MASALALARNI KOMPYUTERDA YECHISH BOSQICHLARI
MA SA LA LA RN I KOMPY UTERDA Y ECHISH BOSQICHLA RI
Inson amaliy ish jarayonida ko‘plab masalalarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Bu masalalarning ba’zilari osongina, ba’zilari esa murakkab hisob-kitoblar orqali hal etiladi. Ba’zi masalalarni yechishda ayrim amallar guruhini minglab marta bajarishga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Shuning uchun beminnat va o‘ta tez ishlaydigan yordamchimiz bo‘lmish kompyuter bizga yaqindan yordam beradi. Aslida ham kompyuter masalalarni tez hal qilish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yaratilgan.
K o m p y u t e r y o r d a m i d a m a s a l a l a r n i y e c h i s h :1-bosqich: masalaning qo‘yilishi; 2-bosqich: masalaning matematik modelini tuzish; 3-bosqich: algoritmlash; 4-bosqich: dasturlash; 5-bosqich: dasturni kompyuter xotirasiga kiritish; natija olish va uni tahlil etish. 6-bosqich:
1-BOSQICHDA masalaning to‘g‘ri qo‘yilganligi, maqsadi va mazmuni aniqlanadi; barcha ko‘rsatkichlar, ularning xususiyatlari o‘rganib chiqiladi; qanday natija olinishi kerakligi hamda masalaga mos boshlang‘ich hamda natijaviy kattaliklar aniqlanadi; masalaning aniq, to‘liq va tushunarli bo‘lishi muammoga to‘liq yechim topish imkonini beradi.
masala ko‘rilayotgan sohaning ilmiy yutuqlaridan kelib chiqqan holda matematik munosabatlar orqali ifodalanadi, ya’ni barcha kattaliklar, ularning o‘zaro bog‘lanishi amalga oshiriladi va matematik model yaratiladi; qo‘yilgan masalani aniq va tushunarli hal qilish uchun kerakli matematik usul tanlanadi; muammoni hal qilishda matematik usullar xilma-xil bo‘lib, tanlangan usul, albatta, aniq yechimga olib borishi zarur. 2-BOSQICHDA