O’rin almashtirish. Guruhlash
Mavzu: O’rin almashtirish. Guruhlash
1, 3, 7 raqamlarni takrorlamasdan tuzilgan uch xonali sonlarni yozib chiqamiz: 371; 317; 731; 713; 173; 137 – bunday sonlar 6 ta Javob: 6 ta O’quvchilar bu masalada sonimiz 3 xonali bo’lgani uchun yozib sanab chiqib javobni topdik. Agar berilgan son 5 xonali son bo’lganida javobni topish uchun sanab chiqish qiyinchilik tug’dirgan bo’lardi. Mana shunaqa masalalarni kombinatorikaning o’rin almashtirishlar formulasi orqali hisoblab oson topishimiz mumkin Masala 1. 371 sonining raqamlari joylarini almashtirib jami nechta 3 xonali son hosil qilish mumkin.
O’RIN ALMASHTIRISH n ta: 1-, 2-, ..., n - o‘ringa n ta elementlarni bir o‘ringa bittadan qilib joylashtirish elementlardan tuzilgan o‘rin almashtirish deyiladi. n ta: elementlardan tuzilgan o‘rin almashtirishlar soni bilan belgilanadi. = Oldingi masalada elementlar soni 3 ta edi, ta.
Masala 2. Tug’ilgan kuningizga taklif etilgan 6 ta do’stingizni 6 ta stulga necha xil usulda o’tkaza olasiz? 6 ta odamga 6 ta o’rin bor. Demak dagi o’rin almashtirishlar sonini topamiz xil usulda o’tkazsa bo’ladi. Javob : 720. Eslab qoling ! va
Mustaqil yechish uchun masalalar 1. Stolda ona tili, algebra, geometriya va ingliz tili darsliklari yotibdi. Malohat ularni kitob javoniga qo’ymoqchi. Bu darsliklar javonda jami necha xil usulda turishi mumkin? 2. 5 nafar o’quvchi navbatga necha xil usul bilan turishi mumkin?