logo

O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari va ularning turkiy xalqlar madaniy hayotida tutgan o’rni

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

855.2880859375 KB
Mavzu:O’rxun-Enasoy 
yozuvi  yodgorliklari  va 
ularning  turkiy  xalqlar 
madaniy  hayotida  tutgan 
o’rni. Reja
1. Qadimiy-adabiy yodgorliklarning topilishi va o’rganilishi haqida.
2. O’rta Osiyo - qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri.
3. Toshbitiklarning badiiy qimmati. •
Mazkur obidalarning topilishi O’rxun hamda Enasoy daryolarning 
havzalari bilan bog’liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik 
Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy  Turkiston, O’rta 
Osiyo, Kavkaz, Volga bo’yi hatto Sharqiy Yevropadan topilgan 
bo’lsada tarixda bu nom muhim o’rnashib qoldi.
•
O’rxun-Enasoy  yodgorliklarining  topilishi  va  o’rgatilishi  XVIII 
asrdan  boshlanadi.  Rus  xizmatchisi  Remezov  bu  haqda  dastlabki 
xabarni  beradi.  Shved  zobiti  Iogann  Strallenberg,  olim  Missershmitd 
yodgorlilarini Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. •
Dastlab,  O’rxun,  Selenga  va  Tuli  daryolari  atrofidan  Shimoliy 
Mo’g’ilistondan  toshga  bitilgan  obidalar  topildi.  Ular  O’rxun 
yodgorliklari  nomini  oldi.  Enasoy  daryosi  qirg’oqlarida  topilgan 
yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi.
•
Yodgorliklar  topilganidan  keyin  ularni  o’qish,  o’rganish  muammosi 
ko’ndalang  bo’ldi. Ammo  bu  ish  deyarli  bir  yarim  asr  mobaynida  hech 
kimning qo’lidan  kelmadi. Nihoyat,  1893-yildagina  ularni  o’qish  uchun 
dastlabki  qadam  qo’yiladi.  Shu  yili  daniyalik  olim  Vilgelm  Tomson  va 
rus  olimi  V.Radlovning    yodgorlilklardagi  barcha  harflarini  o’qidilar. 
Shundan so’ng ularni jiddiy o’rganish boshlandi. •
O’rxun–Enasoy  obidalari  “tosh  bitiklari”  deb  ham  yuritiladi.  Buning 
sababi ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganidadir.
•
Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar O’rxun-Enasoy 
daryolari  atroflari,  Turfon  (Sharqiy  Turkiston),  Osiyo  va  Yevropaning 
ko’pgina  joylaridir.  Shunga  ko’ra,  ularning  Mo’g’uliston,  Germaniya  (Berlin, 
Marburg,  Mans),  Rossiya  (Sank  –Peterburg,  Qizil,  Minsk),  Xitoy  (Turfon, 
Urumchi,  Miran,  Suchjoy,  Pekin),  Buyuk  Britaniya  (London),  Fransiya 
(Parij),  Shvetsiya,  O’zbekiston,  Qozog’iston,  Qirg’izistonda  saqlanishi 
kuzatiladi. •
V-VI asr o’rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamalakat yuzaga 
kelgan. Bu mamlakat O’rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy 
o’lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik 
jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog’lab 
turuvchi, “Buyuk ipak yo’li”ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar 
yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo’lgan. 
•
Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. 
Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga 
qarshi hukmdorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashtirishga olib keldi 
va 545-yilda Turk hoqonligi yuzaga keldi. Bu hoqonlik VII asrgacha 
hukmronlik qildi. •
Tosh  bitiklarning  katta  qismi  ana  shu  hoqonlikning  o’ziga  xos  badiiy 
solnomasidir.
•
Jumladan,  “Tunyuquq”  bitiktoshi  2  ta  ustunga  yozilgan.  Ularning  biri  170, 
ikkinchisi  160  sm  dan  iborat.  Bu  yodgorlikni  Elizaveta  Klemens  1897-yili 
Shimoliy  Mo’g’ilistonda  eri  Dmitriy  Klemens  bilan  birgalikda  izlab  topgan. 
Bitiktosh  Ulan  Batordan  66  km  Janubi  –Sharqdagi  Bain  Sokto  manzilida 
bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi.
•
“ Kultegin”  bitiktoshi  marmardan  ishlangan,  balandligi  3  m  15  sm,  qalinligi 
41 sm, tub qismi 1 m 24 sm bo’lib, yuqoriga tomon torayib borgan.  •
Yodgorliklarni  butun  dunyo  turkiyshunoslari  ilmiy  jihatdan  o’rganmoqda. 
V.Tomson  va  V.Radlovlardan  keyin  S.E.Malov,  S.G.Klashtorniy,  I.V.Stebleva, 
X.O’rxun,  T.Tekin,  Najib  Osim,  G.Aydarov  o’zbek  olimlaridan  A.Rustamov, 
G’.Abdurahmonov,  N.Rahmonovlarlar  o’rganishgan.  Minisensk  muzeyida  esa  teriga 
yozilgan  runiy  bitiklar  mavjud.  Oyna,  qayish  to’qasi,  qog’ozga  yozilgan  boshqa  runiy 
yozuvlar ham ko’pdir.
•
So’zni “Tunyuquq” bitiktoshidan boshlaylik. Tunyuquq shaxs nomi. U ikkinchi turk 
hoqonligiga  asos  solgan  Eltarish  hoqonining  maslahatchisi  va  sarkardasi  bo’lgan. 
“Tunyuquq” so’zining ma’nosi “to’ng’ich javhar” demakdir.
•
Tunyuquq  “Turk  Bilga  hoqon  davlatida  u  bitigni  yozdirdim”  deydi.  Bilga  hoqon 
Eltarish hoqonining o’g’li edi. •
Bitiktoshdagi  voqealar  Tunyuquq  tilidan  hikoya  qilinadi:  ”Men  Dono  Tunyuquq 
erurman.  Tabg’ach  davlatida  tarbiyalandim.  Turk  xalqi  Tabg`ach  davlatiga  buysunar 
edi.” Tunyuquq  xalq  yetakchisi,  dono  maslahatchisi,  kuchli  va  botir  sarkarda  sifatida 
namoyon bo’ladi.
•
U  yetti  yuz  kishini  birlashtirib,  “shad”  degan  unvon  oladi.  Bu  turk  hoqonligidagi 
eng oliy darajadagi unvonlardan biri edi.
•
Tunyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytda o’z atrofdagilarining 
mustahkam jipsligini ta’minlaydigan, yagona maqsad yo’lida xalqni birlashtira 
olishning uddasidan chiqadigan boshliq sifatida ham namoyon bo’ladi. U odamlarning 
ko’nglidan kechayotgan o’ylarni nozik darajada his etadi. Shu bilan birga ularning 
qalblariga ta’sir etishning yo’llarini ham yaxshi biladi. •
Foydalanilgan adabiyotlar
•
1. Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof.Fitrat). 
— T.: 1927;
•
2. Yeniseyskaya pismennost tyurkov. 1952;.
•
2. Malov S.E. Pamyatniki drevnecyurkskoy pismennosti. -M.: 
1951;
•
4.1.V.Stebleva. Poeziya tyurkov Ul-Ulll vv. — M.:1964;
•
5. A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — T.: 1971.
•
6. N.Rahmonov. Inson ruhining sadosi. — T.: 1986;
•
7. N.Rahmonov. Ko hna bitiktoshlar. — T.: 1990:
•
8. N.Rahmonov. Turk xoqonligi. — T.: 1993. ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

Mavzu:O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari va ularning turkiy xalqlar madaniy hayotida tutgan o’rni.

Reja 1. Qadimiy-adabiy yodgorliklarning topilishi va o’rganilishi haqida. 2. O’rta Osiyo - qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri. 3. Toshbitiklarning badiiy qimmati.

• Mazkur obidalarning topilishi O’rxun hamda Enasoy daryolarning havzalari bilan bog’liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Kavkaz, Volga bo’yi hatto Sharqiy Yevropadan topilgan bo’lsada tarixda bu nom muhim o’rnashib qoldi. • O’rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rgatilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Missershmitd yodgorlilarini Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.

• Dastlab, O’rxun, Selenga va Tuli daryolari atrofidan Shimoliy Mo’g’ilistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O’rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg’oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. • Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o’qish, o’rganish muammosi ko’ndalang bo’ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo’lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o’qish uchun dastlabki qadam qo’yiladi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovning yodgorlilklardagi barcha harflarini o’qidilar. Shundan so’ng ularni jiddiy o’rganish boshlandi.

• O’rxun–Enasoy obidalari “tosh bitiklari” deb ham yuritiladi. Buning sababi ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganidadir. • Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar O’rxun-Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko’pgina joylaridir. Shunga ko’ra, ularning Mo’g’uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mans), Rossiya (Sank –Peterburg, Qizil, Minsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran, Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda saqlanishi kuzatiladi.