Qoraqolpoq, tojik, Turkman xalqlari etnologiyasi
QORAQOLPOQ, TOJ IK, TURKMAN X ALQLARI ETN OLOGIYASI
QORAQOLPOQ X ALQI ETN OLOGIYASI • Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpo g’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish Doro I (mil.av. 522-468-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan. Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan.
• Bijanaklar negizida 8-10 asrlarda qoraqal poqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qipchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan.
• Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin.
• Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig’i) muhim o’rin tutganlar. Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki huquqiy va xo’jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar.