O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi, bozor munosabatlarining rivojlanishi
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkning shakllanishi, bozor munosabatlarining rivojlanishi • Reja • O'zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, bosqichi va xususiyatlari • P ul islohotini o'tkazish, bozor infratuzilmasini yarati lishi • Qishloq xo’jaligidagi islohotlar, vazifalar va yo’nalishlari • M amlakat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bank-moliya tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari
• Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o’zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: - iqtisod siyosatdan ustun turib , mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak ; -davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; • -bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart ; • - bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish; -ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra mulkchilik shakllarini o'zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi . • Masalan, dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonala- rini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilaylik. 1992-1993-yillarda 28 ming 846 yuridik shaxs 53 ming 902 ta xususiy obyekt egasi bo'ldi. Bu jarayon vaqt o'tgani sayin ko'paya bordi. 1994-yilda 9744, 1995- yilda 8584 ta, 1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi. Yu qorida aytilganidek birinchi bosqichda (1992-1993) bir million kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.
• 1994- yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi • Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida kichik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997- yilning 1- yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi. • 1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat resurslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan. Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qishloqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po- tensialijoylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini ko'rsatadi.
• O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan. Oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalarida kuponlarning naqd pulda to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobga yarasha qismi qaychida qirqib olingan. Bunday kuponlar 10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan.