Muzliklarning tarqalish areallarini o'rganish
Muzlik larning t arqalish areallarini o'rganish. Reja: 1. Muzliklar haqida umumiy malulot . 2. Muzliklar hosil bolishi va turlari ,tarqalish areallari. 3.Yer yuzasida muzliklarning taqsimlanishi va geologik ahamiyati. 4. Õzbekiston Muzliklari
Muzliklar yer sirtining quruqliq qismida notekis taqsimlangan . yer yuzidagi muzliklaming umumiy maydoni 15,5 mln.km2 ga teng boiib, quruqlikning 10 foizdan ko‘proq qismini egallagan. Barcha muzliklaming umumiy hajmi 24 mln.km3 ga teng. Hisoblashlaming ko‘rsatishicha, shu hajmdagi muzlikning erishi Dunyo okeani sathining 60 metrga koiarilishiga olib kelar ekan.
Muzliklar haqida umumiy malumot. Muzliklar doimiy harakatda bo'ladi. Harakat tezligi yonbag'ir nishabligi va muzlik qoplami qalinligiga bog'liq. Nisbatan yuqori haroratlarda ham tezlik ortadi. Lekin ko'p hollarda muzlikning harakat tezligi 1 kunda 0,5 m dan oshmaydi, eng katta tezlik (10- 40 m/kun) Grenlandiya muzliklarida o'lchangan. Muzlik yuzasining o'rta qismi uning chekkalariga nisbatan, yuza qismi chuqur qismlariga nisbatan tezroq harakatlanadi. Yoz oylarida qishdagiga nisbatan, kunduz kunlari esa tungi soatlarga nisbatan tez harakatlanadi.
Agarda muzlik tubi relyefi va yuzasi qirqimida (profilida) keskin o'zgarishlar bo'lsa, unga muzlikning elastikligi bardosh bera olmaydi va natijada, muzlikda chuqur yoriqlar hosil bo'lishi mumkin. O'rta Osiyo muzliklarida bunday yoriqlar juda ko'p va ular muzshunosglyasiolog tadqiqotchilar hamda tog' sayohatchilari hayoti uchun xavfli.