Materik iqlimining xususiyatlari
Materik iqlimining xususiyatlari
Iqlimning tarkib topishi.
Afrika deganda dastlab jazirama issiqda chiniqqan, qora tanli, jingalak sochli odamlar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Haqiqatan ham Afrikaga „issiq materik“ nisbati bejiz berilmagan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh ufqdan juda balandda va har yili ikki marta zenitda bo‘ladi.
Shuning uchun uning juda katta qismida xohlagan oyning o‘rtacha harorati +20°C dan ortiq. Hatto eng shimoliy va janubiy qismlarida qish oyining o‘rtacha harorati +10 +15 °C dan pastga tushmaydi.