O’quvchilarning intellectual imkoniyatlarini rivojlantirish usullari
Mavzu: O’quvchilarning intellectual imkoniyatlarini rivojlantirish usullari Reja: 1. O’quvchilarni rivojlantirish usullari 2. O’quvchilarning imkoniyatlarini aniqlash 3. O’quvchilar bilan ishlash
Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda mavjud bo’lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va boshqa ko’p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab bergan, davlat iqtisodiyotini boshqaradigan yangidan –yangi texnikani yaratadigan, mavjud ilg’or texnologiyalaridan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir.
Shunday ekan , aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda inson resurslari mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o’ynaydi
Bugungi kunda zamonaviy mutaxassisga qo’yilayotgan talablar: 1) O’z sohasi bo’yicha muammolarni mustaqil yecha olish, mustaqil fikrlab, muammolarning yangi yechimlarini topa olish 2) Zamonaviy texnologiyalarni qo’llash orqali uchragan muammolarni hal eta olish 3) Egallagan bilimlari unga qayerda kerak bo’lishini aniq tasavvur qila olish va qo’llay olish 4) Ijodiy ishlay olish, muammolarni hal etish yo’llarini o’ylab topa olish, yangiliklar yarata olish
Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar mutaxasislari ishtirok etadilar. Lekin bunda ustoz- murabbiylar o’rni beqiyosdir