logo

MUSTE DAVRI.

Yuklangan vaqt:

28.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1433.029296875 KB
MAVZU: MUSTE 
DAVRI                                  Reja 
 
1.O’RTA PALEOLITDA MUSTE DAVRI ARXEOLOGIYASI 
 
2. MUSTE DAVRI YODGORLIKLARI 
 
3. O’RTA PALEOLITDA MUSTE MAKONLARI   
O ‘rta  paleolit-mustye  davri  arxeologiyasi.  O‘rta paleolit-mustye
 
davri (mil. avv. 120/100–40 ming yillik) ikki bosqichda rivojlangan.
 
Ilk  bosqichi  -  riss  –  vyurm  va  rivojlangan  bosqichi  –  vyurm  muzligi
 
davriga to‘g‘ri keladi.  Riss-vyurm muzlik oralig‘i davrida yer yuzida
 
ashel davridagi kabi issiq iqlim sharoiti hukm surgan. Yer yuzining
 
shimolida igna bargi, janubida esa keng yaproqli o‘rmon egallagan.
 
O‘rta  paleolit  davrining  ikkinchi  bosqichida  yer  yuzi  sovib,
 
muzlik  davrining  vyurm  bosqichi  boshlanadi.  Muzlikning  chegarasi
 
yer  sharining  45–48  shimoliy  kenglidan  o‘tgan.  Muzlik  davrida  obhavo  keskin  sovib,  
muzlanish  yuqori  darajaga  chiqadi.  Muzlik  oldi 
 
yerlar  tundrani  tashkil  etgan.  Muzlikdan  chekkada  joylashgan
 
janubiy  o‘lkalarda  namchi  –  plyuvial  iliq  iqlimli  ob-havo  sharoiti
 
hukm surgan.  
O‘rta  paleolit  davrida  odamlarning  soni  ko‘payib,  ular  yashaydigan
 
hududlar  doirasi  kengayib  boradi.  Ibtidoiy  odamlar  ashel  davriga
 
qaraganda  kengroq  hududlarni  egallaydi.  Ular  yevrosiyoning
 
chekka hududiga, hatto shimoliy qutbgacha yetib borib, sovuq iqlim
 
sharoitiga  moslashadi.  Yevrosiyoning  alohida  mintaqalarda  o‘rta 
  paleolit davriga oid yuzlab yodgorliklar topib o‘rganilgan. Masalan,
 
birgina O‘rta Osiyoda 300 ga yaqin turli yodgorlik ma’lum.
 
Bu  davrda  moddiy  madaniyat  yanada  rivojlanadi.  Bu  jarayon  ko‘proq
 
tosh qurollariga ishlov berish usulining takomillashishi, turi va sonining
 
ko‘payishi  hamda  ibtidoiy  kulbalarni  qurishda  namoyon  bo‘ladi.  
O‘rta  paleolit  davrida  tosh  qurollariga  ishlov  berishning
 
levallua  texnikasi  yanada  mukammallashadi.  Tosh  qurollari  zarb
 
maydonchasi tekis nukleusdan sindirib olingan silliq tosh bo‘lagidan
 
yasala  boshlaydi.  Mustye  davrida  yasalgan  ixcham  tosh  qurollari
 
ilgargi nusxasidan ishlash uchun qulayligi va ish samaradorligining
 
yuqoriligi bilan farq qilgan.
 
Tosh  quroliga  ikkilamchi  ishlov  berish,  ya’ni  retushlash  usuli  yanada
 
takomillashadi. Qurolning tig‘ini siqib, yoki ushatib retushlash usuli
 
paydo bo‘ladi. Retushlash natijasida hosil bo‘lgan tishli yoki arrasimon
 
tig‘i, ularning ish  samaradorligini yanada oshirgan.  Retushlashni faqat
 
chaqmoqtoshdan yasalgan qurolga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan.
 
Chaqmoqtosh Yevrosiyoning barcha yerlarida  uchramaydi, u ko‘proq
 
materikning g‘arbiy qismida tarqalgan.    
Chaqmoqtosh noyob bo‘lgan
 
joylarda  tosh  qurolini  yasash  uchun  chaqmoqlashgan  tosh  navi,
 
qayroqtosh va daryo toshidan  foydalanilgan.
 
O‘rta  paleolit  davrining  ikkinchi  yarmida  vyurm  muzligi  davri
 
boshlangandan  so‘ng  eng  qadimgi  odamlar  sovuqdan  saqlanish
 
uchun  tabiiy  g‘orlarni  egallaydi.  Tekisliklarda  yashagan  ibtidoiy
 
odamlar  jon  saqlash  uchun  sun’iy  kulbalar  barpo  etishga  majbur
 
edilar. Muzlik davrida tabiiy olov ibtidoiy odamlarni sovuqdan saqlaydigan 
 
issiqlik manbai va yirtqich
 
hayvonlardan  himoyalanish  vositasi  bo‘lishdan  tashqari,  ibtidoiy
 
to‘daning jipsligini mustahkamlashga ham yordam bergan. Ayniqsa,
 
olovda  pishirilgan  go‘sht  mahsuloti  ibtidoiy  odamlar  tafakkurining
 
o‘sishiga ijobiy ta’sir qilgan.    
O‘rta paleolit (mustye) davriga kelib, eng qadimgi odamlar O‘rta
 
Osiyoning barcha  hududini  egallaydi. Bu davrga oid makonlar Kaspiy
 
bo‘yidan  sharqda  Pomir  tog‘ining  baland  qismigacha,  shimolda
 
Qozog‘istondan janubda Turkmanistonning Kopetdog‘ etaklarigacha,
 
shimoli-g‘arbda  Ustyurtgacha  bo‘lgan  yerlarda  tarqalgan.  O‘rta
 
Osiyoning o‘rta paleolit davriga oid makonlarining ko‘pchilik qismi
 
O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalarining  tog‘ va  tog‘  oldi hududida
 
joylashgan.  Arxeolog  olim  V.A.Ranov  O‘rta  Osiyoning  paleolit
 
davri  yodgorliklaridan  topilgan  tosh  qurollarining  yasalish  usuliga
 
ko‘ra,  ularni  levallua,  levallua-mustye,  tog‘li  mustye,  mustye-saon
 
madaniyatlari  yoki  guruhlariga  ajratgan.  Keyinchalik  M.R.Qosimov
 
Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makoni tosh qurollariga asosan tishli
 
mustye  usulini  kiritgan  
Keyinchalik  M.R.Qosimov
 
Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makoni tosh qurollariga asosan tishli
 
mustye  usulini  kiritgan.  R.X.Suleymanov  esa  mazkur  davr  tosh  
qurollari
 
ishlanish  usuliga  ko‘ra  ikki  guruhdan  iborat  bo‘lgan,  deb  hisoblaydi.
 
O‘zbekiston hududagi o‘rta paleolit
 
davriga  oid  Ko‘lbuloq,  Obirahmat,
 
Teshiktosh,  Omonqo‘ton,  Qo‘tirbuloq,
 
Zirabuloq  makonlari  madaniy  qatlamli,
 
arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan
 
yodgorliklar hisoblanadi.  
Makonning o‘rta  qismidagi  24  ta  madaniy
 
qatlami  (4-27  qatlamlar)  mustye
 
davriga    oid.    Bu    davrga    oid tosh  qurollar  chaqmoqtosh,
 
chaqmoqtoshli  slanes,  kvars  vaO‘rta  paleolit  davri tosh
 
Qurollari boshqa  tosh  navlaridan  yasalgan.
 
Tosh  qurollari  o‘rta  paleolit  davrida
 
ko‘puchraydigan  har  xil  nukleus,  plastinka,  qirg‘ich,  sanchqilardan iborat. 
 
  Nukleuslarining  ko‘pchilik  qismi  gardishsimon  bir  va  ko‘p
 
zarb  maydonchali.  Mustye  davrining  dastlabki  bosqichida  levallua
 
usulida  yasalgan  tosh  qurollarining  soni  ko‘pchilikni  tashkil  etgan.
 
So‘nggi bosqichda  to‘g‘nag‘ichlar, sanchqilar va o‘yiq-tishli qurollari
 
soni ortib boradi. Tosh qurollari  ikkilamchi ishlov berish natijasida
 
tishli  yoki  o‘yiq  shakl  hosil  qilgan.  Ko‘lbuloqda  yas hagan  ibtidoiy
 
odamlar  ovchilik  va  termachilik  kabi  xo‘jalik  shakllari  orqali  kun
 
kechirgan.  
Obirahmat  g‘or-makoni.  Toshkent  shahridan  100  km  sharqda
 
Tyanshan  tog‘  tizmasining  janubi-g‘arbiy  qismida  joylashgan.  
 
G‘ormakon 10 m dan iborat 21 ta madaniy qatlamga ega. Tosh qurollari
 
ohaktoshli chaqmoqtoshdan prizmasimon usulda yasalgan. Qisman
 
levallua usulida yasalgan tosh qurollari ham uchraydi.
 
Obirahmat  g‘or-makondan  ham  mustye  va  so‘nggi  paleolit
 
davrining ilk bosqichida yashagan ibtidoiy odamning bosh chanog‘i
 
va  tishlari  topilgan.  Antropolog  olimlar  suyaklar  neandertal  va
 
zamonaviy odam oralig‘idagi bo‘g‘inni tashkil qiladi, deb hisoblaydi.
 
Obirahmatlik  ibtidoiy  odamlar  yovvoyi  echki,  tog‘  echkisi  (kiyik),
 
bug‘u, arxar va cho‘chqa kabi hayvonlarni ov qilgan.
 
G‘or-makonning  yoshi  cheksiz  davrlashtirish  usullari  natijasiga
 
ko‘ra  mil.  avv.  125–42  ming  yilliklar  bilan  sanalanadi.  Ibtidoiy
 
odamlar g‘orda mustye davri va so‘nggi paleolitning ilk bosqichida
 
yashagan.  
Teshiktosh  g‘or-makoni.  O‘rta  paleolit  davri  makonlari
 
orasida  Teshiktosh  g‘or-makoni  nafaqat  O‘rta  Osiyoda,  balki,
 
dunyoga  mashhur  yodgorliklardan  biridir.  G‘or-makon  Boysun
 
tog‘ining  janubiy  yonbag‘rida  dengiz  sathidan  1500  m  balandlikda
 
joylashgan. G‘or-makonda qalinligi 1,5 m dan iborat beshta madaniy
 
qatlam  aniqlangan.  Makondan  2859  dona  chaqmoqtoshli  ohaktosh
 
va  qisman  yashmasimon  chaqmoqtoshdan  yasalgan  qurollar
 
topilgan.  Ulardan  2520  donasi  tosh  qurollarni  yasash  jarayonida
 
hosil  bo‘lgan  uchrindi  va  339  donasi  kundalik  hayotda  ishlatilgan
 
tosh  qurollari  bo‘lib,  ular  nukleus,  yirik  to‘g‘nagich,  qirg‘ich  va
 
sanchqilardan iborat.  
Teshiktosh g‘oridan topilgan hayvon suyaklarining ko‘proq  qismi
 
tog‘  echkisi qisman  bug‘u,  ot,  ayiq,  giena,  leopard,   quyon,  kemiruvchilar
 
va  qushlarga  tegishli.  Teshiktoshliklar  ko‘proq  tog‘  echkisi,  keyingi
 
o‘rinda boshqa  hayvonlarni ov  qilgan. Termachilik  yordamchi xo‘jalik
 
turini  tashkil  etib,  mavsumiy  xususiyatiga  ega  bo‘lgan.
 
Teshiktosh g‘or-makoni  topilmalari  majmuasi
 
G‘or-makonining yuqori madaniy qatlamidan ibtidoiy odamning
 
bosh  chanoq  suyagining  maydalangan  bo‘laklari  topilgan.  Suyaklar
 
maxsus chuqurga dafn qilinib, atrofiga tog‘ echkisining bir juft shoxi
 
terib qo‘yilgan. Antropolog olim M.M.Gerasimov mayda bo‘laklardan
 
iborat  suyaklarni  qayta  tiklab,  o‘rta  paleolitning  ilk  bosqichida
 
yashagan 8-9  yoshdagi  neandertal  bolaga  tegishli  ekanligini  aniqlagan.   
Zarafshon  vohasida  o‘rta  paleolit  davriga  oid  Omonqo‘ton  g‘ormakoni, Go‘rdara, 
 
Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Olmabuloq va Xo‘jamazgil
 
kabi  ochiq  joy  makonlari  joylashgan.  Bu  makonlar  o‘rta  paleolit
 
davrining barcha bosqichlari tarixidan  darak beradi.
 
Omonqo‘ton g‘or-makoni.  Samarqand shahridan 45  km janubda,
 
Zarafshon  tog‘  tizmasi  yonbag‘ridagi  Omonqo‘ton  qishlog‘i  yaqinida
 
joylashgan  g‘or-makon  o‘rta  paleolit  davrining  noyob  yodgorligi
 
hisoblanadi. Omonqo‘ton g‘ori joylashgan tog‘li hudud archazor o‘rmonni
 
tashkil  etib,  hayvonot  va  o‘simlik  dunyosiga  nihoyatda  boy  bo‘lgan.
 
Yodgorlikdan  chaqmoqtosh,  kvars,  diorit  toshidan  yasalgan
 
qurollar  va  hayvon  suyaklari  topilgan. Tosh  qurollari  sanchqi,  chopqi,
 
kesish maqsadida ishlatilgan yupqa qurol va nukleuslardan  iborat.  
Qo‘tirbuloq  makoni.  Qo‘tirbuloq  makoni  Samarqand  shahridan
 
taxminan  100  km  janubi-g‘arbda,  Zirabuloq  tog‘i  etagidagi  buloq
 
yonida  joylashgan.  Makon  beshta  madaniy  qatlamga  ega  bo‘lib,
 
undan  chopper,  chopping,  nukleus,  qirg‘ich,  teshgich,  nayza  uchi
 
va  uchrindilar  topilgan.  Ular  chaqmoqtosh,  diorit,  kvarsit  va  daryo
 
toshlaridan  yasalgan.  Suyaklar  ot,  buqa  (tur),  buxoro  bug‘usi,  qulon
 
kabi  hayvonlarga  oid.  Suyaklarning  yarmidan  ortig‘i  otga  tegishli.
 
Shuningdek,  filning  pastki  jag‘  suyagi  ham  mavjud.  Qo‘tirbuloqlik
 
ibtidoiy ovchilarning  asosiy ov  o‘ljasi  yovvoyi  ot  hisoblangan.  Keyingi
 
o‘rinda to‘da bo‘lib yashaydigan  bug‘u, qulon va boshqa hayvonlar ov
 
qilingan. Termachilik xo‘jalikning yordamchi tarmog‘ini tashkil etgan.
 
Qo‘tirbuloq  makonidan  1  km  sharqda,  Zirabuloq  chashmasi  yonida
 
shu  nomli makon  joylashgan.  Makondan 1000 dan ortiq  tosh  qurollari
 
topilgan. Ular o‘lchami har xil nukleus, qirg‘ich, nayza uchi, pichoq va
 
randa  sifatida  ishlatilgan  tosh  qurollaridan  iborat.  Tosh  qurollari  o‘rta
 
paleolit  davrining  rivojlangan  bosqichiga  oid  usulda  yasalgan.  
Zarafshon  vohasining  boy  tabiati  eng  qadimgi  odamlarning  yashashi
 
uchun  qulay  sharoit  hisoblanib,   o‘rta  paleolit  davrining  barcha  bosqichiga
 
oid  yodgorliklar  aholining  muntazam  yashaganligidan  dalolat  beradi.
 
Angillak  g‘or-makoni.  G‘or-makon  Qoratovning  janubi-sharqiy
 
tomonidagi  Oyoqchisoyning  yuqorisida,  uning  shimoli -g‘arbiy  qismida  
joylashgan.  G‘or-makon  ayvonsifat  ko‘rinishga  ega  bo‘lib,
 
janubi-sharq tomonga qaragan. Qazishma davomida ko‘p sonli tosh
 
qurollari, hayvon suyaklari va odam oyog‘i kaft suyagining bir  bo‘lagi
 
topilgan. Tosh qurollari kvars va qayroqtoshdan yasalgan. Ularning
 
o‘lchami ancha kichik.  
G‘or-makon  hududida  sun’iy  kulba  qoldiqlari  aniqlanmagan.
 
Angillak  g‘orida  yashagan  ibtidoiy  odamlar  g‘or  ayvoni  atrofida
 
barpo qilgan yengil kulbada yashagan bo‘lsa kerak.
 
Oxirgi  arxeologik  qazish  ishlarining  natijasiga  asosan  
tadqiqotchilar g‘or-makonni mustye davri bilan sanalagan.
 
Janubiy Tojikiston respublikasi tog‘ va tog‘oldi vodiysidagi Og‘zi
 
kichik, Qorabura va Oqjar, Qirg‘iziston respublikasi hududagi Tossor
 
va  Georgiy  do‘ngligi  kabi  makonlar  o‘rta  paleolit  davrining  
muhim
 
yodgorliklaridir. Ulardan turli xil tosh qurollari va hayvon suyaklari
 
topib  o‘rganilgan.  Ushbu  makonlarda  yashagan  odamlar  
mahalliy
 
tog‘  hududida  tarqalgan  hayvonlarni  ov  qilib,  o‘simliklarni  
teribtermachilab kun kechirgan.  
Ma’lumki,  o‘rta  paleolit  davridan  eng  qadimgi  odamlar  ongida
 
narigi dunyo to‘g‘risidagi tushunchaning dastlabki kurtagi shakllana
 
boshlaydi. Eng qadimgi odamlar olamdan o‘tgan yaqinlarini maxsus
 
qabrda  dafn  eta  boshlaydilar.  O‘rta  paleolit  davriga  oid  qabrlar
 
Yevrosiyoning ko‘pgina yodgorligidan topib o‘rganilgan. Ulardan Spi
 
(Belgiya), Bufiya va Lya Ferrasi (Fransiya) g‘orlari, Karmen tog‘idagi
 
Et  Tabun  va  Es  Sxul  (Falastin)  g‘orlari,  Kiyik-Koba  g‘ori  (Qrim),
 
Denisova  g‘ori  (Oltoy),  Teshiktosh  g‘orlarida  marhumlar  maxsus
 
dafn  etilgan  qabrlar  aniqlangan.  Obirahmat  g‘or-makonidan  ham
 
eng qadimgi odam suyagi topilgan. Bu davrdagi qabrlarda bir va bir
 
nechta mayitlar ko‘milgan. Masalan, Lya  Ferrasi g‘oridan bir joydan
 
olti nafar odam suyagi topilgan.

MAVZU: MUSTE DAVRI

Reja 1.O’RTA PALEOLITDA MUSTE DAVRI ARXEOLOGIYASI 2. MUSTE DAVRI YODGORLIKLARI 3. O’RTA PALEOLITDA MUSTE MAKONLARI

O ‘rta paleolit-mustye davri arxeologiyasi. O‘rta paleolit-mustye davri (mil. avv. 120/100–40 ming yillik) ikki bosqichda rivojlangan. Ilk bosqichi - riss – vyurm va rivojlangan bosqichi – vyurm muzligi davriga to‘g‘ri keladi. Riss-vyurm muzlik oralig‘i davrida yer yuzida ashel davridagi kabi issiq iqlim sharoiti hukm surgan. Yer yuzining shimolida igna bargi, janubida esa keng yaproqli o‘rmon egallagan. O‘rta paleolit davrining ikkinchi bosqichida yer yuzi sovib, muzlik davrining vyurm bosqichi boshlanadi. Muzlikning chegarasi yer sharining 45–48 shimoliy kenglidan o‘tgan. Muzlik davrida obhavo keskin sovib, muzlanish yuqori darajaga chiqadi. Muzlik oldi yerlar tundrani tashkil etgan. Muzlikdan chekkada joylashgan janubiy o‘lkalarda namchi – plyuvial iliq iqlimli ob-havo sharoiti hukm surgan.

O‘rta paleolit davrida odamlarning soni ko‘payib, ular yashaydigan hududlar doirasi kengayib boradi. Ibtidoiy odamlar ashel davriga qaraganda kengroq hududlarni egallaydi. Ular yevrosiyoning chekka hududiga, hatto shimoliy qutbgacha yetib borib, sovuq iqlim sharoitiga moslashadi. Yevrosiyoning alohida mintaqalarda o‘rta paleolit davriga oid yuzlab yodgorliklar topib o‘rganilgan. Masalan, birgina O‘rta Osiyoda 300 ga yaqin turli yodgorlik ma’lum. Bu davrda moddiy madaniyat yanada rivojlanadi. Bu jarayon ko‘proq tosh qurollariga ishlov berish usulining takomillashishi, turi va sonining ko‘payishi hamda ibtidoiy kulbalarni qurishda namoyon bo‘ladi.

O‘rta paleolit davrida tosh qurollariga ishlov berishning levallua texnikasi yanada mukammallashadi. Tosh qurollari zarb maydonchasi tekis nukleusdan sindirib olingan silliq tosh bo‘lagidan yasala boshlaydi. Mustye davrida yasalgan ixcham tosh qurollari ilgargi nusxasidan ishlash uchun qulayligi va ish samaradorligining yuqoriligi bilan farq qilgan. Tosh quroliga ikkilamchi ishlov berish, ya’ni retushlash usuli yanada takomillashadi. Qurolning tig‘ini siqib, yoki ushatib retushlash usuli paydo bo‘ladi. Retushlash natijasida hosil bo‘lgan tishli yoki arrasimon tig‘i, ularning ish samaradorligini yanada oshirgan. Retushlashni faqat chaqmoqtoshdan yasalgan qurolga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan. Chaqmoqtosh Yevrosiyoning barcha yerlarida uchramaydi, u ko‘proq materikning g‘arbiy qismida tarqalgan.