DAVLAT BYUDJETINING MAZMUNI VA UNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
DAVLAT BYUDJETINING MAZMUNI VA UNING IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI REJA; • Davlat budjeti. • Davlat budjetining mohiyati , funktsiyalari va ahamiyati . • Budjet taqchilligi va uni moliyalashtirish vositalari.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan- yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o‘zining yangi “xuruji”ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar , balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlarini, ayniqsa, bank- moliya tizimining “mo‘rt” bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zini to‘la oqlagani har qanday e’tirof va e’tiborga munosibdir.