IQTISODIY ISLOHATLAR,XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI.O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI
Mavzu:IQTISODIY ISLOHATLAR,XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI.O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI
• Reja: • 1.Iqtisodiy islohatlar.Bozor munosabatlarining shakllanishi. • 2.Mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashuvi va rivojlanishi • 3.’’Harakatlar strategiyasi’’ yangi taraqqiyot bosqichlari
1-masala. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi . Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik. O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga bo'ysundirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati va xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi . • Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o'rinlardan biri meros bo'lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o'laroq, O'zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo'l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzurndan o'tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho'rlanishi, suv zaxiralarining ifloslanganligi, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.