logo

Nasoyim-ul muhabbat asarida turkiy mutasavvuflar sharhi

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2632.931640625 KB
•
"Nasoyim-ul muhabbat" 
asarida turkiy 
mutasavvuflar sharhi Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-
muhabbat" asari Abdurahmon 
Jomiyning "Nafahot ul-uns min 
hazarot ul-quds" asarining ijodiy 
tarjimasidir. Asarning tanqidiy 
matni muallif yashagan davrda 
ko'chirilgan nusxa asosida 1996-yil 
Turkiyada Kamol Elarslon 
tomonidan yaratilgan. Asarda milodiy VIII asrning 
boshidan XV asrning oxiriga 
qadar Yevropa, Afrika va Osiyo 
qit'alarida yashab o'tgan 
avliyolarning tarjimai holi, 
ibratlu hikoyatlar hamda o'git va 
hikmatlaridan namunalar 
keltirilgan. 
•
Asar muqaddima 
•
asosiy qism va xotimadan 
iborat. "Nasoyim ul-muhabbat"da tilga 
olingan avliyolar orasida islomdagi 
to'rt mazhab boshliqlari: Imom A'zam, 
Imom Molik, Imom Shofe'iy, Imom 
Ahmad ibn Xanbaldan tortib, 
Muhammad G'azzoliy, Bahouddin 
Valad, o'g'li Jaloliddin Rumiy, 
Rumiyning o'g'li Sulton Valadlar 
haqida qiziqarli va ibratli hikoyatlar 
keltirilgan bo'lib, ushbu ma'lumotlar 
ilmiy asosga ega. Ibrohim Sa'd Alaviy q.s. Bag'dod 
ahlidan.Shomga bordi va mutavattin bo'ldi. 
Bir ming ikki yuzdan ortiq mashoyix bor edi va 
shundan ikkitasi Alaviy edi: Biri Ibrohim Sa'd 
Alaviy, yana biri Hamzai Alaviy. Ibrohim Sa'd 
Alaviy Abulhoris Avlosiyning ustozi edi. Naql 
qilishlaricha, Ibrohim Sa'd Alaviy q.s. suvni 
ustidan yursa oyog'i suvga botmas edi. U 
shunday darajadagi valiy zot edi. Dovud Balxiy q.t.s Xurosonning qadimiy 
mashoyixidir. U haqida Ibrohim Adham shunday 
deydi: Kufa bilan Makka orasida birov bilan 
yo'ldosh bo'ldim, shom namozini o'qigandan keyin 
uning o'ng qo'li tomonidan bir ko'za suv va bir 
ayog' osh paydo bo'ldi, o'zi ham ichdi, menga ham 
berdi.U zot haqida bir mashoyix shunday so'zlar 
dediki, majlis ahli yig'ladi. U zot  menga Ismi 
A'zamni o'rgatdi, deydi Ibrohim Adham. U mening 
ko'nglimda andin azimroqdirki, tilga keltira 
olg'aymen. Abulqosim Hakim Samarqandiy q. t. s. : Oti Is'hoq Muhammad 
Ismoildir. Abubakr Varroq bolan sihbatda bo'lgan. Joshim 
Sug'diy q.t.s  Samarqandning Sug'didan, Abubakr Varroq 
shogirdi edi. G'aylon Samarqandiy  mashoyixlarning 
kiboridandir, Junayd q.t.s. bilan suhbatda bo'lgan. U maorifda 
orifi taqallum bo'lgan. Abulabbos ibn Ato q.t.s. bag'dodlikdir, 
asl ismi  Muhammad Sahl Ato Odamiy. Mashoyix olimlaridan, 
fasih til bilan yaxshi so'zlari bor, Qur'onga tafsir bitgan. 
Ibrohim Moristoniyning shogirdidir va Junaydning 
yoronlaridandir. Shayx Abu Said Xarroz uni ulug' tutar edi va 
tasavvuf ahlidan Junayddan va ibn Atodan o'zgasini 
ko''rmadim deydi. Husayn shayx a.r. Ismoil ota farzandlaridandir. Muomalali 
kishi ekan. Olamdan o'tganda olomondan g'oyib bo'lgan 
ekan va paydo bo'lganida boshi ustida bir qush qo'ngan 
emishki, uning ranggi nihoyatda go'zal ekan, hech kim 
bunday naqsh-u ranglik qushni ko'rmagan, elni ko'rgach 
u qush uchib ketgan ekan,vallohu a'lam. Bobo sungu q.s. 
zamon majzublaridan emish, sohibi botin kishi ekan. 
Temurbek Xurosonda yurganda Andxudga borganda 
Bobo xizmatiga borgan ekan,Temurbek uning bashorati 
ila Xurosonni qo'lga kiritgan ekan.Bobo Sunguning qabri 
Andxud shaharchasidadir. Bobo Hasan turk q.t.s. majzub va sohibi botin kishi 
emish. Xaloyiq oldilariga kelsa, ularning ko'nglidagi 
xavotirni zohir qilar emish.Qabri Hirot xiyobonidadir. 
Shayx Ilyos a.r.  Nur tog'ida Movarounnahr mulkida 
bo'lar edi va donishmand solik kishi edi. Uning yoniga 
har tarafdan toliblar ham o'qigani, ham xizmatiga 
borar edilar. Muridlarining aytishicha, xaloyiq 
anjumanida saboq aytar va hilvatda jin ahliga ham 
saboq aytar edi. Qabri Nur tog'idadir. Shayx MushrifuddinMuslih  Abdulloh Sa'diy 
Sheroziy q.s. sufiyaning fozillaridan emish va 
odobdan komil nasibi bor emish. Ko'p safar 
qilgan va bir necha marotaba hajga yayov 
borgan. SHayx Shahobuddin suhbatiga 
musharraf bo'lgan va ular bilan bir kemada 
daryo safari qilibdurlar. Mavlono Lutfiy r.t. tahsil ayyomida mavlono 
Shahobiddin xizmatiga yetar va odobi tariqat 
sulukini andin kasb qilar ekan. Shoirlikda ma'ruf 
va mashhur bo'ldi, ammo darveshlik yo'lini ham 
qo'lidan qo'ymadi. Faqir borasida ko'p iltifoti 
bor edi va duo qilar edi, deydi Navoiy. Mavlono 
to'qson to'qqiz yoshida vafot etdi, qabri 
Dehikanordadir, o'z maskani edi. Fotima Nisoburiya r.t. Xuroson nisosining 
qudamosidan va orifot kiboridan edi. Abu Yazid 
Bistomiy q.s. unga sano aytibdur va Zunnun 
Misriy undan savollar olibdur. Gohi Bayt -ul 
Muqaddasga borar ekan, gohi Makkaga qaytar 
ekan. Abu Yazid q.s. debdurki, umrimda bir er 
va bir xotin ko'rganman. U xotin Fotimai 
Nisoburiya edi, hech maqomda unga xabar 
qilmadimki, u xabar unga ayon emas edi. 
Mashoyixdan Zunnundan so'radilarki, bu 
toifadan kimni ulug'roq ko'rding? Dediki, 
Makkada bir zaifa ediki, uni Fotima Nisoburiya 
der edilar. E'tiboringiz uchun rahmat!

