Ko’nikma,malaka va odatlari
Ko’nikma,malaka va odatlari Subtitle here
Re ja: Shaxs haqida tushuncha1 Shaxsning malaka va odatlari 2
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin.
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni , ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsning malaka va odatlari Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq.