logo

UYUSHIQ BO`LAKLI GAPLAR

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2117.5 KB
МА VZU :  UYUSHIQ  
BO`LAKLI  GAPLAR  
 
   Grammatik  jihatdan    bir    xil   
shakllanib  ko‘pincha,  bir  xil  so‘roqqa 
javob  bo‘ladigan,  o‘zaro  t е ng   
bog`langan  va  barchasi  gapning  bitta 
 bo‘lagiga 
tob е lanadigan  bo‘laklar    uyushiq 
bo‘lak  deyiladi.  
Masalan:   Bola  goh  m е nga,  goh 
                    unga  qarar edi  Uyushiq  
bo`laklar Uyushiq  ega
Uyushiq  
kesim
Uyushiq  
aniqlovchi
Uyushiq  
to`ldiruvchi
Uyushiq  hol                    Gapning barcha bo`lagi uyushadi
: 
1) Uyushiq ega : Bugun  Dilbar   yoki  Nigina  
        navbatchilik qiladi; 
 
  2)  Uyushiq kesim : U asta joyiga  o`tirib ,  gapira    
                                                    boshladi .    Gapning barcha bo`lagi uyushadi
3) Uyushiq to`ldiruvchi:  Biz bugun   shifokorlarga, 
hamshiralarga  minnatdorchilik bildirdik. 
4)  Uyushiq aniqlovchi: Salqin  va  bahavo  bog`da dam oldik.  Olma  (ning) 
va  shaftolining  hosili mo`l bo`ldi; 
5)  Uyushiq hol:    Shahar  va  qishloqda
  qurilish avjiga chiqqan.    1.Kesim  uyushib  kelganda  uni  shakllantiruvchi 
vositalar  (zamon,  shaxs-son,  mayl,  tasdiq-inkor 
shakllari,  bog‘lama  va  ko‘makchi  fe’llar)  oxirgi 
bo‘lakka  qo‘shiladi:  Mavzuni  yaxshi  tushunish 
uchun,  avvalo,  darsni  diqqat  bilan  tinglash, 
berilgan  topshiriqlarni  bajarish,  muntazam 
takrorlash  kerak.  Men  uzoq  yillardan  buyon  shu 
shaharda  yashab, o‘qib, ishlab kelyapman. 
Agar  ushbu  vositalar  har  bir  kesimga  qo‘shilsa, 
bunday  gap  uyushiq  kesimli  sodda  gap  emas, 
qo‘shma  gap  hisoblanadi:  Nutq  qudratli  kuch:  u 
ishontiradi, undaydi, majbur etadi .   2.Uyushiq bo`lakda ko`plik, egalik va kelishik 
qo`shimchasi qo`llanishi ikki xil: 
1) ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchasi uyushiq 
bo`lakning oxirgisiga qo`shilib, barchasiga tegishli 
bo`ladi:  Noma va ariza larning  ba’zisi mirzo, 
mufti larga  havola qilinar edi ; 
2) gapdagi uyushiq bo`lakning har birida son, 
egalik, kelishik qo`shimchasi qo`shilishi ham 
mumkin:  Qor sovug`i qo`l larimni  va oyoq larimni , 
peshona mni  yalab tursa-da, menga juda yoqimli 
tuyuldi .   sanash 
ohangi  ten 
bog`lovchilar 
vositasida 
bog`lanadi. Gapda uyushiq bo`lak  Gapning uyushiq bo`lagi guruh-guruh bo`lsa, bir-
biridan nuqtali v е rgul bilan ajratiladi: 
Yutib chiqish uchun ot  chopqir, zotdor bo`lishi 
va yaxshi  toblanib sovutilishi ; chavondoz  usta, 
epchil bo`lishi k е rak.   E`tiboringiz  uchun  
rahmat

МА VZU : UYUSHIQ BO`LAKLI GAPLAR

Grammatik jihatdan bir xil shakllanib ko‘pincha, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladigan, o‘zaro t е ng bog`langan va barchasi gapning bitta bo‘lagiga tob е lanadigan bo‘laklar uyushiq bo‘lak deyiladi. Masalan: Bola goh m е nga, goh unga qarar edi

Uyushiq bo`laklar Uyushiq ega Uyushiq kesim Uyushiq aniqlovchi Uyushiq to`ldiruvchi Uyushiq hol

Gapning barcha bo`lagi uyushadi : 1) Uyushiq ega : Bugun Dilbar yoki Nigina navbatchilik qiladi; 2) Uyushiq kesim : U asta joyiga o`tirib , gapira boshladi .

Gapning barcha bo`lagi uyushadi 3) Uyushiq to`ldiruvchi: Biz bugun shifokorlarga, hamshiralarga minnatdorchilik bildirdik. 4) Uyushiq aniqlovchi: Salqin va bahavo bog`da dam oldik. Olma (ning) va shaftolining hosili mo`l bo`ldi; 5) Uyushiq hol: Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan.