Qozoqlar etnologiyasi urf odatlari va madaniyati
Qozoqlar et nologiy asi urf odat lari v a madaniy at i
Qozog'izston Respublikasining asosiy aholisi (6,54 mln. kishidan ziyod) hisoblanadi. Shuningdek, bu xalq, asosan, O'zbekistonda (808 ming kishi), Turkmaniston (87 ming kishi), Qirg'iziston (37 ming kishi), Tojikiston va RF (635,9 ming kishi), XXR (1 mln. 115 ming kishi (1990-yillar o'rtalari), Mo'g'uliston (125 ming kishi) va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Umumiy soni 9,42 mln. kishi.
Rasmiy tili - qozoq tili. Dini islom dini bo'lib, asosiy aholi sunniy musulmon hisoblanadi. Qozoqlar, asosan, «Janubiy Sibir» tipiga kiradilar (bu tip o‘ziga ham mongoloid, ham yevropeoid belgilarini oladi). Janubiy Sibir tipi mo‘g‘ul qiyofa irqqa mansub, ko‘zlari qisiq, yuzlari yumaloq, tanasi oq sariq-malla, puchuq burun, panjalari kalta, jussalari mayda, bosh chanog'i braxikefal (dumaloq). Bepoyon dashtliklar, ot-ulov, tuya ularning jonu dili, erkin, ozod, hayot turmush tarzi bilan suyagi qotgan.
Qozoq tili bir qancha qadimiy qabilalar tili hamda boshqa tillar asosida tashkil topgan bo'lib, uch asosiy shevaga bo'linadi: g'arbiy, shimoli-sharqiy va janubiy. G'arbiy sheva alshin qabilalar ittifoqi tilidan paydo bo'lgan. Shimoli-sharqiy sheva arg'in, nayman, qiray, qipchoq, qo‘ng‘irot qabilalarining umumiy tilidan kelib chiqqan. Hozirgi qozoq adabiy tili ana shu shevaga asoslangan. Nihoyat, janubiy sheva uysin, jaloyir, qang'li, dulat va boshqa qabilalar tilidan yuzaga kelgan.
Qozoqlarning qabila-urug'lari tarixan uch guruhga bo‘linib, alohida hududlarda yashaganlar. Katta, o'rta va kichik juz. Bu juzlarga kiruvchi qabilalar va urug'larining har qaysisi Qozog'istonning muayyan hududida juda qadimdan o'rnashib kelgan. Qozoqlarning qabila, urug'-aymoq bo'lib yashash urf-odati uzoq asr mobaynida davom etgan. Qozoqlar orasida to'ralar alohida o'rin tutgan. Ularning ajdodlari Chingizxon shajarasiga borib taqaladi, deb hisoblanadi. Shuning uchun ular o'zlarini oq suyek (oq suyak)lar deb ataydilar.