• "Nasoyim-ul muhabbat" asarida turkiy mutasavvuflar sharhi

Alisher Navoiyning "Nasoyim ul- muhabbat" asari Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds" asarining ijodiy tarjimasidir. Asarning tanqidiy matni muallif yashagan davrda ko'chirilgan nusxa asosida 1996-yil Turkiyada Kamol Elarslon tomonidan yaratilgan.

Asarda milodiy VIII asrning boshidan XV asrning oxiriga qadar Yevropa, Afrika va Osiyo qit'alarida yashab o'tgan avliyolarning tarjimai holi, ibratlu hikoyatlar hamda o'git va hikmatlaridan namunalar keltirilgan.

• Asar muqaddima • asosiy qism va xotimadan iborat.

"Nasoyim ul-muhabbat"da tilga olingan avliyolar orasida islomdagi to'rt mazhab boshliqlari: Imom A'zam, Imom Molik, Imom Shofe'iy, Imom Ahmad ibn Xanbaldan tortib, Muhammad G'azzoliy, Bahouddin Valad, o'g'li Jaloliddin Rumiy, Rumiyning o'g'li Sulton Valadlar haqida qiziqarli va ibratli hikoyatlar keltirilgan bo'lib, ushbu ma'lumotlar ilmiy asosga ega.