Konduktometriya
Mavzu : Konduktometriya Reja: 1. Konduktometriya 2. Past chastotali konduktometriya 3. Konduktometrik titrlash 4. Yuqori chastotali konduktometriya
Konduktometriya Konduktometrik analiz usullari elektrolitlar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashga asoslangan bo‘lib, tokning ishchi chastotasiga ko‘ra past va yuqori chastotali usullarga bo‘linadi. Konduktometriya usullari elektrodlarning tekshiriladigan eritma bilan tutashganligiga qarab tutashgan va tutashmagan usullarga bo‘linadi. Past (10 3 Gs ) chastotali usullar konduktometriya deb, yuqori (10 6 10 7 Gs ) chastotali usullar esa yuqori chastotali konduktometriya (usul ko‘pincha titrlashning oxirgi nuqtasini topish maqsadida ishlatilgani uchun yuqori chastotali titrlash ) deb yuritiladi
Konduktometriya Tu tashgan usullar yordamida o‘lchash jarayonida elektrodlar tekshiriladigan elektrolit eritmasiga bevosita tushirilgan bo‘ladi. Bu usullar o‘lchash aniqligini oshirish imkonini bersa-da, ular elektrodlarning polyarizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xatolardan xoli emas. Tu tashmagan usullarda elektrodlar bilan tekshiriladigan elektrolit eritmasi orasida bevosita tutashuv bo‘lmaydi, ya’ni elektrodlar eritmaga tushirilmagan bo‘ladi. Bu usullarda elektrodlar o‘lchash zanjiri bilan sig‘im yoki induktivlik orqali bog‘lanadi. Bunday usullarda polyarizatsiya hodisasi uchramaydi. Tu tashmagan usullar konsentratsiyalari yuqori bo‘lgan, agressiv, yopishqoq va uchuvchan moddalarni tekshirish uchun qulaydir. Elektrod bilan eritma tutashmagan bo‘lganligi uchun ular orasida o‘zaro ta’sir bo‘lmaydi, elektrod ham, eritma ham ifloslanmaydi.
Konduktometriya Eng muhimi qimmatbaho platina elektrodini arzon metallarga almashtirish mumkin. Tu tashmagan usullarda bevosita elektr o‘tkazuvchanlik o‘lchanmasdan, uning hosilasi tok kuchi o‘lchanadi. Konduktometrik usullarning rangli va loyqa eritmalarni tekshirish, sezuvchanligining yuqoriligi, avtomatlashtirish imkoniyati, titrlashning oxirgi nuqtasini aniq topish, aralashmalarni titrlash va sh.k. qator afzalliklari bilan bir qatorda, selektiv emasligi, konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmalarni aniqlashda chetga chiqishlarning uchrashi kabi kamchiliklari ham mavjud.
Past chastotali konduktometriya Past chastotali konduktometriya da eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi bilan konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Bunda o‘lchash bevosita va bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi. Bevosita konduktometriya da solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi (43-chizma) asosida tahliliy xulosa qilinadi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deganda, sirt yuzasi 1 sm 2 bo‘lgan ikkita bir-biridan 1 sm masofada joylashgan inert elektrodlar orasidagi elektrolit eritmasining elektr o‘tkazuvchanligi tushuniladi.