logo

KO`CHIRMA VA O`ZLASHTIRMA GAPLAR

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1732.5341796875 KB
    MAVZU : KO`CHIRMA VA 
O`ZLASHTIRMA GAPLAR . O`zganing gapi hech o`zgarishsiz nutqqa 
olib kirilgan gap ko`chirma gap,  mazmuni  
saqlanib , shakli o`zgartirilgan gap 
o`zlashtirma gap hisoblanadi:. Misollarni 
qiyos qiling: O.Hojieva yozadi: « Xalqni 
og`ir sinovlar, mashaqqatlar ulug` 
o`zgarishlar  jipslashtiradi , uning kuch-
qudratini imtihon qiladi». - ko`chirma 
gap;  O. Hojieva xalqni og`ir sinovlar, 
mashaqqatlar , ulug` o`zgarishlar 
jipslashtirishini, uning kuch-qudratini 
imtihon qilishini yozadi. - o`zlashtirma gap. KO`CHIRMA GAPLARNI O`ZLASHTIRMA 
GAPGA AYLANTIRISH  .
Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma 
gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi.  Haydarov otadan 
so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan 
qayergacha quvib borganligini so`radi.
Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma 
gapga aylanadi: Darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki 
harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi:  «Qo`li gullar cho`lni bo`ston 
etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston  etishini  aytdi.
ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi:  Bola 
dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa 
mamlakatdan kelib qolganligini aytdi.
muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan 
almashtiriladi:  «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz 
kitobning aql kaliti ekanligini aytdi .
muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi:  «Asli ismim 
Akramjon», - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi.
so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga 
aylanadi:  O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar 
borligini so`radi.
ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi 
to`ldiruvchiga aylantiriladi:  «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi 
Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi .
ko`chirma  gap  tarkibidagi   undov , kirish so`zlar tushirib qoldiriladi:  «Etib 
keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi. Ko’chirma gap so’zlashuv, badiiy 
uslubda keng qo’llanadi. Ko’chirma 
gap (ko’chirilgan gap)  muallif  
gapidan   avval , keyin, muallif 
gapining ichida kelishi mumkin. O’z 
navbatida muallif gapi ko’chirma 
gap orasida berilishi mumkin:
Nasiba dedi: “Sovuqdan oyoqlarim 
zirqirab og’riyapti” Ko’chirma gapda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:
Ko’chirilgan (ko’chirma) gap qo’shtirnoq ichiga olinadi: badiiy asarlarda tire bilan 
ajratib beriladi. “Darslarni yaxshi o’zlashtirishga harakat qil”, - dedilar dadam. - Ko’p 
martalab mehmon bo’ldim,  -  dedi   Qutidor , -ul vaqtda bobongiz tirik edilar.
(A.Qodiriy)
Ko’chirilgan gap darak mazmunida bo’lib,  muallif   gapidan   oldin   kelsa , undan keyin 
vergul va tire qo’yiladi. Ko’chirilgan gap so’roq mazmunidagi yoki his-hayajon gap 
bo’lsa, so’roq yoki undov belgisi qo’shtirnoqdan oldin qo’yiladi (keyin vergul 
qo’yilmaydi). “Aytilganlarni nega olib kelmading ?”- dedilar jahl bilan oyim.
Ko’chirilgan gap  muallif   gapidan   keyin   kelsa , muallif gapidan so’ng ikki nuqta 
qo’yiladi. So‘zlovchi hamma vaqt o‘z fikrinigina 
bayon   etib   qolmaydi , u ba’zan o‘zganing 
gapini ham o‘z nutqi ichida ishlatadi. 
So‘zlovchining o‘zgalar gapidan 
foydalanishi ko‘chirma gapli qo‘shma 
gapni hosil qiladi. Bunda, qo‘shma gap 
ikki qism: muallif  gapi va o‘zganing 
gapidan tashkil topadi. Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin keladi. Bunda, 
muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘chirma 
gap qo‘shtirnoqqa olinadi.
Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin keladi. Bunda, 
qo‘shtirnoqqa olingan ko‘chirma gapdan keyin tire 
qo‘yiladi.
Ko‘chirma gap qismlarga bo‘linib, o‘rtada muallif gapi 
keldi. Bunda, muallif gapining ikki tomonidan tire 
qo‘yiladi, butun gap qo‘shtirnoqqa olinadi.
Muallif gap qismlarga bo‘linib, o‘rtada ko‘chirma gap 
keldi. Bunda, muallif gapining birinchi  qismidan   keyin  
ikki   nuqta , qo‘shtirnoqqa olingan ko‘chirma gapdan keyin 
tire qo‘yiladi, so‘ng muallif gapining davomi keladi. E’tiboringiz uchun
  rahmat !!! .

MAVZU : KO`CHIRMA VA O`ZLASHTIRMA GAPLAR .

O`zganing gapi hech o`zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gap ko`chirma gap,  mazmuni saqlanib , shakli o`zgartirilgan gap o`zlashtirma gap hisoblanadi:. Misollarni qiyos qiling: O.Hojieva yozadi: « Xalqni og`ir sinovlar, mashaqqatlar ulug` o`zgarishlar  jipslashtiradi , uning kuch- qudratini imtihon qiladi». - ko`chirma gap;  O. Hojieva xalqni og`ir sinovlar,  mashaqqatlar , ulug` o`zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. - o`zlashtirma gap.

KO`CHIRMA GAPLARNI O`ZLASHTIRMA  GAPGA AYLANTIRISH . Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi.  Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi. Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:

Darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi:  «Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston  etishini  aytdi. ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi:  Bola dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi. muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi:  «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi . muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi:  «Asli ismim Akramjon», - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi. so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi:  O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi. ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi:  «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi . ko`chirma  gap tarkibidagi undov , kirish so`zlar tushirib qoldiriladi:  «Etib keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.

Ko’chirma gap so’zlashuv, badiiy uslubda keng qo’llanadi. Ko’chirma gap (ko’chirilgan gap)  muallif gapidan avval , keyin, muallif gapining ichida kelishi mumkin. O’z navbatida muallif gapi ko’chirma gap orasida berilishi mumkin: Nasiba dedi: “Sovuqdan oyoqlarim zirqirab og’riyapti”