Jome as sahih va uning ahamiyati
Jome as sahih va uning ahamiyati
Imom Buxoriyning eng muhim va mashhur asari “Al-Jome as- sahih” asaridir. Bu ʼ asarning to liq nomi “al-Jome al-musnad ʻ ʼ as-sahih al-muxtasar min umuril Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) va sunanihi va ayyamihi” deb nomlagan. Asar hadis ilmida va musulmonlar orasida qisqacha “al-Jome as-sahih”, aksar ʼ hollarda esa “Sahihul Buxoriy” nomi bilan mashhur ekani ma lum. Ulamolar bu asarni ʼ Qur oni Karimdan keyingi eng sahih kitob ʼ deb biladilar.
Hadis kitoblarining o ttizdan ortiq turlari mavjud. ʻ Ular o zlarining yo nalishlari va maqsad qilingan ʻ ʻ mavzularining qamroviga qarab o zaro farqlanadi. ʻ Birinchi tur hadis kitobi “Jome ” deyiladi. O zida ʼ ʻ sakkiz mavzudagi hadislarni jamlagan hadis kitobi “jome ” deb nomlanadi. O sha sakkiz mavzu ʼ ʻ quyidagilar: Siyrat, odob, tafsir, aqoid, fitnalar, qiyomat belgilari, fiqhiy hukmlar va manoqiblardir. Imom Muslimning “Sahih” to plami yuqorida zikr ʻ qilingan ko plab ilmlarga oid hadislarni o z ichiga ʻ ʻ olsa-da, tafsir va qiyomat belgilariga oid hadislar mavjud bo lmagani bois u “Jome ” deb ʻ ʼ atalmasligini Muborakfuriy “Tuhfa Ahvaziy” asarida qayd etib o tadi. ʻ
Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning “Sunan” nomi bilan mashhur bo lgan “al-ʻ Jome al-muxtasar min as- ʼ sunan an Rasulillah (sollallohu alayhi vasallam)” asari yuqorida ko rsatilgan sakkiz ʻ mavzuning barchasini o z ʻ ichiga oladi. Bu asar shu jihatdan Imom Buxoriyning asariga o xshaydi. Shundan ʻ kelib chiqib uni “Jome ” ʼ deyish ham mumkin bo ladi. ʻ Shu bilan birga uning boblari fiqh kitoblarining tartibiga muvofiq bo lgani uchun ʻ “Sunan” ham deb nomlanadi.
“ Ahli hadislar hadis ilmini devonga kiritib, tasnif qilganlarida uni to rt fandan iborat qilganlar:ʻ Sunnat fani. Ya ni fiqhga oid narsalar. Molikning ʼ “Muvatto”si va So fyonning “Jome ”siga ʻ ʼ o xshash kitoblar. ʻ Tafsir fani. Ibn Jurayjning kitobiga o xshash. ʻ Siyrat fani. Muhammad ibn Is hoqning kitobiga ʼ o xshash. ʻ Zuhd va Raqoiq. Ibn Muborakning kitobiga o xshash. ʻ