Jahon chorvachiligi va baliqchiligi geografiyasi
Jahon chorvachiligi va baliqchiligi geografiyasi
• Chorvachilik jahon qishloq xo‘jaligining chorva mollarini ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i sanaladi. Chorvachilik qoramolchilik, qo‘ychilik, echki chilik, cho‘chqachilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, darranda chilik, asalarichilik, pillachilik kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik va parrandachilik chorvachilikning eng katta ahamiyatiga ega tarmoqlari hisoblanadi.
• Aholi iste’molidagi jami go‘shtning, taxminan, 30 % ini, sutning asosiy qismini qoramolchilik yetkazib beradi. Mo‘tadil mintaqaning o‘rmon va dasht zonalarida intensiv, qurg‘oqchil hududlarda esa ko‘chmanchi ekstensiv qoramolchilik rivojlangan. Jahonda qoramollarning umumiy soni 1,3 mlrd. boshdan ortiq bo‘lib, ularning soniga ko‘ra Hindiston (298 mln. bosh), Braziliya (220 mln. bosh), Xitoy (108 mln. bosh), AQSH (92 mln. bosh) va Pokiston (79,4 mln. bosh) mamlakatlari ajralib turadi (2016-y.)