Lingvistik va etnolingvistik tasniflash
Mavzu: Lingvistik va etnolingvistik tasniflash Reja: Lingvistik klassifikatsiya haqida tushuncha Til oilalarining kelib chiqishi Etnolingvistik tasniflash Hind – yevropa tillarining tarqalishi
Hind-yevropa tillari Hind-yevropa tillari — Yevro siyoda mavjud bo lgan, ʻ keyingi asr mobaynida esa Shimoliy va Janubiy Amerika , Avstraliya , qisman Afrikada ham tarqalgan yirik til oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy metod. Shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-yevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni o rganish asosida paydo bo lgan. Shu sababli ʻ ʻ ham Hind-Yevropa tillari genetik aloqalariga ko ra ʻ tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita Hind-Yevropa tillarini o rganish tajribasiga ʻ tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimo-logik) lug atlar ʻ tuzishda ham Hind-Yevropa tillari uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi
Hind-Yevropa tillarining tarkibi quyidagilardan iborat: I) xett-luviy yoki anatoliy guruhi (Kichik Osiyo-da) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: mil.av 18–13-asrlardagi mixxatl\\ xett yoki nesit (ilk yodgorligi – xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq – diniy maro-sim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, epik va boshqa maz-mundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi 9–8-asrlardagi iyerog-lifik xett tili; miloddan avvalgi 7–3-asrlarda (antik davrda) mavjud bo lgan likiy, lidiy, kariy, sidet va ʻ boshqa qad. tillar-dir. 19-asr oxirlari va 20-asrda xett-luviy tillari materiallarining o rga-nilishi qadimgi Hind-Yevropa tillarining tipi haqidagi ʻ tasavvurlarga ham, hindev-ropa bobo tilining qurilishi qanday bo lganligi ʻ haqidagi tushunchaga ham juda katta o zgartirishlar kiritdi; 2) hind yoki hind- ʻ oriy gu-ruhi (Hindiston yarim orolining shimoliy qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat.
Roman tillari — hindevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi ko plab umumiy unsurlar bilan o zaro ʻ ʻ bog lanadi. "Roman" termini (lot. romanus — "Rimga ʻ tegishli", "Rim imperiyasiga alokador" ma nosida) dastlab, ʼ ilk o rta asrlarda, klassik lotin tilidan hamda german ʻ lahjalaridan farq qiluvchi xalq tilini ifodalagan; Ispaniya va Italiyada Roman tillari "yangi lotin tillari" deb ham atalgan. Roman tillari 60 dan ortiq mamlakatda (mas,: fransuz tili 30 ta, ispan tili 20 ta, portugal tili 7 ta, italyan tili 3 ta mamlakatda) milliy yoki rasmiy til sifatida qo llanadi: ularda 600 mln.dan ortiq kishi so zlashadi. ʻ ʻ Tilshunoslikda Roman tillarining soni haqida yagona fikr yo q. Hozirgi tegishli ishlarda ular ko pincha 12 ta deb ʻ ʻ ko rsatiladi: ispan, galisi(ya), portugal, katalan, oksitan ʻ (provansal), fransuz, italyan, sard, retoroman, rumin, moldavan va 19-asrdan ulik hisoblanadigan dalmat tillari. Roman tillarining bir tekis rivojlanmaganligi ham ularni chegaralash, aniq sonini belgilashni qiyinlashtiradi.
Portugal tili — roman tillaridan biri. Portugaliya , Braziliyada , Afrikaning bir qancha mamlakatlarida, Osiyoda Aominda va Hindistonning ayrim hududlarida tarqalgan. So zlashuvchilarning umumiy soni 190 mln. kishidan ʻ ortiqroq (jumladan, Portugaliyada 15 mln.ga yaqin, Braziliyada 160 mln. kishidan ortiq). Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Portugal tili 12— 14-asrlardajan. va shim. por-tugalgalisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan. 16-asr boshida Portugaliyaning mustamlakachilik harakatlari tufayli Braziliyaga kirib keladi va asta-sekin mahalliy indeys tillarini siqib chiqaradi. Hozirgi Portugal tilining 2 asosiy varianti — portu-galcha va brazilcha variantlari mavjud (ular, asosan, fonetika va leksika sohasida o zaro farqlanadi); brazilcha ʻ variantda mahalliy narsa-ashyolarni ifodalovchi indeys so zlari ko plab uchraydi. Portugal tili ning afrikancha ʻ ʻ varianti esa shakllanish arafasida. Portugaliya hududida 3 ta lahja guruhi mavjud; Jan., Markaziy va Shimoliy Braziliyada shim. va jan. laxjalarga ajralsada, ular deyarli o zaro ʻ farqlanmaydi. Portugal tilining fonetik qurilishi urg usiz bo g inlarning, ʻ ʻ ʻ asosan, so z oxirida reduksiyaga uchrashi, ochiq va yopiq, ʻ shuningdek, burun unlilarining, ay-niqsa, burun diftonglarining mavjudligi bilan boshqa roman tillaridan farqlanadi. Hozirgi Portugal tilida lotincha zamon shakllaridan uzoq o tgan zamon (ga suf-fiksli) va shartli ʻ kelasi zamon (-re suffiksli) shakllari saqlanib qolgan.