logo

Jahon dehqonchiligi geografiyasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17615.131835938 KB
Jahon dehqonchiligi geografiyasi •
Qishloq xo‘jaligi insoniyat tarixida o‘ta muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan ishlab  chiqarish  tarmog‘i  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  
ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotda  qishloq  xo‘jaligining  ahamiyati  
ancha  pasaygan  bo‘lishiga qaramay,  jahonning  ko‘p  sonli  
rivojlanayotgan  davlatlari  uchun  u  asosiy xalqaro ixtisoslashuv 
sohasi bo‘lib qolmoqda. Jahon bo‘yicha hozirgi paytda,  taxminan,  
1,4  mlrd.  kishi  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  band.  •
Qishloq  xo‘jaligining  asosiy  xususiyatlaridan  biri,  uning  
tabiiy  iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq ekanligidir. 
Aynan tabiiy iqlimiy sharoiti ko‘p jihatdan jahon davlatlari 
qishloq xo‘jalik tarmoqlariga ixtisoslashuvini belgilaydi.  Shu  
sababli,  qishloq  xo‘jalik  tarkibi  va  tarmoqlarining  hududiy 
joylashish  holati  turlicha  bo‘ladi.  Ushbu  tarmoq  
rivojlanishiga  tabiiy  iqlim sharoitidan  tashqari,  iqtisodiy-
ijtimoiy  sharoit  (qishloq  xo‘jaligiga  kapital qo‘yilmalar jalb 
etish, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik holati) hamda 
aholining  milliy-diniy  tarkibi  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.    •
Ishlab chiqaradigan mahsulotlar xususiyatlariga ko‘ra, qishloq xo‘jalik 
tarmoqlari  ikki  guruhga:  dehqonchilik (ziroatchilik)  va  
chorvachilikka bo‘linadi.  Shuningdek,  qishloq  xo‘jaligida  mahsulot  
ishlab  chiqarish  xususiyatiga  ko‘ra,  ikki  tur  ajratiladi.   Birinchisi,   
rivojlangan tovar qishloq xo‘jaligi  bo‘lib,  unda  ishlab  chiqariladigan 
 mahsulotlar  bozor,  birinchi navbatda,  tashqi  bozor  uchun  
mo‘ljallangan  bo‘ladi.  Bunday  xo‘jaliklar ishi  intensiv  tashkil  
qilingan  zamonaviy  dehqonchilik  va  chorvachilik sohalari bo‘lishi 
mumkin. Tovar qishloq xo‘jaligi, asosan, iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda keng rivojlangan. Odatda, ularda FTI yutuqlaridan 
ustun  darajada  foydalanishga  erishilmoqda.   •
Ikkinchisi ,  ichki iste’moli uchungina  mahsulot  ishlab  chiqaradigan, 
odatda,  kam  samarali  qishloq  xo‘jaligidir.  Bunday  xo‘jaliklar  
qadimdan keng tarqalgan bo‘lganligi sababli an’anaviy qishloq 
xo‘jaligi ham deyiladi. Ularda ish, odatda, ekstensiv yo‘l bilan tashkil 
qilingan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bunday qoloq dehqonchilik 
xo‘jaliklari jahonning ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarida keng 
tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Afrika,  Janubiy  va  Janubi-sharqiy  
Osiyo  mamlakatlarida  hali  ham  omoch kabi  oddiy  ish  qurollaridan 
 foydalaniladi   •
Donli ekinlar  yetishtirish dehqonchilikning eng yirik tarmog‘idir. 
Donli ekinlar  turlari  ancha  ko‘p  bo‘lib,  ular  jahon  ekin  
maydonlarining  yarmi  (0,7  mlrd.  ga)  da  ekiladi.  Donchilik  
tarkibida  bug‘doy,  sholi  va  makkajo‘xori  yetishtirish  sohalarining  
salmog‘i  katta.  Jahon  yalpi  don  mahsu-lotlari  hosilining  80  %  i  
mazkur  ekin  turlariga  to‘g‘ri  keladi.  Bundan tashqari,  arpa,  suli,  
javdar  kabi  turdagi  don  mahsulotlari  mavjud. •
Bug‘doy  donli ekinlar orasida eng ko‘p ekiladigan ekin turi hisoblanadi. 
2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 800 mln. t bug‘doy yetishtirilgan. 
Bug‘doy yetishtirishda Xitoy (131,7 mln.t), Hindiston (86,9 mln. t), Rossiya 
(73,3 mln. t), AQSH (62,9 mln. t), Kanada (30,5 mln. t) yetakchilik qiladi. 
Jahon bug‘doy hosilining deyarli yarmi mazkur davlatlar hissasiga to‘g‘ri  
keladi.  Jahonning  asosiy  bug‘doy  ekiladigan  hududlari  Shimoliy yarim  
