logo

Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17121.23046875 KB
Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri      Avstraliya aholisi va uning hududiy tarqalishi. 
Avstraliyaning hozirgi aholisi kamchilikni tashkil etuvchi tubjoy aholi — 
aborigenlardan va aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi ko‘chib 
kelganlardan tashkil topgan.   Aborigenlar avstroloid-negroid irqiga mansub. Ularning terisi to‘q 
jigarrang, sochlari to‘lqinsimon, qora, burni yapaloq, qoshining usti 
qabariq bo‘ladi  (71-rasm) .   Taxminlarga ko‘ra, ular bu yerga Janubi-sharqiy Osiyodan kelgan. Yevropaliklar 
kelgunga qadar avstraliyaliklar juda past taraqqiyot darajasida bo‘lgan.   Aborigenlar dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham 
shug‘ullanmagan. Ular ovchilik, termachilik bilan kun ko‘rgan.   Tabiatda aniq mo‘ljal olishni bilgan, ko‘chmanchilik bilan hayot 
kechirgan.   Aborigenlar asosan Avstraliyaning tabiiy sharoiti inson hayoti 
uchun qulay bo‘lgan sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida 
o‘rnashgan edilar.    Keyinchalik materikka yevropaliklar kelganidan so‘ng va qo‘ychilik 
rivojlanishi bilan  ular qurg‘oqchil, yashash uchun noqulay yerlarga siqib chiqarildi.     Kelgindi aholi yevropaliklarning avlodlaridan iborat. Asosan inglizlar — ingliz tilida 
so‘zlashuvchi avstraliyaliklardan iborat. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
ma’lumotlariga ko‘ra, Avstraliya materigining aholisi 2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 
26 mln kishi yashaydi.  Aholi materikda juda notekis taqsimlangan. Aholisining asosiy qismi 
materikning inson yashashi uchun qulay bo‘lgan janubi-sharqiy, sharqiy 
va janubi-g‘arbiy chekkalarida to‘plangan. Materikda aholi zichligi 
yuqori emas.   Avstraliya tabiati yevropaliklar ko‘chib kelganidan so‘ng, ularning 
xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda tez va kuchli darajada o‘zgardi. Tabiat iga insonning t a’siri.   Avstraliya tabiati yevropaliklar ko‘chib kelganidan so‘ng, ularning 
xo‘jalik faoliyati ta’sirida juda tez va kuchli darajada o‘zgardi. Tabiat iga insonning t a’siri.     Ko‘plab miqdorda ovlash va yashash sharoitining o‘zgarishi 
natijasida hayvonlarning ko‘pi qirilib ketdi.  Kenguruning ba’zi turlari, xaltali bo‘ri, vombatlarning ayrim turlari 
yo‘qolish arafasida.     Ayniqsa, Avstraliyaning sharqiy, janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy aholi 
zich yashaydigan qismlari tabiati ko‘p o‘zgargan.   Ilgarigi quruq siyrak o‘rmonlar va butazorlar o‘rnini endilikda 
antropogen landshaftlar — bug‘doyzorlar, uzumzorlar, zaytunzorlar 
egallagan.   Sanoatining rivojlanishi natijasida ko‘plab antropogen tabiat 
komplekslari vujudga keldi.   Tabiatni muhofaza qilish va yo‘qolib borayotgan kamyob o‘simlik va 
hayvonlarni saqlab qolish uchun milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar bunyod 
etilgan.
 
    “ Kakadu” milliy bog‘i,
 
    “ Kossyushko” milliy bog‘i,
 
    “ Lichfild Park” milliy bog’i (rasmda termitlar uyi),
 
    “ Yanchep Park” milliy bog‘i,
 
    “ Kent Grup” qo‘riqxonasi,
 
 ,   “ Barma” qo‘riqxonasi va boshqalar shular jumlasidandir  (72-rasm) . 
 
    Avstraliya tabiati bir-biridan o‘zgacha 
bo‘lgan 7 ta tabiiy geografik o‘lkaga 
ajratiladi. Bular  Shimoliy  A v st raliy a 
(Keyp York, Arnemlend va Kimberli 
yarimorollari),  Shimoli-sharq  (Katta 
Suvayirg‘ich tizmasi va undan 
sharqdagi hududlar),  J anubi-sharq 
(Viktoriya tog‘lari, Murrey va Darling 
daryolarining quyilish qismi), 
Mark aziy  t ek islik   (Avstraliyaning 
ichki oqim hududi, Eyr Nord ko‘li, 
Darling va Kuper krik),  G‘arbiy  
Av st raliy a  (Gibson, Viktoriya Katta 
cho‘li, Katta Qumli cho‘l, Nallarbor 
tekisligi, materikning juda katta 
g‘arbiy qismi),  G‘arbiy  Av st raliy a 
(materikning chekka janubi-g‘arbiy 
qismidan G‘arbiy Avstraliya 
platosigacha bo‘lgan hududlar) va 
Tasmaniy a oroli  tabiiy geografik 
o‘lkalaridir ( 73-rasm ). Tabiiy geografik o’lkalari   ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@edutrm_uz
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va 
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi 
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/  www.eduportal.uz

Materik aholisi va uning tabiatga ta’siri

Avstraliya aholisi va uning hududiy tarqalishi. Avstraliyaning hozirgi aholisi kamchilikni tashkil etuvchi tubjoy aholi — aborigenlardan va aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi ko‘chib kelganlardan tashkil topgan.

Aborigenlar avstroloid-negroid irqiga mansub. Ularning terisi to‘q jigarrang, sochlari to‘lqinsimon, qora, burni yapaloq, qoshining usti qabariq bo‘ladi (71-rasm) .

Taxminlarga ko‘ra, ular bu yerga Janubi-sharqiy Osiyodan kelgan. Yevropaliklar kelgunga qadar avstraliyaliklar juda past taraqqiyot darajasida bo‘lgan.