logo

Materik iqlimining xususiyatlari. Iqlim mintaqalari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17190.947265625 KB
Mat erik  iqlimining  xususiy at lari. 
Iqlim mint aqalari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм     Iqlimi
Afrika eng issiq materik.      Afrika iqlimining tarkib 
topishida uning geografik 
o‘rni, havo bosimi va 
massalari, relyefi, okean 
oqimlari kabi omillar 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim t a’sir k o‘rsat uv chi fak t orlar    Geografik o‘rniga bog‘liq holda har qanday materikka qaraganda 
Quyosh
issiqligi va nurini ko‘p oladi. Chunki materikning katta qismi 
tropiklar orali-g‘ida  joylashgan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh yil bo‘yi 
ufqdan juda balandda bo‘ladi. Yiliga ikki marta har bir nuqtada qoq 
tepada — zenitda bo‘ladi.    Materikning katta qismida havo harorati o‘ratacha +20°C dan 
yuqori. Kunduzgi harorat esa ko‘pincha +40°C dan oshib ketadi.    Materikning shimoliy qismidagi Tripoli shahrida 1922-yil 13-
sentyabrda Yer yuzasidagi eng yuqori harorat kuzatilgan (+58°C).
Tripoli   Hatto materikning shimoliy va janubiy subtropik mintaqalar 
doirasidagi chekka qismlarida qish oylarining o‘rtacha harorati 
+10°C +12°C dan pastga tushmaydi.    Afrikada biz odatlanib qolgan sovuq qishlar bo‘lmaydi. Hududning 
katta qismida qish va yoz asosan namlik sharoiti bilan farq qiladi.     Faqat tog‘lardagina harorat past bo‘ladi. Tog‘larning 
baland qismlari hatto ekvatorda ham doimiy qorlar bilan 
qoplanib yotadi.
Atlas tog‘laridagi qor qoplami
Kilimanjaro cho‘qqisidagi muzlik   Afrikada yog‘inlar notekis taqsimlangan. Kongo havzasi va 
Gvineya qo‘ltig‘iga yog‘in ko‘p tushadi. Sababi ushbu hududlarda 
havo bosimi past, ekvatorial havo massalari hukmron.  Bundan 
tashqari, Atlantika okeanidan nam havo  massalari kirib keladi.   Efiopiya tog‘ligida, ayniqsa, Kamerun tog‘ining janubi-g‘arbiy 
yonbag‘irlarida ko‘p yog‘in yog‘adi. Bu yerda yillik yog‘in miqdori 
deyarli 10 000 mm gacha yetadi.   Madagaskar orolidagi tog‘lar bilan Drakon tog‘lari  etaklarida ham 
yog‘in ko‘p. Bu janubi-sharqiy shamollar ta’siridadir.  Afrika cho‘llarida yog‘in miqori kam. 
Cho‘llar faqat materik ichkarisida emas, 
okean bo‘ylarida ham bor. Buning asosiy 
sababi bu cho‘llar havoning pastlama 
harakati va passat shamollari ustun 
bo‘lgan yuqori atmosfera bosimi 
mintaqasida joylashganidir.     Bundan tashqari, Afrikaning shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy 
qirg‘oqlari yaqinidan o‘tuvchi sovuq oqimlar bor. Sovuq oqimlar 
materikning qirg‘oqqa yaqin qismlaridagi havo haroratini 
pasaytirib, yog‘in yog‘ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.    Sovuq havo og‘irroq bo‘ladi, yuqoriga ko‘tarila olmaydi, bulutlar 
hosil qilmaydi va yog‘in bermaydi. Okean suvi yuzasidan  ko‘p nam 
bug‘lanadi. Shu sababli harorat pasayganda tuman hosil bo‘ladi va 
shudring tushadi.    Iqlim mint aqalari. 
Afrikani ekvator deyarli o‘rta 
qismidan kesib o‘tgani sababli 
ekvatorial iqlim mintaqasidan 
boshqa iqlim mintaqalari materikda 
ikki marta takrorlanadi. Shu sababli 
materikda bitta ekvatorial, ikkita
subekvatorial, ikkita tropik, ikkita 
subtropik iqlim mintaqalari 
shakllangan.
Asosiy iqlim mintaqalari — 
ekvatorial, tropik va mo‘tadil, oraliq 
iqlim mintaqalari — subekvatorial 
va subtropik iqlim mintaqalaridir. Ek v at orial mint aqa. 
Bu mintaqa Kongo daryosi 
havzasining bir qismini va Gvineya 
qo‘ltig‘i sohillarini o‘z ichiga oladi. Bu 
mintaqada yil bo‘yi ekvatorial havo 
massalari hukmronlik qiladi.    Bu mintaqada yil bo‘yi ekvatorial havo massalari hukmronlik qiladi. 
