olingan ma’lumotlarni 
tavsiflash, tahlil qilish, gipoteza, g’oya 
va nazariyalar ishlab chiqish 
imkoniyatini beradi. Shu bois tadqiqot 
usuli masalalarini qo’yish, ularni 
ishlab chiqish, samaradorligini 
ko’tarish fanda ustuvor vazifalardan 
biri hisoblanadi.  E’tiborlaringiz
  uchun 
rahmat!!!

MAVZU :TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

REJA:

Usul (metod) tushunchasi Bilish inson faoliyatini bir ko’rinishi bo’lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to’g’risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar xosil bo’ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Ta savvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog’laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir.

Inson voqyelikni o’zlashtirar va o’rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti- harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi.