O’RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA RESURSLARI VA ULARNINIG KARTALASHTIRISH MASALALARI
MAVZU: O’RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA RESURSLARI VA ULARNINIG KARTALASHTIRISH MASALALARI
MUND А RIJ А KIRISH I-BOB. REKREATSIYA VA TURIZMNING NAZARIY ASOSLARI 1.1- Rekreatsiya geografiyasining nazariyasi 1.2.Rekreatsiya geografiyasi rivojlanishini tadqiq qilishning uslubiy jihatlari 1.3.Tabiiy davolash resurslarini tasnif qilish tamoillari 1.4. Rekreatsion faoliyatning huquqiy-me’yoriy asoslari I-bob uchun xulosa 2-BOB. O’RTA O’RTA ZARAFSHONNING GEOGRAFIK TAVSIFI 2.1. Geografik o‘rni va chegaralari 2.2. Geologik tuzilishi va taraqqiyot tarixi 2.3. Relefi va relef tiplarining shakllanishi 2.4. Iqlim xususiyatlari II-bob uchun xulosa III-BOB. O‘RTA ZARAFSHON VODIYSI REKREATSIYA OB’EKTLARIDAN FOYDALANISHNI HOZIRGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI 3.1. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resuslaridan foydalanishning hozirgi holati 3.2. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari 3.3. O‘rta Zarafshon vodiysi rekratsiya resurslarini rivojlantirish istiqbollari 3.4. O‘rta Zarafshon vodiysining rekreatsiya kartalarini tuzish III- bob uchun xulosa XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Rekratsiya sohasining nazariy masalalari, uning barqaror rivojlanishi, samaradorligini oshirish yo‘nalishlari, uning geografik jihatlarini xorijlik va respublikamiz olimlari tomonidan o‘rganilgan. Xorijiy olimlardan E.V.Galishiva, B.D.Akimov, K.N.Dolliriy, M.B.Birjakov, V.V.Xrabovchenko, mamlakatimizda Geograflardan A.S.Soliyev, A.N.Nigmatov, M.R.Usmonov, N.T.Shamuratova, Sh.T.Yakubjonova, B.X.Kamolov kabilar ilmiy-tadqiqot olib borganlar. KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon turistik tashkilotining (JTT) 2017 yil hisobotida turizmni barqaror rivojlantirishning 10 ta dasturi bayon etilgan bo‘lib, unda « rekreatsiya ni rivojlantirish uchun iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni nazorat qilish, yerlardan barqaror foydalanish, bioxilma-xillikni va alohida muhofaza etiladigan hududlarni saqlash masalalariga alohida e tibor berish” ʼ lozimligi ta kidlangan. Shu bois ekoturizmni ʼ rivojlantirishda ekotizimlarning barqarorligini saqlash, bioxilma-xillikni va tabiat yodgorliklarini asrashni ilmiy asosda tashkil etish, ekoturizmni barqaror rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishni taqozo etadi[ https://www.unwto.org/ru] .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: «Bizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konseptsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta’minlashi zarur. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim», deb sohadagi yo‘nalish va marrani ko‘rsatibberdi. [O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rga nish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop qo‘llanma. 2019y. 314 b].
Ishning maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi –O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya zonasining turistik salohiyatidan unumli foydalanishning yo‘nalishlarini asoslash va istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Vazifasi- O‘rta Zarafshon vodiysi rekreatsiya ob’ektlari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, ekoturistik marshrutlarni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot obyekti - O‘rta zarafshon vodiysi rekreatsiya obyektlari Mazkur magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot Predmeti Ularning tabiiy geografik jihatlari va rekreatsiya imkoniyatlari.