NUKLEIN KISLOTALAR
MAVZU:NUKLEIN KISLOTALAR
1.Nuklein kislotalar haqida umumiy tushuncha. 2.Nuklein kislotalar bo’yicha masala va mashqlar yechishda qo’yiladigan talablar. 3.Nuklein kislotalar mavzusi yuzasidan masala va mashqlar yechish metodikasi Reja :
“ Nuklein kislotalar ” degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni yadro so’zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869 yilda Shvetsariyalik vrach I.F.Misher tomonidan leykotsitlar yadrosidan topilgan. DNK asosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya va plastidalar tarkibida uchraydi. RNK esa yadro, sitoplazma, mitoxondriya, plastida va ribosomalar tarkibida uchraydi.
DNK- dezoksiribonuklein kislota • DNK qo’sh spiral. DNK molekulasi bir- birining atrofida spiral bo’lib buralgan ikkita zanjirdan iborat. DNK qo’sh spirali o’rtasidagi masofa 2 nm atrofida bo’ladi. Uning uzunligi esa bir necha o’n ming hatto bir necha yuz ming nanometrga yetishi mumkin. • DNK spiralidagi qo’shni nukleotidlar orasida masofa 0.34 nm ga teng bo’ladi. DNK spiralining bitta to’la aylanishi 3.4 nmni tashkil etadi. • Eng yirik oqsil molekulalari birlamchi strukturasida ko’pi bilan 100-200 nm bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki DNK molekulasida yuzlab va minglab oqsil molekulalari sintezi to’g’risidagi axborot ketma - ket joylashadi. • DNKning molekulyar massasi ham nihoyatda katta bo’lib – bir necha ming va hatto bir necha millionga yetishi mumkin.
• DNK molekulasi to’rt xil nukleotidlarni birikishidan hosil bo’lgan. Nukleotidlar bir- biridan faqat azotli asosi bilan farq qiladi. Nukleotidlar nomi tarkibidagi azotli asos nomi bilan ataladi. • Shunga ko’ra ularni: adeninli azotli asos adenin (A) nukleotid, guaninli (G), timinli (T) nukleotid va sitozinli (S) nukleotid deb ataladi. • Kattaliklari jihatidan A - G ga T - S ga teng bo’ladi. (1879 yil nemis kimyogari K.A.Kossel guaninni kashf etdi. • Keyinchalik K.A. Kossel tomonidan ayrisimon bez hujayralaridan timin, sitozin, adenin ajratib olingan). Nukleotidlarninig o’rtacha molekulyar massasi 345 ga teng.