logo

O'SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8032.6201171875 KB
O'SIMLIK HUJAYRASINING 
TUZILISHI VA FUNKSIYALARI O'SIMLIK HUJAYRASINING 
TUZILISHI
Hujayra hayotning tuzilma 
va funksional birligidir. 
Hujayra (grekcha-cytos yoki 
lotincha-cellula) so'zini 
birinchi bor Robert Guk 1665 
yilda qo'llagan. Biologiya 
fanining asosiy yutuqlaridan 
bo'lgan hujayra nazariyasi 
1839 y. M.Shleyden va 
T.Shvann tomonidan 
yaratilgan  O`SIMLIK HUJAYRALARI TURLI 
KO`RINISHLAR HUJAYRA PO'STI. 

U hujayra va to'qimalarga mexanik 
mustahkamlikni beradi va 
protoplazmatik membranani vakuola 
shirasining gidrostatik bosimidan 
himoya qiladi hamda moddalarni 
yutilishida ishtirok etadi. Yosh 
hujayralarda po'st o'sish qobiliyatiga 
ega. U protoplast komponentlaridan 
hosil bo'ladi. Ona hujayra 
bo'linayotganda 2 dona yosh hujayra 
oralig'ida parda, ya'ni to'siq hosil bo'ladi 
va  u eski po'st bilan qo'shilib ketadi va 
hosil bo'lgan 2 dona yangi hujayra ham 
avvalgi qattiq po'stga o'raladi.  Shuni 
aytib o`tish lozimki, hujayra qobig'ining 
100 mkm2 yuzasida 10-30 donaga 
yaqin plazmodesmalar uchraydi. 
Hujayra po'sti tarkibida sellyuloza, 
gemisellyuloza va pektin moddalari 
(ko’pchilik hollarda ularning nisbati mos 
ravishda 30%; 40%; 25% nisbatda) 
uchraydi. Hujayra po'stining 
yug'onlashishi asosan ichki tomondan 
kuzatiladi. YADRO. 

Irsiy belgilarni saqlovchi organoid 
bu yadrodir. O'simlik hujayrasi 
yadrosining diametri 10 mkm 
atrofida bo'lib ikkita membrana 
(ichki va tashqi) bilan o'ralgandir. 
Ushbu membranalarda 10-20 nm 
o'lchamdagi teshikcha-kanalchalar 
bo'lib ular orqali nukleoplazmaga 
oqsil va nuklein kislotalar tashiladi. 
Ko'rinishi dumaloq, oval va 
ipsimon bo'lishi mumkin. O'simlik 
hujayrasida ko'pincha bitta yadro 
uchraydi, biroq ko'p yadroli 
hujayralar ham bor. Yosh 
hujayrada yadro markazga yaqin 
bo'ladi. Yadro ikki qavatli 
membrana bilan o'ralgan bo'lib 
unda 1-6 dona yadrocha bo'ladi ENDOPLAZMATIK RETIKULUM (ER). 

Ular kanalcha, pufakcha sisternachalardan, konus va 
yarim shar shaklidagi tutashgan tanachalardan iborat 
bo'lgan, tutashgan to'r sistemasini hosil qiladi. U juda 
keng tarqalgan membrana tuzilmasidir. Membranasi 5-7 
nm qalinlikda, ichki diametri esa 30-50 nm. Ichki qismi 
suyuqlik bilan to'lgan  MITOXONDRIYALAR. 

Mitoxondriyalar ham xuddi xloroplastlarga o'xshash 
yadro membranalaridan uzilib chiqqan pufakcha-initsial 
tanalardan hosil bo'ladi. Mitoxondriyalar ham qo'sh 
membranali organoiddir    LIZOSOMALAR
Membranalar bilan chegaralangan organoidlardir. Ular 
endoplazmatik to'r yoki Golji apparatidan hosil bo'ladi. Ichki 
qismi enximma bilan to'lgan bo'lib ularda asosan gidrolitik 
fermentlar joylashadi. Ular asosan nordon fermentlar bo'lib, 
ribonukleaza, dezoksirabonukleaza, katepsin va boshqalar kiradi. 
Ushbu fermentlar hujayradagi moddalarni suv yordamida 
parchalashi tufayli ularga lizosomalar nomi berilgan. Lizosomalar 
barcha tirik hujayralarga xos organoidlardir.   MIKRONAYCHALAR. 

