Mahbub ul – qulub “ asari tahlili
“ Mahbub ul – qulub “ asari tahlili ◦ 2- qism . 1- bob.Tavba zikrida . ◦ Haqiqiy tavba yomon feʼllar tufayli keladigan baloning oldini olmoqdir va tangri bergan yordam tufayli u feʼllardan qutulmoqdir .Tavba gunohkor bandaning koʻngil koʻzgusini gunoh zangidan tozalaydi ,afv sayqali bilan oʻsh koʻzgu yuzini yoritadi.
Zuxd zikrida. Zuxd kishining dunyo orzularidan kechmoqligi va nafsi ularning oʻlimi zaxrini ichmoqligidir .Boylik va mansab xayoli rishtasini koʻngildan uzmoqlikdir.Nafsning barcha muddaolarini unutmoqlikdir .Shariat yoʻlida mahkam turmoqligidir. Tariqat vodiysiga dardmndlik bilan qadam qoʻymoqlikdir. Barcha nomahramlar yuzidan koʻzini asramoq va tilini barcha bemaʼni soʻzlardan tiymogʻidir.
Qanoat zikrida Qanoat ibodatga yetgudek quvvat hosil boʻlguncha yeb – ichib kun oʻtkazmoqdir va boshqa barcha xoyu – havaslarni hayoldan chiqarmoqlikdir .Qanoat bir chashmadurkim ,suvi olingan bilan qurimaydi va bir xazinadurki, sochilgan bilan kamaymaydi . U bir ekinzorki ,urugʻi izzat va shavkat hosilini berar va daraxtdurki ,shoxi extiyojsizlik va hurmat keltiradi .