“Mahbub ul-qulub” asarida sharqona muomala madaniyati
![“ Mahbub ul-qulub” asarida
sharqona muomala madaniyati.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_1.png)
![Reja:
Alisher Navoiy asarlarida til va nutq
madhi.
“ Mahbub ul-qulub” – nutq madaniyati
masalalariga bag‘ishlangan asar.
Navoiyning asarda voiz va voizlik
haqidagi fikrlari.
“ Mahbub ul-qulub” asarida xalq
og‘zaki ijodining o‘rni va yoshlarni
tarbiyalash g‘oyalari .](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_2.png)
![Alisher Navoiy o‘zbek tilining o‘z davrigacha hech kim
anglamagan va foydalanmagan imkoniyatlarini ilg‘agan va uni
o‘z asarlarida qo‘llay olgan. Tilni amaliy, nazariy, ilmiy
jihatdan o‘rganib, yuksak cho‘qqiga ko‘targan.
Navoiy o‘z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi
nodir vosita ekanligini qayd etdi. “Mahbub ul-qulub” asarida voizlar til
odobi xususida fikr yuritsa, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek
adabiy tilining boyligini e’tirof etdi. So‘zning tarixiy-madaniy xizmati
beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib beriladi.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_3.png)
![
Agar nutq bo‘lmas ekan, tilning, so‘zning cheksiz imkoniyatlari ro‘yobga
chiqib-chiqmay qolaveradi. “Majolis un-nafois”da so‘zning voizlar hayotida
tutgan o‘rni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. “Nazm ul-
javohir” asarida esa so‘z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat
sanalishi aytib o‘tiladi. Tarixdan ma’lumki, Navoiyning o‘zi ham mohir notiq
bo’lgan va shirin kalomi, o‘tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o‘z
asarlarida ham xaloyiqqa nafi tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirin
zabon so‘zlar so‘zlashni, chiroyli va ravon nutq tuzish yo‘llarini o‘rganish
lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon etgan. Navoiy tilni o‘sib, rivojlanib
boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanini anglab,
tillar o‘zaro aloqada bo‘ladi, bir biriga chatishadi deb hisoblaydi. Navoiy
kishining nutq qobiliyatini tug‘ma ekanligini ta’kidlaydi.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_4.png)
![Alisher Navoiyning nutq madaniyati
masalalariga bag‘ishlangan fikrlari yanada
mukammalroq ifodalangan asar “Mahbub ul-
qulub”dir.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_5.png)
![Shoir bu asarida tilning ahamiyati undan foydalanish nutq
so‘zlovchi dilidagi fikrni aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon
qiladi.
“ Saodatbaxsh ruh zuloliga matla’ ham til. Tilga iqtidorlig‘-hakimi
xiradmand, so‘zga ixtiyorsiz – layni najand. Tilki fasih va dilnazir
bo‘lg‘ay, xo‘broq bo‘lg‘ay, agar ko‘ngil bila bir bo‘lg‘ay” deb
yozadi Navoiy.
Ma’nosi: “Saodatbaxsh ruhning tiniqligiga manba ham til,
baxtsizliklar yulduzining boshlanishiga sabab ham til. Tiliga kuchi
yetadigan kishi aql podshosidir, so‘zga ahamiyat bermaydigan kishi
la’natlangan, pastdir. TIL go‘zal va dillarni olovlantiruvchi bo‘lishi
bilan birga, so‘zlovchining dilidagini aks ettirsa, yanada yaxshiroq
bo‘ladi”.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_6.png)
![Navoiy til deganda nutqni ko‘zda tutgan.Til, ya’ni so‘z
o‘zining ko‘p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligi,
nutqning qo‘polligini, maqsadga muvofiq bo‘lmasligi so‘zlovchiga
zarar yetkazishini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Mayin, yoqimli,shirali ovoz bilan so‘zlash odobi haqida,
o‘ylamasdan so‘zlamaslik haqida:” Tildan azubat dilpisanddur va
miynat sudmand.Chuchuk tilki achig‘liqqa evruldi zarari oni bo‘ldi
Chuchuk so‘z sof ko‘ngullarga nushdir…So‘zni ko‘ngulda
pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa, tilga
surma” –deydi. Buning ma’nosi shundayki, tilning shirin, yoqimli
va yumshoqligi foydadir. Chuchuk til achiqqa aylansa, tinglovchiga
zarar yetkazadi. Qandni mast qiluvchi aroq bo’lsalar, harom
bo‘ladi.Chuchuk so‘zni toza ko‘ngillar simiradi…So‘zni ko‘ngilda
pishitib olmaguncha so‘zlamagin, ko‘nglingda bo‘lgan har qanday
fikrni ham ayta berma.Nutqdan maqsad fikr anglatishdir.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_7.png)
![Navoiy hayotda ko‘rgan, kechirgan, yaxshi va yomon, mehr-u
jafolarni ushbu misralarda aniq bayon bo‘ladi:
Gahe topdum falakdin notavonlig‘,
Gahe ko‘rdum zamondin komronlig‘,
Base issig‘-sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘-chuchuk tottim jahonda.
Shoir hayotining xulosasi,donishmand insonning hayoti, kishilar
va ularning fe’l-atvorlari haqidagi qarashlarining xulosasi sifatida
“Mahbub ul-qulub” yaratildi.
Nutq madaniyating asl mohiyati Navoiy asarlarida o‘zining
yorqin dalilini topdi desak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_8.png)
![Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug‘ullangan shoir “Mahbub ul-
qulub” asrining 24-bobini voizlik ilmiga bag‘ishladi va bu bob
“ Nasihat ahli va voizlar zikrida “ deb nomlanadi. Shoirning
“Badoyi’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”, “Xazoyin ul- maoniy”,
“Xamsa”, “Lison ut-tayr” asarlari matnini ko‘zdan kechirishda va’z
so‘zining asosan pand, nasihat ma’nolarida, voiz esa pand-nasihat
qiluvchi ma’nosida qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin:
Yig‘layin forig‘ debon ichra aylarmen maqom,
O‘z fig‘onidin sog‘inur voizi damsard ani
(“Badoyi’ ul-bidoya”)
Bu yanglig‘ chu irshod etib va’zu pand,
Iki olam ichra bori sudmand
(“Saddi Iskandariy”)](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_9.png)
![Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan
maqbuk kishidur.Avval bir yo‘lni bormoq kerak, andin so‘ngra elni
boshqarmoq kerak .Uyqusida so‘z degan jevligon va degondek qilmoq ne degon bo‘lur .Voiz kerakki, “qolalloh” so‘z aytsa va “qola rasululloh” muxolafatidin qaytsa, xudo va
rasul yo‘lig‘iga qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham
kivursa.Yurmagan yo‘lga elni boshqarmoq, musofirni yo‘din chiqormoqdur va
biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur .“ Mahbub ul-qulub”da esa quyidagilar bayon etilgan:](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_10.png)
![Nazoirxon bila surguvchi maqol- dastiyor bila
yirlag‘uvchi qavvol . Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la
kirgan xoli bo‘lg‘ay . Voizkim, bo‘lg‘ay olim va
mutaqqiy- aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Ulki,
buyurib, o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va asar aning
so‘zi qilmag‘ay .](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_11.png)
![Asarda voizlik haqida Navoiy qit’a ham keltiradi”
Voizki, dastyorsiz o‘lmas suxanguzor,
Angra yorodu munga ayolg‘uvchi hukmi bor.
Tengri so‘zin ayolg‘uvchi bo‘lmay dey olmag‘ay,
Bir soz bo‘lsa ham kerak ul qilg‘ay ixtiyor.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_12.png)
![Alisher Navoiy voizlik san’atiga munosabat bildirgan holatlar ham
mavjud. Buni mumtoz fors-tojik adabiyoti klassiklari g‘azallariga
tatabbu’ qilgan ba’zi misralarda uchratish mumkin. Ulardan shoirning
voizlik san’atiga jiddiy bir ish sifatida qaraganligi ma’lum bo‘ladi.
Voiz, in ki az donish pandi xalq meguyad,
Da’vatash chu zohir shud, pas daleli nodoni.
Tarjimasi: Voiz bilimdonligidan xalqqa nasihat qilmoqchi, da’vosi
ayon bo‘ldi, bu uning nodonligiga dalildir.
Bu misralarda voizning o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatishga urinish
nodonlikdan boshqa narsa emasdir, degan mazmun bor.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_13.png)
![Alisher Navoiy xalq og‘zaki ijodini ham yaxshi biladi. Asarlarida
undan keng foydalanadi. “Mahbub ul-qulub”da ham xalq maqollaridan
keng foydalangan.O‘zi ham shu ruhda hikmatli so‘zlar yaratdi.
Ularning ko‘pchiligi maqolga aylanib ketgan. Asarda quyidagilarni
misol qilib keltirishimiz mumkin:
Ko‘p degan ko‘p yengilur, ko‘p yegan ko‘p yiqilur.
Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz.
Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar.
O‘t ishi qovurmoq va el ishi sovurmoq.
Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_14.png)
![Shuningdek, Navoiy bu asarida yoshlarni tarbiyalash g‘oyalarini
ham ilgari surgan. Jumladan, bu asarda insonning komillik darajasiga
qanday yetishishi va bu yo‘lda inson qanday qusurlardan xoli
bo‘lishi va uning o‘rniga qanday yaxshi fazilatlarni egallashi
zarurligi aytib o‘ilgan.
Asarning ikkinchi bobida yoshlarga oid bo‘lgan yaxshi va yomon
xislatlar haqida so‘z yuritilada va bularga quyidagilarni misol qilib
keltirishimiz mumkin:
Isrof qilish- saxiyli emas, o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar
saxiylik demas.
Halol molni kuydirganni- devona deydilar, yorug‘ joyda sham
yoqqanni aqldan begona deydilar.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_15.png)
![
Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas.
Yaxshiliklarni topmoq-yedirmoqdir, ayblarni yashirmoq-
kiydirmoqdir.
Navoiy yaxshilik va yomonlik haqida quyidagi fikrlarni aytadi:
Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas, yaxshi odam
yomomlardan ham yaxshilik ayamas.
Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma.
Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb
ham bilm.
Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil,
Yaxshilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_16.png)
![Alisher Navoiy ilmni esa quyidagicha ta’riflaydi:
El aybini ayturg‘a birovkim, uzatur til,
O‘z aybini fosh aylagali til uzotur, bil.
Ya’ni ilm olib amal qilmagan kishi, misoli yerni haydab urug‘
sepmagan yoki urug‘ sepib, urug‘idan hosil olmaganga o‘shaydi.
Asarning uchinchi bobida inlorda uchramaydigan bir qancha
qusrlarni qattiq tanqid ostiga oladi:
Nodonning vahshiylarcha baqitmog‘I- eshakning bemahal
hangramog‘i.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_17.png)
![
Yolg‘onni chindek gapiruvchi so‘z ustamoni- kumushga oltin qoplab
sotuvchi zargar.
Har kimningki so‘zi yolg‘on, yolg‘onligi bilingach, uyatga qolg‘on.
Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma- kechalari tong otguncha tinmay
huradigan itga o‘xshaydi.
So‘zning bir-biridan farqi ko‘pdir, ammo yolg‘onroq turi yo‘qdir.
Komil inson tarbiyasida bunday yomon illatlarning bo‘lishi mutlaqo
nojoizdir deb hisoblanadi.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_18.png)
![Asarda keltirilgan ilm, saxovat, hilm, saxiylik kabilar to‘g‘risida
berilgan ta’riflar va ularni egallash to‘g‘risida ko‘plab pand-
nasihatlar yoshlar tarbiyasida juda muhim rol o‘ynaydi va Navoiy
mansabdor kishi qanday bo‘lishi kerakligi haqida ko‘plab misollar
keltirib, asarni yoshlarni tarbiyasiga bo‘lgan munosabatlar bilan
rang- barang qilib boyitgan.
Alisher Navoiy turkiy tilda go‘zal nutq tuzishning bayroqdori
sifatida o‘zbek tili boyliklarini namoyon etuvchi mashhur asarlar
yaratgan. Navoiyning sa’y- harakatlari tufayli XV asrda o‘zbek tili
olamga dong‘I ketadigan adabiy asarlar yaratishga qodir til
ekanligini isbotladi.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_19.png)
![](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_20.png)
![FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1. Rasulov R., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati. –Toshkent, 2004.
2. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. –Toshkent:
O‘qituvchi,1991.
3. Karimov s. Alisher Navoiyning voizlik haqidagi fikrlari nomli
maqolasi.
4. Alisher Navoiy “Mahbub ul- qulub” asari. – Toshkent: G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2011.](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_21.png)
![Tayyorladi: Boyjigitova H.
Tekshirdi: Xolmuhammedov B .](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_22.png)
![E’tiboringiz uchun
rahmat!](/data/documents/3a750670-df97-4a76-ad0b-ec85cf1a9617/page_23.png)
“ Mahbub ul-qulub” asarida sharqona muomala madaniyati.
Reja: Alisher Navoiy asarlarida til va nutq madhi. “ Mahbub ul-qulub” – nutq madaniyati masalalariga bag‘ishlangan asar. Navoiyning asarda voiz va voizlik haqidagi fikrlari. “ Mahbub ul-qulub” asarida xalq og‘zaki ijodining o‘rni va yoshlarni tarbiyalash g‘oyalari .
Alisher Navoiy o‘zbek tilining o‘z davrigacha hech kim anglamagan va foydalanmagan imkoniyatlarini ilg‘agan va uni o‘z asarlarida qo‘llay olgan. Tilni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan o‘rganib, yuksak cho‘qqiga ko‘targan. Navoiy o‘z asarlarida nutqning kishilar kundalik ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi. “Mahbub ul-qulub” asarida voizlar til odobi xususida fikr yuritsa, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o‘zbek adabiy tilining boyligini e’tirof etdi. So‘zning tarixiy-madaniy xizmati beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib beriladi.
Agar nutq bo‘lmas ekan, tilning, so‘zning cheksiz imkoniyatlari ro‘yobga chiqib-chiqmay qolaveradi. “Majolis un-nafois”da so‘zning voizlar hayotida tutgan o‘rni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. “Nazm ul- javohir” asarida esa so‘z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat sanalishi aytib o‘tiladi. Tarixdan ma’lumki, Navoiyning o‘zi ham mohir notiq bo’lgan va shirin kalomi, o‘tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o‘z asarlarida ham xaloyiqqa nafi tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirin zabon so‘zlar so‘zlashni, chiroyli va ravon nutq tuzish yo‘llarini o‘rganish lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon etgan. Navoiy tilni o‘sib, rivojlanib boruvchi, jamiyatning ehtiyojiga muvofiqlashuvchi zarurat ekanini anglab, tillar o‘zaro aloqada bo‘ladi, bir biriga chatishadi deb hisoblaydi. Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug‘ma ekanligini ta’kidlaydi.
Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag‘ishlangan fikrlari yanada mukammalroq ifodalangan asar “Mahbub ul- qulub”dir.