Ilk savdo yo’llarining vujudga kelishi va sivilizatsiyaga ta’siri
ILK SAVDO YO’LLARINING VUJUDGA KELISHI VA SIVILIZATSIYAGA TA’SIRI
• Savdo-sotiq ishlari barcha davrlarda kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. • Savdo-sotiq davlat iqtisodiy taraqqiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu tufayli ham turli mamlakatlar o‘zaro foydali savdodan juda manfaatdor bo‘lganlar. Bu esa qadimda ham muhim savdo yo‘llari ochilishiga olib keldi. O‘z hududidan savdo karvonlari o‘tadigan mamlakatlar yo‘l atroflariga savdogarlar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratib berganlar. O‘zlarining va mollarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rganlar. • Qadimgi karvon savdo yo‘llaridan biri «La’l yo‘li» deb atalgan. Bu yo‘l miloddan avvalgi 3–2-ming yilliklarda ochilgan.
• Yo‘lning « La’l y o‘li» deb at alishiga bu y o‘ldan qimmat baho la’l t oshining t ashilishi sabab bo‘lgan. U lojuv ard deb ham at aladi. • «La’l yo‘li» Pomir tog‘idan boshlanib, Eron, Mesopotamiya va Misr orqali o‘tgan. La’l toshlaridan yasalgan buyumlar hatto Misr fir’avnlari maqbaralari (ehromlari)dan ham topilgan. • Qadimgi mashhur savdo yo‘llaridan yana biri «Shoh yo‘li» deb ataladi. Unga Eron shohi Doro I asos soldi. Uni Eron shohlari nazorat qilishgan. «Shoh yo‘li» ikki yo‘nalishli bo‘lib, birinchisi O‘rtayer dengizi bo‘yidagi turli shaharlarni Eron bilan bog‘lagan bo‘lsa, ikkinchisi Eron va Baqtriya orqali o‘tib Oltoy va Hindistongacha borgan.