O’rta Osiyo sivilizatsiyasi
O’rta Osiyo sivilizatsiyasi. Fan Jahon sivilizatsiyasi tarixi
O’rta Osiyo sarhadlari nafaqat sharq dunyosida, balki yer shari miqyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan tarixiy madaniy yodgorliklar isbotlab turibdi.
• 1.O’rta Osiyo sarhadlari nafaqat sharq dunyosida, balki yer shari miqyosida qadimgi madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan tarixiy madaniy yodgorliklar isbotlab turibdi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlarni taxlil qilish va solishtirish shuni ko’rsatadiki, Turon- Movarounnaxr sivilizatsiyasi Sharqdagi dastlabki siviliza t siyalar-Mesopatamiya va Hindistonning Xarappa madaniyati bilan uzviy aloqalarda shakllangan va rivojlangan. Bu ikkala sivilizatsiyalar oralig’ida joylashgan O’rta Osiyo- Qadimgi Sharq xalqlarining yagona iqtisodiy va madaniy birlashuvida hamda ular o’rtasidagi turli aloqalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
• O’rta Osiyoning janubiy sarhadlarida ilk dehqonchilik xo’jaligi sohiblari Joytun neolit jamoalari bo’lishdilar. Shu jamoalar madaniyati negizida ilk sivilizatsiya ildizlariga shart sharoit yuzaga keldi. Bronza davri butun O’rta Osiyo xududlarida ijtimoiy - iqtisodiy va tarixiy madaniy o’zgarishlar sodir bo’lgan davr. Aynan mana shu davrda O’rta Osiyoning shimoldagi aholisining bir qismi janub tomonga ko’chadi. Shimolda qolgan guruxlar esa tog’ oldi xududlaridagi soy va buloq bo’ylarini, daryolar havzalarini o’zlashtirib, sug’orilishi qulay bo’lgan xududlarda dehqonchilikga o’ta boshlaydilar . Sug’orma dehqonchilikka asoslangan madaniy vohalarda aholi zichligi oshadi. Amirobod, Tozab o g’yob, Suvyorgon, Zomonbobo, Burg’uluq, Chust, Sopolli, Nomozgoh, Murg’ob kabi dehqonchilikka asoslangan jamoalar madaniyati shakllanadiki, shu madaniyatlar negizida shaharsozlik madaniyati va ilk davlatchilik ko’rinishlari paydo bo’lishiga shart - sharoit yuzaga keladi.
• Joytun madaniyati 0 ‘rta Osiyoning janubiy-g'arbiy hududida • ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning • izlari faqat Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy hududlaridan topilgan. • Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming • yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kufitin, V.M.Masson, D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami, • To‘g‘oloqtepa, ChagMllitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, Joytun, • Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlaming manzilgohlari kiradi.