Bu yerda o‘rtacha oylik harorat doim yuqori —  +26 °С  ga teng va 
bir tekis taqsimlangan.  
Ekvatorial havo 
massasi Yog‘in bir tekis yog‘adi, ayrim joylarda 10 000 mm yog‘in 
yog‘adi. O‘simliklar to‘xtovsiz o‘sib, rivojlanadi (48-rasm). Bu mintaqada doim bitta fasl — yoz bo‘lib turadi. O‘rtacha 
oylik harorat va yog‘inlarning fasliy o‘zgarishi juda kam 
kuzatiladi.   Subek v at orial mint aqa. 
Bu iqlim mintaqasi ekvatorial iqlim 
mintaqasini shimol va janub 
tomondan o‘rab turadi.    Chegaralari ekvatordan shimol va janub tomonlarga 15–20° 
kengliklargacha cho‘zilib borgan. Bu yerda harorat yil bo‘yi yuqori, 
lekin fasliy farqlar sezilib turadi.   Subekvatorial iqlim ekvatorial iqlimdan yog‘in miqdorining 
nisbatan kamligi va yog‘inlarning fasllar bo‘yicha notekis 
taqsimlanishi bilan farq qiladi.  Bu yerda ikkita fasl — sernam yoz va quruq qish keskin farq qiladi. 
Yozda ekvatorial havo massasi, qishda esa tropik havo massasi 
hukmronlik qiladi (50-rasm).  Tropik  mint aqa. 
Tropik  mint aqalar  har ikki 
yarimsharning tropik kengliklariga 
to‘g‘ri keladi.    Shimoliy Afrikada butun dunyodagi eng issiq va quruq o‘lka — 
Sahroi Kabir
joylashgan (51-rasm).
Bu yerda yoz nihoyatda issiq bo‘lib, havoda bulut deyarli bo‘lmaydi, 
Quyosh  toshloq va qumli cho‘llarning yer yuzasini 70–80°C gacha 
qizdiradi,    havo harorati 40… 45°C gacha ko‘tariladi. Kechasi esa yer 
yuzasi va havo harorati 0°C gacha  pasaygani kuzatilgan.  Shimoliy tropikning yoz oylarida vaqti-vaqti bilan kuchli samum 
(arabcha — issiq shamol) va hamsin (issiq, quruq, kuchli janubiy va 
janubi-g‘arbiy shamol) shamoli esib, qum bo‘roni bo‘lib turadi (52-
rasm).     Quruq o‘zan — vodiylar to‘satdan yog‘gan yomg‘ir suvi 
bilan to‘yinadi.   Janubiy Afrikada tropik iqlim mintaqasi kichikroq 
maydonni egallaydi. Bu yerda Sahroi Kabirdagidan 
ko‘proq yog‘in tushadi.   Ayniqsa, Drakon tog‘larining sharqiy yonbag‘irlari va 
Madagaskar orolining sharqida yog‘in ko‘p yog‘adi (Nam 
tropik , 2-raqam).   Subt ropik  mint aqa. 
Bu mintaqa materikning chekka 
shimoli va chekka janubida tarkib 
topgan.    Subtropik mintaqada Quyosh issiqligi tropik mintaqadagidan 
ancha kam. Haroratning fasliy o‘zgarishi ko‘proq seziladi.
Yozda issiq — 27°… 28°C, qishda nisbatan iliq — 10… 12°C.  Janubiy Afrikaning janubi-sharqiy qirg‘oqbo‘yi hududlarida yog‘in 
yil davomida bir me’yorda yog‘adi, lekin musson shamollari yozda 
eng ko‘p yog‘in keltiradi  (bir meyordagi namgarchilik subtropik 
iqlim o‘lkasi, 
6-raqam).     Afrikaning shimolida va janubi-g‘arbida yozda  tropik, qishda 
mo‘tadil havo massalari humron. Shuning uchun yoz juda 
qurg‘oqchil, qish sernam (O‘rta dengiz iqlimi o‘lkasi, 4-raqam).    Afrikada issiqning mo‘lligi qimmatbaho tropik o‘simliklar 
— kofe, kakao, xurmo, zaytun va boshqalar yetishtirishga 
imkon yaratadi.
Kofe Kakao
Xurmo Zaytun  ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz

Mat erik iqlimining xususiy at lari. Iqlim mint aqalari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Iqlimi Afrika eng issiq materik.

Afrika iqlimining tarkib topishida uning geografik o‘rni, havo bosimi va massalari, relyefi, okean oqimlari kabi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim t a’sir k o‘rsat uv chi fak t orlar

Geografik o‘rniga bog‘liq holda har qanday materikka qaraganda Quyosh issiqligi va nurini ko‘p oladi. Chunki materikning katta qismi tropiklar orali-g‘ida joylashgan. Tropiklar oralig‘ida Quyosh yil bo‘yi ufqdan juda balandda bo‘ladi. Yiliga ikki marta har bir nuqtada qoq tepada — zenitda bo‘ladi.