logo

Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6173.1064453125 KB
Mamlak at larning boshqaruv  
shak li v a dav lat  t uzilishi                     Jahon mamlakatlarining muhim belgilaridan biri 
boshqaruv shakli hisoblanadi.   Siyosiy boshqaruvning ikki asosiy shakli — 
respublika  va  monarxiyaga  ajratiladi. Ma’lumki, bu 
ikkita boshqaruv shakli, birinchi navbatda, oliy 
davlat hokimiyatini shakllantirish va uzatish usullari 
bilan farqlanadi.   Jahonning siyosiy xaritasida 2022-yil boshi 
holatiga ko‘ra, boshqaruv shakli
respublika bo‘lgan 151 ta davlat mavjud.    Respublikalar asosan 3 ta turga  bo‘linadi: 
prezidentlik, parlamentar  hamda  aralash (5-
jadval) .   5-jadval.  Prezident lik , parlament ar v a aralash 
respublik alarning bosh xususiy at lari   Prezident lik  respublik asi
Prezidentlik respublikasi Hokimiyatning asosiy 
vakolatlari prezident qo‘lida to‘plangan, hukumat tarkibi 
prezident tomonidan shakllantiriladi.       Ba’zida prezident bir vaqtning o‘zida ham davlat 
ham hukumat rahbari hisoblanadi.    Prezidentlik respublikalariga AQSH, Meksika, Braziliya, 
Argentina, Indoneziya, Afg‘oniston, Belarus, 
Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi mamlakatlar misol bo‘la
oladi. 
1 7
58
9
6
32
4   Prezidentlik respublikasi shakli eng ko‘p Afrika 
va Amerika qit’alarida tarqalgan.   Hokimiyatning asosiy vakolatlari parlamentga tegishli 
bo‘lib, hukumat tarkibi parlament saylovlari natijalari 
asosida siyosiy partiyalar tomonidan shakllantiriladi.  Parlament ar respublik a    Prezidentning vakolatlari cheklangan.
Hindist on Parlament  binosi   Germaniya, Avstriya, Italiya, Bolgariya, Latviya, Estoniya, 
Gretsiya, Isroil, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va 
boshqa bir qator davlatlar
parlamentar respublikalar sirasiga kiradi. 
21 6
7 8
9
10
3 45   Parlamentar respublikalar ko‘proq  Yevropada 
joylashgan.
Germaniy a parl ament i - Rey x st ag
Polsha parlament i  - Sey m   Prezident va parlament birgalikda hukumat tarkibini 
shakllantirib, uning faoliyatini nazorat qiladilar. Aralash respublik a    Aralash respublikalar qatoriga esa Portugaliya, Ukraina, 
Xorvatiya, Jazoir, Misr va boshqa mamlakatlar mansub.   Hozirgi vaqtda dunyoda 43 ta monarxiya davlatlari 
mavjud bo‘lib, ular  konstitutsion  va  mutlaq 
monarxiya larga bo‘linadi.  Barbados respublikaga 
aylandi.    Konstitutsion monarxiyalarda davlat rahbari (qirol, amir, 
knyaz va h.k.) ning siyosiy vakolatlari ma’lum darajada 
cheklangan bo‘lib, davlat boshqaruvida parlament va 
hukumatning o‘rni muhim hisoblanadi.     Mutlaq monarxiya boshqaruv shakliga ega bo‘lgan 
davlatlarda esa monarxning vakolatlari cheklanmagan 
bo‘ladi.
Ummon sultoni 
Bruney sultoni    Hozirgi kunda monarxiya davlatlarining 
aksariyati (38 tasi) konstitutsion monarxiyalar 
hisoblanadi.   Bunday davlatlardan 11 tasi Yevropada, 9 tasi Osiyoda, 
3 tasi Afrikada, 9 tasi Amerikada, 6 tasi Avstraliya va 
Okeaniyada joylashgan (3-rasm).
3 9
69 11        Konstitutsion monarxiyalardan 14 tasi  Britaniya 
Hamdo‘stligi qirolliklari  bo‘lib, ularda rasmiy ravishda 
davlat rahbari Buyuk Britaniya monarxi (qirol yoki 
qirolicha) hisoblanadi, lekin amalda bu davlatlarning 
siyosiy tizimida asosiy rol bosh vazirga tegishli.      Ushbu toifadagi davlatlarga Kanada, Avstraliya, 
Yangi Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya va boshqalar 
kiradi.  Barbados 2021-yil Hamdo‘stlikdan chiqdi.
4
321
Hozirda Ilgari       Mutlaq monarxiyalarning umumiy soni 5 ta bo‘lib, 
ulardan 4 tasi Osiyoda (Saudiya Arabistoni, Ummon, 
Qatar, Bruney), 1 tasi Yevropada (Vatikan) 
joylashgan.    Saudiya Arabistoni hamda Vatikan davlatlari 
mutlaq teokratik monarxiyalar  hisoblanadi,
chunki bu ikki davlatda monarx diniy rahbar 
vazifasini ham bajaradi.
Saudiya Arabistoni qiroli   Rim papasi - Katolik cherkovi boshlig‘i   Har qanday mamlakatning ma’muriy-hududiy tizimi 
(davlat tuzilishi shakli) uning muhim siyosiy xususiyati 
hisoblanadi. Mazkur belgiga binoan, jahon 
mamlakatlari ikki turga, ya’ni  unitar  va  federativ
davlatlarga bo‘linadi.
Federativ Unitar   Unitar davlatlarda butun mamlakat hududida 
yagona qonunchilik tizimi amal qiladi, siyosiy 
boshqaruv esa markazlashgan holda amalga 
oshiriladi.     Dunyo mamlakatlarining aksariyat qismi (167 
tasi) unitar davlatlar qatoriga mansub.   Davlat tuzilishining birmuncha murakkab shakli 
federatsiyadir.    Bunday davlatlarda qonunchilik, ijro va sud hokimiyati 
markaziy (federal) hamda hududiy (shtatlar, 
provinsiyalar, respublikalar va boshqalar
doirasida) darajalardan tashkil topadi. 
AQSh Kapitoliy binosi   Federativ davlatlarning soni, 2022-yil boshi holatiga 
ko‘ra, 27  ta bo‘lib, jumladan, Yevropada 6 ta, Osiyoda 6 
ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va 
Okeaniyada 2 ta federatsiyalar joylashgan  (4-rasm) . 
Myanma unitar davlatga aylangan.    So‘nggi yillarda ham ayrim davlatlarda boshqaruv va 
davlat tuzilishi shaklini o‘zgartirish holatlari ro‘y 
bermoqda. Masalan, 2008-yili Nepalda monarxiyadan 
voz kechilib, respublika boshqaruv shakliga o‘tildi,    2017-yili Turkiya parlamentar respublikadan 
prezidentlik respublikasiga aylandi,    2021-yili Barbadosda Britaniya Hamdo‘stligi 
qirolligi maqomidan voz kechilib, respublika 
boshqaruv shakli joriy etildi.    Shuningdek, 2010-yildan so‘ng dunyoda federativ 
davlatlar safi Iroq, Nepal, Sudan, Janubiy Sudan 
hisobiga ko‘paydi.
3 1 2
4             ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. 
Nazaraliyeva – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik,  Respublika ta’lim 
markazi, 2022

Mamlak at larning boshqaruv shak li v a dav lat t uzilishi

Jahon mamlakatlarining muhim belgilaridan biri boshqaruv shakli hisoblanadi.

Siyosiy boshqaruvning ikki asosiy shakli — respublika va monarxiyaga ajratiladi. Ma’lumki, bu ikkita boshqaruv shakli, birinchi navbatda, oliy davlat hokimiyatini shakllantirish va uzatish usullari bilan farqlanadi.

Jahonning siyosiy xaritasida 2022-yil boshi holatiga ko‘ra, boshqaruv shakli respublika bo‘lgan 151 ta davlat mavjud.