logo

IX-XII asrlarda O’rta Osiyo sivilizatsiyasi.

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3615.3232421875 KB
Mavzu:IX-XII asrlarda O’rta Osiyo sivilizatsiyasi.
Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropa 
mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini 
ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr 
italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, 
“uyg‘onish davri” atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik 
madaniyatga o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” 
ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila 
boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O‘rta Osiyo 
xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham 
“uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb 
hisoblaydilar. IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy 
hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish 
yillari bo’ldi.  IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan 
keskin yuksalish yillari bo’ldi.
Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz-
Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va 
fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, 
Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. 
Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy 
tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi 
vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni 
donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari 
etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida 
turibdi.
Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z 
boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi 
tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni 
beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy 
qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng 
yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) 
tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn 
Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida 
Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi. Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy (783-850 )Вставка рисунка  Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-
jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari 
matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi 
asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari 
tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning 
katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin 
tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari 
geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning 
nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix 
risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga 
katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val 
muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning 
astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani 
rivojida katta rol o’ynadi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Вставка рисунка  Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud 
topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, 
tibbiyot, riyoziyot, jug’rofiya, geodeziya, meteorologiya, 
etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar 
yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. 
Shuningdek, uning xikoyalar, she’rlar bitganligi xam ma’lum. 
Beruniy o’rta asrda birinchi bo’lib globus yaratdi. Abu Nasr al-Forobiy (873-950) Вставка рисунка  Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O’trorda tug’ilgan, 
boshlangich ma’lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda 
olgan so’ng Bag’dodda uzoq yashab, zamonasining 
olimlari bilan ilmiy muloqotda bo’lgan. Ilmning turli 
sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa 
nazariyasiga bag’ishlangan «Musiqa xaqida katta 
kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga 
bag’ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan 
biridir. U serqirra, qomusiy olimdir. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. (tax 798-865) Вставка рисунка  Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg’oniy. Al-Farg’oniyning 
tarjimai holiga doir ma’lumotlar tarixda kam saqlanib 
qolgan. Taxminan 798-yilda Farg’onada tug’ilgan,  8 65- yilda  Misrda  
vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya 
fanlarining bilimdoni Bag’dod va Damashqdagi rasadxona 
qurilishlarida faol qatnashdi va u erda Ptolemeyning «Yulduzlar 
jadvalidagi» ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-
Farg’oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida 
astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o’zining yangi natijalari 
bilan boyitdi.   Imom Ismoil al-Buxoriy (810-869) Вставка рисунка    Buyuk hadisshunos olim Imom 
Buxoriy hayoti davomida 600 ming 
hadis to’plab, ulardan 7275 hadisni 
o’zining 4 jildlik «Ishonarli 
to’plam»iga kiritdi. Islom 
dunyosining yirik olimi, 
hadisshunoslikda eng yuqori 
pog’onaga chiqqan Imom Ismoil 
al-Buxoriyning 1205 yilligi 1998 yil 
xalqaro miqyosda tantanali 
nishonlandi va u vafot etgan 
Samarqand atrofidagi Chelak 
shahrida nihoyatda xashamatli 
ziyoratgoh qurildi. Bu erga 
jahonning turli joylaridan minglab 
odamlar ziyoratga kelmoqdalar. Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894)  Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-
894yy) Islom dunyosida mashhur bo’lgan 
hadischi olim Imom at-Termiziy Termiz 
yaqinidagi Bug qishlog’ida tug’ilgan. 26 
yoshidan boshlab Samarqand, Buxoro, 
Xijoz, Iroq, Nishopur shaharlarida 
mashhur muxaddis olimlar bilan uchrasha 
boshladi. Uning buyuk hadischi olim 
bo’lib, etishishida Imom Ismoil al-Buxoriy 
ustozligi katta o’rin tutadi. Umrini 
hadislar to’plashga bag’ishlagan At-
Termiziydan katta ilmiy meros, jumladan: 
«Kitobi al-Jom’e as-saxix», «Kitob ul ilm», 
«Kitobi at-Tamoyili an-Nabaviy», «Kitobi 
az-zuxl», «Kitobul ismi val xuna» kabi 
asarlar qolgan.

Mavzu:IX-XII asrlarda O’rta Osiyo sivilizatsiyasi. Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham “uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar.

IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi.

IX-XII asrlar O’rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari bo’ldi. Ma’mun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar. Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag’dodda ilmiy Markaz- Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan O’rta Osiyodan ham olim va fozillar to’plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag’dod akademiyasini jahonga mashhur bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o’rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag’doddagi ilmiy akademiyadan o’rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma’mun akademiyasi vujudga keldi va uning a’zolari bo’lmish o’z davrining olimu-donishmandlari o’z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o’lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo’’tabar shaxslari, hadisshunoslari etishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog’onalarida turibdi. Xorazmda Ma’mun akademiyasi. Ma’lumki, uzoq o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o’z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o’zining ma’lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi.

Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy (783-850 )Вставка рисунка

Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al- jabr val mukobala» (To’ldirish va qarama-qarshi qo’yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo’ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so’ngra esa Evropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug’i-o’nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o’girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo’lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to’g’risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Evropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G’arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o’ynadi.