logo

Jahon mashinasozlik va yengil sanoati geografiyasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

15390.790039062 KB
Jahon mashinasozlik va yengil sanoati 
geografiyasiБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм  Mashinasozlik  sanoatining asosiy vazifasi iqtisodiyotning hamma so halarini 
mashina va asbob-uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.  Mashinasozlik majmuasi korxonalarining hududiy joylashuvida bir qa tor 
omillarning ta’siri mavjud. Ko‘pgina tarmoqlarda bo‘lgani kabi mehnat 
resursi omili korxonalar joylashuvida ahamiyatli hisoblanadi.  Bundan tash qari, fan-texnika taraqqiyoti omili ham kuchli ta’sirga ega bo‘lib, 
uning natijasida tarmoq ichida mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarining 
tezlashuvi, samaradorlikning ortishi va ilmiy markazlar bilan integratsiyaning 
kuchayishiga olib keladi.  FTI davrida jahon mashinasozligi fantalab tarmoqlardan biriga ay landi. 
Natijada, tarmoqning zamonaviy sohalari tez rivojlana boshladi.  Shu bilan birga transport (infratuzilmaning rivojlanganligi), iste’mol (talab va 
iste’mol bozori xususiyatlari), xomashyo (og‘ir mashinasoz lik 
korxonalarining qora metallurgiya markazlariga yaqinligi) omil	
 lari ta’siri ham 
mashinasozlik korxonalarining hududiy joylashuvida e’tiborga olinadi.  Mazkur sanoat tarmog‘i metallga ishlov berish sohasi bilan birga o‘z tarkibiga 
200 dan ortiq ishlab chiqarish tarmoqlarni jamlaydi.  Ular orasida kemasozlik, avtomobilsozlik, aviakosmik, elektronika va 
elektrotexnika sanoat tarmoqlari alohida ahamiyatga ega. 
Kemasozlik Avtomobilsozlik
Aviakosmik
Elektronika Elektrotexnika      Kemasozlik tarmog‘i mahsulot lari dengiz transportida xalqaro yuklarni 
tashishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy 
ushbu sohaning yetakchilari hisoblanadi. Avtomobilsozlik mashinasozlik sanoatining eng muhim tarmog‘i hisob lanadi. 
Jahonning 30 ga yaqin davlatlarida avtomobillar ishlab chiqarilib, ular orasida 
Xitoy, Yaponiya, Germaniya, AQSH, Koreya Respublikasi kabi davlatlar 
yetakchilik qiladi. Rossiya, AQSH, Fransiya, XXR, Yapo niya aviaraketa-kosmik sanoati 
rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin oladi.  Rivojlangan davlatlarda moliyaviy, fan-texnika imkoniyatlarining yuqo riligi 
sababli mashinasozlik sanoatining yirik ishlab chiqarish korxonalari aynan 
shu davlatlar hududida joylashgan.  Shu bilan birga ushbu hududlar da jahonning 4 ta yirik mashinasozlik 
markazlari ham shakllangan. Ular orasida  Shimoliy Amerika  mintaqasi barcha mashinasozlik tarmoqlari 
rivojlanganligi bilan ajralib turadi.  G‘arbiy Yevropa  davlatlari ommaviy 
mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lsa,  Shar qiy va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari  an’anaviy mashinasozlik mah-
su	
 lotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab mahsu-lotlarni 
ishlab chiqaradi (radio-telemexanika, maishiy xizmat texnikasi).  MDH 
davlatlari  mashinasozligida og‘ir va o‘rta mashinasozlik katta o‘rin tutadi.  Yengil sanoat  aholini keng iste’mol mahsulotlari (mato, kiyim, poyab zal va 
boshqalar) bilan ta’minlovchi sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Ushbu tarmoq 
xomashyo sifatida, asosan, qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan foy	
 dalanadi.  Xomashyo, iste’mol, mehnat resurslari omillari tarmoq rivoj lanishida katta 
ahamiyatga ega. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoqlar to‘qimachilik, 
tikuvchilik va charm-poyabzal tarmoqlari hisoblanadi.  To‘qimachilik sanoati ko‘p mehnat talab qiluvchi tarmoq bo‘lganligi sa babli, 
ayni vaqtda arzon ishchi kuchiga boy rivojlanayotgan mamlakatlarda tez 
sur’atlar bilan rivojlanmoqda.  To‘qimachilikda, asosan, paxta, jun, ipak, zig‘ir va kimyoviy (sun’iy) 
tolalardan mato tayyorlanadi. So‘nggi yillarda mazkur sanoat mahsulotlari 
tarkibida sintetik tolali matolar ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. 
Paxta mato
Sun’iy matoZig‘ir mato Ipak mato
Jun mato
Sintetik mato       Jahon to‘qimachiligida beshta mintaqa shakllangan:  Sharqiy Osiyo, Janubiy 
Osiyo, MDH davlatlari, Yevropa  va  AQSH .  Agar Osiyo minta qalarida paxta va ipak tolali matolar katta salmoqqa ega 
bo‘lsa, Yevropa va AQSHda asosiy o‘rinni sintetik tolali va trikotaj matolar 
egallaydi.  Tikuvchilik sanoati hozirgi kunda yengil sanoatning eng qimmat turdagi 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi.  Unda 
o‘zigaxos «moda markazlari» shakllangan bo‘lib, ular Parij, London, Berlin 
va Nyu-York shaharlaridir.  Arzon ishchi kuchidan foydalanish imkoniyati mavjudligi sababli tikuvchilik 
sohasi korxonalari sekin-asta rivojlanayot gan mamlakatlarga ko‘chib 
o‘tmoqda.  Charm-poyabzal tarmog‘i teriga ishlov berish va undan turli mahsulot lar 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xitoy, Italiya, Hindiston, Ispaniya, AQSH, 
Fransiya kabi davlatlar mazkur tarmoqning yetakchi davlatlari hisoblanadi.  © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – Geografiya 
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019
•
9-sinf atlasi, 2017-yil.
     (nusxasi telegram kanaldan olindi).

Jahon mashinasozlik va yengil sanoati geografiyasiБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi iqtisodiyotning hamma so halarini mashina va asbob-uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.

Mashinasozlik majmuasi korxonalarining hududiy joylashuvida bir qa tor omillarning ta’siri mavjud. Ko‘pgina tarmoqlarda bo‘lgani kabi mehnat resursi omili korxonalar joylashuvida ahamiyatli hisoblanadi.

Bundan tash qari, fan-texnika taraqqiyoti omili ham kuchli ta’sirga ega bo‘lib, uning natijasida tarmoq ichida mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuvi, samaradorlikning ortishi va ilmiy markazlar bilan integratsiyaning kuchayishiga olib keladi.

FTI davrida jahon mashinasozligi fantalab tarmoqlardan biriga ay landi. Natijada, tarmoqning zamonaviy sohalari tez rivojlana boshladi.