logo

Uyushiq bo’lak va uyushgan gaplar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74.033203125 KB
 
MUSTAQIL ISH
 F an : Hozirgi o’zbek tili
Mavzu : Uyushiq bo’lak va uyushgan gaplar
                                              RE J A :
1. Uyushiq bo’lakli gaplar
2. Uyushgan gaplar
3. Uyushgan gaplar tahlili                    Uy ushiq bo`lak li gaplarda umumlasht iruvchi birlik lar
    Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi 
birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab 
ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan 
oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan 
umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq 
bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, 
xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma 
narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina 
cho`kdi. (Oybek). Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham 
- hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi. 
(P.Qodirov).                     Uyushiq bo`lak li gaplarda xilma–xil t inish be lgilari 
qo`llaniladi.
    Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash 
intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi 
bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida 
aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. 
Masalan:  Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand 
viloyatlarida bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. 
(A.Aminov). U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi 
gapirib  statsionardan chiqdi. (S.Ahmad).                   Uyushuvchilar o`zaro  va, hamda, bilan  biriktiruv 
bog`lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv 
bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular 
orasiga vergul qo`yilmaydi:  Anhorda suv sokin va 
ulug`vor oqardi. (F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar 
mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. 
(S.Karomatov).
    Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi 
birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan 
so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma erda: uylarda, 
ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan 
... oppoq bo`lib qoladi. (Oybek).
                                      Gapning ajrat ilgan bo`lak lari
     Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan 
bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan 
bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning 
ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va 
boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan 
ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh 
yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq 
turdi. (O.YOqubov). Ish qanchalik qiyin bo`lmasin, 
biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat 
bilan ishlardik. (CH.Aytmatov).                              Ajrat ilgan aniqlov chilar
    Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan 
sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
    Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini 
bo`rttirib ko`rsatish uchun ajratiladi. Masalan, 
«Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida 
aylanib, xayol surib yurardi». (S.Soliev) gapida 
«yalangbosh» sifatlovchisi shaxsning 
(«Muxtor») belgisini bo`rttirib berish uchun 
sifatlanmishdan keyin keltirilgan.                               A jrat ilgan izohlovchilar
     Izohlovchilar ko`pincha ajratilgan bo`ladi. 
Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, 
maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. 
Masalan: Siz, Sunnatillo, o`zingiz juda aqlli, 
o`zi uzoqni ko`radigan odamsiz. (S.Soliev). 
Ko`rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib 
o`zbekcha cho`kkaydi. (Oybek). Minbarni 
institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs 
studentlari egalladi. ( J.Abdullaxonov).              A jrat ilgan hollar
Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo`ladi:
I. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar.
II. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan hollar.
   Oborot shaklidagi ajratilgan hollar o`z navbatida 
uchga bo`linadi:
1. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
2. O`xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar.
3. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan 
hollar.                               Uy ushgan gaplar t ahlili 
Uy ushgan qo’shma gaplar haqida umumiy           
                     ma’lumot
    Uyushiqlik umumiy bir holat bo’lib, sodda gapga
ham,qo’shma gapga ham xosdir. Sodda gapda an’anaviy 
sintaksisga ko’ra gap bo’laklari uyushib kelsa, qo’shma gapda 
gap 
bo’laklari, qo’shma gap qismlarining o’zi, o’rni bilan, qo’shma 
gap uyushib keladi. Keyingi qurilmada qo’shma gapning quril
ish materiali qo’shma gap bo’ladi.Uyushiqlik ikki birlik (eleme
nt)dan iborat bo’ladi: a) uyushuvchi birlik (element)lar; b) 
uyushtiruvchi birlik (element).Uyushuvchi birliklar 
— sanaluvchilar.                    Uy usht iruvchi birlik lar  - 
sanaluvchilarni birlashtirib, 
markazlashtirib turuvchilar.Uyushuvchi birlik gr
ammatikada uyushiq birlik (element), bo’lak, ga
p deyiladi. "Uyushiq" so’zi hozirgi zamon 
tilshunosligida, asosan, gap bo’laklariga 
nisbatan qo’llaniladi. Gaplarga nisbatan esa bu 
terminni (uyushiq, uyushgan) o’zbek 
tilshunosligida birinchi bo’lib R.Rasulov 
qo’llagan . Olim uyushgan gaplarning o’ziga xos 
xususiyatlari, tuzilishi, qo’llanilishini "Alpomish" 
dostoni materiali asosida tekshiradi va qiziqarli 
ma’lumotlar beradi.               FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. N.Abdurahmonova. Qadimgi turkiy til
2. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi
3. O’zbek tili tarixi. N.Raxmonov

MUSTAQIL ISH F an : Hozirgi o’zbek tili Mavzu : Uyushiq bo’lak va uyushgan gaplar

RE J A : 1. Uyushiq bo’lakli gaplar 2. Uyushgan gaplar 3. Uyushgan gaplar tahlili

Uy ushiq bo`lak li gaplarda umumlasht iruvchi birlik lar Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek). Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov).

Uyushiq bo`lak li gaplarda xilma–xil t inish be lgilari qo`llaniladi. Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan:  Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib  statsionardan chiqdi. (S.Ahmad).

Uyushuvchilar o`zaro  va, hamda, bilan  biriktiruv bog`lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yilmaydi:  Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. (F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. (S.Karomatov). Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma erda: uylarda, ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi. (Oybek).