Jahon transporti geografiyasi
Jahon transporti geografiyasi
• Ma’lumki, transport iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, ishlabchiqarish va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab turadi. Shu bilan birga u davlatlararo mahsulot va xizmatlar almashinuvini ta’minlab, xalqaro iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Transport tizimini haqli ravishda jahon iqtisodiyotining «qontomiri» deb ham nomlashadi. FTI transportning yanada rivojlanishiga, uning yangi turlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Transport tarmoqlari rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, maydoni, hududining o‘zlashtirilganligi kabi omillar bilan bog‘liq.
• Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o‘ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Ular quruqlik (temiryo‘l, avtomobil va quvur), suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo‘linadi.Avtomobil transporti keng tarqalgan transport turi hisoblanib, u XX asrda keng rivojlandi. Mazkur transport turida «eshikdan-eshikkacha» olib borib qo‘yish imkoniyatining mavjudligi uning eng ommabop transport turiga aylanishiga sababchi bo‘ldi. Avtomobil yo‘llarning jahon bo‘yicha umumiy uzunligi 28 mln. km dan ortiq bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichga ko‘ra AQSH, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya kabi davlatlar yetak chilik qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon davlatlaridagi avtomobillarning umumiy soni 1 mlrd.dan ortiq bo‘lib, ularning katta qismi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.