Sitoplazmaning tashqi qatlamida naychasimon organoid uchraydi. Uzunligi 20-30 nm, 
qalinligi 5-14 nm. Mikronaychalar bir-biriga parallel joylashgan bo'lib hujayra o'qiga 
nisbatan esa perpendakulyardir. Ular globulyar oqsil, tubilinning  α  va- β 
monomerlaridan tashkil topgan, membranasi yo'q. Mikronaycha tubulinning 13 dona 
subbirligidan tashkil topgan. Sitoplazmaning mikronaycha subbirliklari bir-biridan 
ajralib va yig'ilib turishi mumkin. Ularning yig'ilishi uchun muhit pH ko'rsatkichi 
nordon bo'lib, GTF, ATF va Mg2+ bo'lishi zarur. Ammo past harorat va Ca2+ ionlari 
miqdorining ortishi mikronaychalar subbirliklarini tarqalishiga olib keladi. 
Mikronaychalar yordamida sitoplazmaning harakati sodir bo'ladi.

O'SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

O'SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI Hujayra hayotning tuzilma va funksional birligidir. Hujayra (grekcha-cytos yoki lotincha-cellula) so'zini birinchi bor Robert Guk 1665 yilda qo'llagan. Biologiya fanining asosiy yutuqlaridan bo'lgan hujayra nazariyasi 1839 y. M.Shleyden va T.Shvann tomonidan yaratilgan

O`SIMLIK HUJAYRALARI TURLI KO`RINISHLAR

HUJAYRA PO'STI.  U hujayra va to'qimalarga mexanik mustahkamlikni beradi va protoplazmatik membranani vakuola shirasining gidrostatik bosimidan himoya qiladi hamda moddalarni yutilishida ishtirok etadi. Yosh hujayralarda po'st o'sish qobiliyatiga ega. U protoplast komponentlaridan hosil bo'ladi. Ona hujayra bo'linayotganda 2 dona yosh hujayra oralig'ida parda, ya'ni to'siq hosil bo'ladi va u eski po'st bilan qo'shilib ketadi va hosil bo'lgan 2 dona yangi hujayra ham avvalgi qattiq po'stga o'raladi. Shuni aytib o`tish lozimki, hujayra qobig'ining 100 mkm2 yuzasida 10-30 donaga yaqin plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po'sti tarkibida sellyuloza, gemisellyuloza va pektin moddalari (ko’pchilik hollarda ularning nisbati mos ravishda 30%; 40%; 25% nisbatda) uchraydi. Hujayra po'stining yug'onlashishi asosan ichki tomondan kuzatiladi.

YADRO.  Irsiy belgilarni saqlovchi organoid bu yadrodir. O'simlik hujayrasi yadrosining diametri 10 mkm atrofida bo'lib ikkita membrana (ichki va tashqi) bilan o'ralgandir. Ushbu membranalarda 10-20 nm o'lchamdagi teshikcha-kanalchalar bo'lib ular orqali nukleoplazmaga oqsil va nuklein kislotalar tashiladi. Ko'rinishi dumaloq, oval va ipsimon bo'lishi mumkin. O'simlik hujayrasida ko'pincha bitta yadro uchraydi, biroq ko'p yadroli hujayralar ham bor. Yosh hujayrada yadro markazga yaqin bo'ladi. Yadro ikki qavatli membrana bilan o'ralgan bo'lib unda 1-6 dona yadrocha bo'ladi