sharning  o‘rta  kengliklari  (AQSH,  Kanada,  Rossiya,  Ukraina,  
Qozog‘iston, Xitoy) va Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklari (Avstraliya, 
Argentina,  Braziliya)  hisoblanadi.  •
Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili va ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi 
o‘rinni  sholi  egallaydi. Agar bug‘doy aksariyat hollarda dasht 
mintaqalari ekini  hisoblansa,  sholi,  asosan,  musson  iqlimli  
hududlarda  yetishtiriladi.  Qo‘l  mehnatiga  asoslangan  sholichilikning  
rivojlanishi  nafaqat  agroiqlimiy  sharoitga,  balki  ko‘p  sonli  ishchi  
kuchiga  ham  bog‘liq.  Ushbu omillar  jamlangan  Sharqiy,  Janubi-
sharqiy  va  Janubiy  Osiyo  jahonning asosiy  sholichilik  mintaqalari  
hisoblanadi.  Xitoy,  Hindiston,  Indoneziya, Bangladesh,  Vyetnam  kabi 
 davlatlar  sholi  yalpi  hosili  bo‘yicha  jahonda peshqadamlik  qiladi.    •
Makkajo‘xori   jahon  don  hosilining  1/4  qismini  beruvchi 
 ekin  turi  hisoblanadi.  Uning  tarqalish  mintaqalari  deyarli 
 bug‘doy  ekiladigan  may-donlar bilan bir xil hududlarga 
to‘g‘ri keladi. AQSH, Braziliya, Meksika, Argentina, Xitoy 
jahonning eng ko‘p makkajo‘xori yetishtiruvchi davlatlari 
hisoblanadi. AQSH bu ekinning jahon bo‘yicha umumiy 
hosilining 25 % dan  ortig‘ini  ta’minlaydi.   •
Aholi tomonidan iste’mol qilinadigan  moy ning 
asosiy qismi soya, kungaboqar, yeryong‘oq, chigit, 
zaytun kabi ekinlardan olinadi. Soya yetishtirishda 
 – AQSH  (jahon  soyasining  yarmi),  Braziliya,  
Xitoy;  yeryong‘oq yetishtirishda  –  Hindiston,  
G‘arbiy Afrika  davlatlari;  kungaboqar  
yetishtirishda  –  Ukraina,  Rossiya,  Argentina;  
zaytun  yetishtirishda  Italiya,  Ispaniya  kabi  
O‘rta  dengizbo‘yi  davlatlari  alohida  o‘rin  
egallaydi.   •
Ildizmevalilardan   kartoshka   
yetishtirishda  Xitoy,  Hindiston,  
Rossiya, Ukraina, AQSH yetakchi 
davlatlar hisoblanadi. Qandli 
ekinlardan qandlavlagi  yetishtirishda  
Rossiya,  Fransiya, AQSH;  
shakarqamish  yetishtirishda 
Braziliya,  Hindiston,  Xitoy  
yetakchilik  qiladi   •
Choy,  qahva,  kakao   quvvat  beruvchi  ekin   turlari  
hisoblanadi.  Choy yalpi  hosili  bo‘yicha  Xitoy,  
Hindiston,  Keniya,  qahva  hosilini  yetishtirish  
bo‘yicha  Braziliya,  Indoneziya,  Vyetnam,  kakao  
dukkaklari  yig‘ish bo‘yicha Kot-d’Ivuar, Gana, 
Indoneziya peshqadamlik qiladi.   •
Texnik ekinlar   orasida   paxta   katta  salmoqqa  ega  bo‘lib,  Xitoy,  
AQSH,  Hindiston, Pokiston,  Braziliya,  O‘zbekiston  eng  ko‘p  paxta 
 yetishtiradigan  davlatlar hisoblanadi.  Tabiiy  kauchuk  (geveya)  
yetishtirishda  Tailand,  Indoneziya, Malayziya,  Hindiston,  Xitoy  
davlatlari  katta  salmoqqa  ega .

Jahon dehqonchiligi geografiyasi

• Qishloq xo‘jaligi insoniyat tarixida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotda qishloq xo‘jaligining ahamiyati ancha pasaygan bo‘lishiga qaramay, jahonning ko‘p sonli rivojlanayotgan davlatlari uchun u asosiy xalqaro ixtisoslashuv sohasi bo‘lib qolmoqda. Jahon bo‘yicha hozirgi paytda, taxminan, 1,4 mlrd. kishi qishloq xo‘jaligi sohasida band.

• Qishloq xo‘jaligining asosiy xususiyatlaridan biri, uning tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq ekanligidir. Aynan tabiiy iqlimiy sharoiti ko‘p jihatdan jahon davlatlari qishloq xo‘jalik tarmoqlariga ixtisoslashuvini belgilaydi. Shu sababli, qishloq xo‘jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish holati turlicha bo‘ladi. Ushbu tarmoq rivojlanishiga tabiiy iqlim sharoitidan tashqari, iqtisodiy- ijtimoiy sharoit (qishloq xo‘jaligiga kapital qo‘yilmalar jalb etish, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik holati) hamda aholining milliy-diniy tarkibi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.